Birlaşgan daryo bölur

Yaponiya va Markaziy Osiyo örtasidagi hamkorlik sifat jihatdan yangi bosqiçga kötarilmoqda

Toşkent va Tokio şaharlarini qariyb 6000 kilometrlik masofa ajratib turadi. Geografik olislikka qaramay, Özbekiston va Yaponiya hamkorligi yil sayin mustahkamlanib bormoqda. Kurrai arzda geosiyosiy beqarorlik hukm surayotgani maʼlum. “Işongan toğda kiyik yotmac” deganlaridek, ixtiloflar zamonida hatto davlatning eʼtimod qöygan hamkori ham döppi tor kelganda yuzini ters burişi heç gap emas. Bunday muşkul-murakkab vaziyatda xayrixoh, hammaslak davlatlarni köpaytiriş, ilmiy tilda aytganda, munosabatlarni diversifikatsiya qiliş lozim.

Yaponiya innovatsiyalar, kaşfiyotu ixtirolar diyori ölaroq dong taratgan. Yalpi içki mahsulot hajmi böyiça dunyoning törtinçi davlati hisoblangan kunçiqar ölka avtomobilsozlik, kemasozlik, ilğor texnologiyalar, jumladan, elektronika, robototexnika böyiça yetakçilikni qöldan bermay kelmoqda. Yaponiya bilan döstona munosabatlar ulkan maqsad-marralarni közlagan mamlakatimiz uçun yangi ufqlarni oçişi şubhasiz.

Tokio şahriga safar mobaynida yaponiyalik siyosatdonlar, ekspertlar, tahlilçilar bilan muloqot qildik. Suhbatdoşlarimiz Yaponiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarayotganini taʼkidlaşdi.

“Yaponiya Markaziy Osiyoni strategik muhim mintaqa deb hisoblaydi. Mintaqaning beş davlati bilan 1992 yilda diplomatik aloqa örnatilgan bölsa, 1993 yildayoq Yaponiyaning “Rivojlanişga rasmiy kömak” dasturi amalga tatbiq etila boşlangan edi. Biz ötgan yillar mobaynida oçiq va farovon Markaziy Osiyoni barpo etiş tamoyili, beş respublikaning barqarorligi va taraqqiyotiga kömak siyosatiga sodiq qolmoqdamiz. Yaponiya Markaziy Osiyo mamlakatlarining muayyan davlatlarga haddan ziyod boğliq bölib qolişini istisno etgan holda, ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirişga intilmoqda. Şu bilan birga, mintaqaviy hamkorlikni qöllab-quvvatlamoqda. Bu jihatdan 2004 yilda yölga qöyilgan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti muhim örin tutadi. Qayd etiş joizki, uşbu formatdagi muloqotga ilk bor Yaponiya asos solgan edi”, dedi Yaponiya taşqi işlar vazirligi masʼul xodimi.

Maʼlumingizkim, 2025 yil 20 dekabr kuni Tokio şahrida “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining davlat rahbarlari darajasidagi birinçi sammiti bölib ötdi. Oliy darajadagi maşvarat yakunida Tokio deklaratsiyasi qabul qilinganini tarixiy hodisa deb ataş mumkin.

“Yaponiya Markaziy Osiyo mamlakatlarini erkin va oçiq xalqaro tartibni mustahkamlaş borasida ham işonçli şerik deb biladi. Şu maʼnoda Tokio sammiti diplomatik va geosiyosiy dolzarblik, iqtisodiy xavfsizlik hamda Yaponiya hamda mintaqa şirkatlari uçun yangi imkoniyatlar taqdim etişi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi maqsadlar Tokio deklaratsiyasida ham inʼikos topgan”, deya mulohazalarini davom ettirdi Yaponiya TIV xodimi.

Deklaratsiyada Markaziy Osiyo davlatlari va Yaponiya örtasida “yaşil” iqtisodiyot va barqaror taraqqiyot, özaro boğliqlik va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş hamda inson resurslarini rivojlantiriş kabi uç ustuvor yönalişda aloqalarni kengaytiriş lozimligi taʼkidlangan.

Yaponiya zamonaviy transport infratuzilmasini yaratiş, tranzit va logistika tarmoğini rivojlantirişda ulkan tajribaga ega. Qolaversa, modernizatsiya, raqamli transformatsiya, “yaşil” energetika, suvni tejaş, tabiiy ofatlar monitoringi va seysmik çidamli quriliş yönalişlarida ham ilğor yeçimlar taklif eta oladi.

Yana bir diqqatga sazovor jihat şuki, Yaponiya kelgusi beş yil mobaynida Markaziy Osiyoda umumiy qiymati 3 trillion iyenaga teng (qariyb 20 milliard dollar) biznes loyihalarni moliyalaştiriş niyatida. Bu esa ulkan özgarişlar mujdasidir. Biz suhbatlaşgan ekspertlar ham özaro hamkorlikning umidbaxş davriga qadam qöyilganini urğuladi.

 

Miçihiro TAJIMA,

Yaponiya Sohilni qöriqlaş akademiyasi tadqiqotçisi:

— Özaro boğliqlikni yanada mustahkamlaş haqida söz borar ekan, Yaponiya global taʼminot zanjirlari, jumladan, Transkaspiy xalqaro transport yölagini takomillaştirişga hissa qöşiş niyatida ekanini taʼkidlaş lozim. Bundan közlangan maqsad muqobil yölaklarni rivojlantiriş orqali qatnovlarni diversifikatsiyalaş hamda risklarning oldini olişdan iboratdir. Uşbu transport tarmoği mintaqani Yevropa bilan boğlaşi, taraqqiyot uçun köproq imkoniyatlar yaratişi kutilmoqda.

Markaziy Osiyo boy tabiiy resurslarga ega. Şaxsiy xulosamga köra, Yaponiya örta va uzoq istiqbolda uşbu mintaqani neft, tabiiy gaz kabi resurslar, nodir va öta muhim minerallarning import manbasi sifatida körişi mumkin. Ammo tabiiy resurslar birlamçi emas. Yaponiya, avvalo, Markaziy Osiyo bilan turli sohalarda teng, döstona va özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş niyatida. Yaponiya Markaziy Osiyoda “buyuk davlatlar” deb atalgan kuçlarning raqobatidan yiroq. Şu maʼnoda, Yaponiya va Markaziy Osiyo “uçinçi tanlov” sifatida bir-birini töldiradi.

Xalqaro maydondagi vaziyat, jumladan, Rossiya bilan munosabatlar, Şarqiy Osiyodagi hodisalar manzarasida Yaponiya uçun Markaziy Osiyoning strategik ahamiyati ortib bormoqda. Ötgan 20 yil davomida Yaponiyaning Markaziy Osiyoga nisbatan siyosati sifat jihatdan özgarmoqda. Ilgari Yaponiya bir tomonlama kömak körsatgan bölsa, endilikda mintaqa davlatlari bilan özaro manfaatga asoslangan hamkorlik olib borilmoqda.

Keyingi yillarda Yaponiyada Markaziy Osiyo davlatlari madaniyati, hayot tarzi, hatto milliy oşxonasiga qiziqiş ortmoqda. 2025 yil mart oyida Özbekistonda bölganimda, özbekistonliklarning Yaponiyaga nisbatan hurmat va qiziqişi kuçli ekaniga guvoh bölgan edim. Demak, qisqa istiqbolda xalqlar örtasidagi muloqotni rivojlantiriş maqsadga muvofiqdir.

 

Kaoru IOKIBE,

Tokio universiteti professori:

— Yaponiyalik ziyolilar, siyosiy yetakçilar Markaziy Osiyoning strategik ahamiyatini teran anglaydilar. Mintaqa, avvalo, Xitoy va Rossiya örtasida muvozanat nuqtai nazaridan muhim örin tutadi. Markaziy Osiyodagi barqarorlik Şarqiy Osiyodagi loyihalar uçun ham zarurdir.

Markaziy Osiyo davlatlari bilimli, intellektual darajasi yuqori mutaxassislarga boy. Yaponiya mehnat bozorida taqçillik kuzatilayotgani inobatga olinsa, mintaqaning iqtidorli mutaxassislarini işga taklif etişdan har ikki tomon ham yutadi. Tabiiy resurslar, nodir maʼdanlar va energetika manbalari bilan boğliq hamkorlik ham istiqbolli, albatta.

 

Kyoko KUVAHARA,

Yaponiya xalqaro munosabatlar instituti ilmiy xodimi:

— Raqamli makonda dezinformatsiya kuçayib borayotgan hozirgi davrda demokratik mamlakatlar uçun yolğon axborot va soxta narrativlarga qarşi kuraş hayotiy talabga aylandi. Yaponiya betakror tili hamda aholining anʼanaviy OAVga yuqori işonçi tufayli xorijiy dezinformatsiya xurujidan ihotalanib kelgan edi. Ammo sunʼiy intellekt texnologiyalari mislsiz ravişda taraqqiy etişi biz sanagan himoya omillarini ham yöqqa çiqarmoqda. Tahlillarga qaraganda, Yaponiyada, ayniqsa, tabiiy ofatlar vaqtida soxta maʼlumotlar tarqalişi köp kuzatiladi.

Yaponiyada 2022 yilda Milliy xavfsizlik strategiyasi qabul qilingani ortidan dezinformatsiyaga qarşi kuraş ham faollaşdi.

Sir emaski, dezinformatsiya çegara bilmas xatardir. Öylaymanki, Yaponiya hamda Markaziy Osiyo davlatlari uşbu tahdidga qarşi kuraşda ham özaro robitalarni muvofiqlaştirişi, axborot va tajriba almaşişi, nou-xaularni joriy etişi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada hukumatlar, ilmiy doiralar, OAV, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati taşkilotlari bir yoqadan boş çiqarib harakat qilişi lozim.

2025 yil 20 dekabr kuni Tokioda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Yaponiya Boş vaziri Sanae Takaiçining muzokaralari ham bölib ötgan edi. Musohaba yakunida siyosiy yetakçilar Kelgusi avlodlar uçun kengaytirilgan strategik şeriklik töğrisidagi qöşma bayonotni imzoladilar. Mazkur hujjat köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş uçun keng imkoniyatlar tuhfa etadi.

Taşrif doirasida taʼlim, soğliqni saqlaş, ekologiya, suv resurslari, transport, şaharsozlik, turizm, qişloq xöjaligi, tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş sohalarida salmoqli kelişuvlar töplami qabul qilingan edi. Sammitga tayyorgarlik doirasida qiymati 12 milliard dollardan ziyod bölgan kooperatsiya loyihalarining yangi portfeli şakllantirilgani ham diqqatga molik, albatta.

“Bitta ğildirak bilan arava yurmaydi”, deyiladi yapon matalida. “Birlaşgan daryo bölur, tarqalgan — irmoq”, deydi özbek xalqi. Alqissa, Yaponiya va Özbekiston robitalarida yangi davr boşlandi. Bu hamkorlik bir-biriga qadriyatu qaraşlarni tiqiştiriş, dunyoni öz qariçi bilan ölçaşga majburlov kabi nomatlub holatlardan xoli ekani bilan ahamiyatlidir.

Sobir SALIM.

Muallif olgan suratlar.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan