Teatr — ibratxona ekan…
Har gal “teatrga tuşaman” deb reja qilardim-u, qandaydir taşvişlar bilan çalğib qolardim. Ammo bu safar qatʼiy qarorga keldim: “Albatta, teatrga boraman”. Buni qarangki, şu kuni Özbek milliy akademik drama teatrida “Çölpon” spektakli namoyiş qilinayotgan ekan. Talaba emasmanmi, darrov hamyonimda qança pul borligini hisoblaşga tuşdim. “Bugun teatrga sarflasam, ertaga tirikçiligim qanday ötadi?” degan xavotir bölsa-da, baribir teatrga qiziqişim ustunlik qilib, çipta xarid qildim.
Işonasizmi, yöqmi, ilk bor teatr ostonasini hatladim. Spektaklni tomoşa qilyapman-u, teatr haqidagi jöngina fikrlarim butkul özgarib ketdi. Tomoşabin sifatida aktyorlar bilan yonma-yon böliş zavqi boşqaça bölar ekan. Özing uçun sevimli bölib qolgan aktyoru aktrisalar bilan yuzma-yuz körişiş baxti nasib etsa, quvonçing içingga siğmay ketar ekan. Ilk tomoşadan tuğilgan hayrat, quvonç mutlaqo özgaça böldi. Töğrisi, oldinroq teatrga kelmaganim uçun özimdan xafa bölib ketdim. Boisi, sevimli şoirim Çölpon siymosini aktyorlar timsolida körişga muvaffaq böldim.
Qaytayotganimda yöl-yölakay göşakni qölimdan qöymay, taassurotlarimni tölib-toşib onamga gapirib berdim, hayratimni yaşirolmasdim.
— Ona, men bugun öqişdan çiqib, teatrga tuşdim. Ajoyib spektakl kördim. Madaniy hordiq çiqardim, maʼnaviy ozuqa oldim. Har kuni telefonga termilib, möltirab ötirardim. Mobil vositadagi tomoşani teatr tomoşasiga almaştirdim. Vaqtim qanday besamar ötayotganini, bekorçi bölib qolganimni, bekorçilik dangasalikka, dangasalik boqimandalikka olib ketayotganini sezdim. Özgariş uçun katta imkon bu, onajon. Teatrning jonkuyar fidoyisi, yuksak zakosi, sertabassum tabiati bilan meni öziga oşno etgan ayol, iqtidorli sanʼatkor — Dilnoza Kubayevani uçratdim va suhbatlaşdim. Dilnoza opa Çölponning rafiqasi Soliha roli talqinida sahnaga çiqdi. Tom maʼnoda şu obrazda yaşadilar, desam, heç mubolağa emas. Ular meni teatr hayotini kengroq tarğib qilişga çaqirdi. Millat ziyolilarini xalqimiz ongi-şuuriga singdiriş bizning jadidlar oldidagi burçimiz, qarzimiz ekanligini taʼkidladilar.
— Qizim, sening bir olam şavqingdan men ham tölqinlanib ketdim. Sen bizdan olisdasan, özingni ehtiyot qil. “Teatr — ibratxona” deb bejiz aytişmagan. Bu işingdan mamnun böldim. Endi sen maqola qilib yoz ana şu keçinmalaringni.
Xayrlaşayotib: “Puling bormi, qiynalib qolmadingmi?” — deb söradilar onam hazin tovuş bilan.
Ha, Çölpon hayoti haqida sözlaganlarim onamni ham quvontirganini payqadim. Volidai muhtaramam meni yozişga undagani esa eng yaxşi taklif va maslahat edi.
Hamid Olimjon, Usmon Nosir, Çölpon rollari bilan xalqimiz nazariga tuşgan, el ardoğidagi mahoratli aktyor, “Şuhrat” medali sohibi Hamza Hasanov taassurotlarimni yanada boyitdi:
— Tarixiy obrazda çiqiş hammaga ham nasib etavermaydigan baxt. Teatr aktyori har bir çiqişida imtihondan ötadi. Kinoda, televideniyeda ijroni qayta-qayta suratga oliş mumkin. Teatrda esa teskarisi. Şuning uçun sahnaning maşaqqati, masʼuliyati, yuki bor. Çölpon obrazida millatni uyğotişga, vatanparvar ruhni singdirişga intilamiz. Albatta, bu barçamizning millat ziyolilari oldidagi majburiyatimiz deb bilaman. Çölpon orzu qilgan, joni fido bölgan mustaqillik zamonida ğaflatda yaşaş yaraşiqli iş emas, deb öylayman. Öynagan rolimiz orqali tomoşabin nimadir olib, xulosa çiqarsa, biz özimizning yutuğimiz, eʼtirofimiz deb bilamiz bunday şarafni.
Aktyor Hamza Hasanov erkparvar, hurfikr jadid hayotini qay yösinda talqin qildi? Çölpon haq uçun, erk uçun kuraşgan, maʼrifatparvarlik harakati ğoyalarini asarlarida aks ettirgan ozodlik kuyçisi edi. Yonib, yaşnab, gullab ijod etgan söz sanʼatkorini jisman yöq qilgan bölsalar-da, aslo tafakkurini, sözini qalblardan öçira olmadilar. Spektakl davomida şoir siymosi aktyor Hamza Hasanov ijrosida yana bir bor şuurimda şu tarzda gavdalandi.
Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim asari asosida rejissyor Valijon Umarov sahnalaştirgan “Çölpon” spektakli meni teatrga yolğiz emas, oilaviy boriş kerak, degan xulosaga kelişimga turtki böldi. Keyingi gal, albatta, döstlarimni, singlimni, qadrdon dugonalarimni ham taklif qilmoqçiman.
Uluğlarning gapi ming karra rost ekan. Çindan ham teatr — ibratxona ekan. Endi men “teatrda yaşayapman”…
Munira RAHIMOVA,
ÖzDJTU talabasi.
