Islohotlar solnomasi
Oliy Majlis Senati aʼzosi, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, yoşlar murabbiysi, taniqli adib Abdusaid Köçimovning “Yuksaliş simfoniyasi” nomli kitobini qölimga oldim-u “Simfoniya” sözining asl maʼnosi bilan qiziqdim. Bu kalom, odatda, nimaningdir özaro uyğunlaşuvi, mutanosibligi, jöşqin kuyni, ular hamohangligini anglatadi. Demak, yurtimizda röy berayotgan yuksaliş, ösiş, taraqqiyotning xalq tomonidan bir-biriga monandligi, yaʼni yangi islohotlar jarayoni maqsadga muvofiq keçayotganligini ifodalaydi. Yarim asrlik jurnalist sifatida şuni aytib qöyay: köp hollarda islohotlar, xususan, iqtisodiyot mavzusida yozilgan maqolalar ğij-ğij raqamlardan iborat bölib, öquvçini zeriktirişi mumkin. Lekin Abdusaid Köçimovning kitobidagi barça maqolalar öziga tortadigan, jozibali bitiklardir.
Kitobning sözboşisida siyosatşunos Qudratilla Rafiqov muallif haqida “Elini sevgan, Vatanini ardoqlagan adib” deb baho bergan. Dastlabki maqola Urgutga temir yöl kelganligi haqidagi hikoyadan boşlanadi. Oddiy bayonçi bu voqeani “Urgutga temir yöl keldi”, deb yozişi mumkin. Lekin muallif “…Bundan atiga 10 yil avval ham bu gaplarga heç kim işonmas, “tuşingni suvga ayt” deb masxara qilişardi. Qalovi topilsa, xalq qalqsa, asrlarga tatigulik işlar bölişi mumkin ekan, ön emas, ikki-uç yilda ham. Urgut temir yöli bunga yorqin misoldir”.
Yozuvçi Urgutda qilinayotgan işlarni Samarqand viloyatida röy berayotgan bunyodkorliklar oldida bir şingil xolos, deydi. Şu tariqa Samarqand zaminida qad rostlayotgan yangi inşootlar haqida hikoya boşlaydi. Bu taassurotlar hammasi hayajon bilan qoğozga tuşiriladi. Muallif yetmiş yildan iborat hayotda jamiki evrilişlarni birovdan eşitib emas, öz tanasida his qilib, körib kelayotganini aytadi.
Bu yangilanişlarni amalga oşirayotgan odamlar kimlar? Yozuvçi taʼrifiga eʼtibor qiling: “Işning közini bilgan, mehnatda toblangan, mehnatda sinalgan, mehnat bilan toşda gul undirayotgan odamlar yaşaydi bu zaminda, ularni körib hayratlarga kömilasiz”.
Samarqand — tarixiy şahar. Bu söz bilan ikki karra ikki tört deganday hammaga maʼlum. Lekin muallif bu tarixni yanada çuqur örgangan olimlar söziga tayanib, bundan-da qadimiy sanaga taqalişini bayon etadi. Bu taʼriflarni öqigan öquvçi asarni yanada qiziqib mutolaa qilişga kirişadi.
Mazkur maqola asnosida 2024 yilda qölga kiritilgan körsatkiçlar birma-bir sanaladi. Raqamlar öz-özidan paydo bölmaydi. Yuzlab, minglab mehnatkaş odamlarning peşona teri, qalb qöri bor ularning jismi jonida. Hatto millatning, mamlakatning quvvai hofizasini — bugunning ertasini raqamlarsiz tasavvur etiş qiyin. Öylab-öylab jöyak olsang, öynab-öynab suğorasan, ot minsang — olisni közla, deyişadi şuning uçun ham maşoyixlar.
Kitobdagi navbatdagi maqola Buxoroga bağişlangan. Unda bu qadim zaminning zahmatkaş xalqi boşidan keçirgan past-baland yillar hikoya qilinadi. Yozuvçi yaqin ötmişimizda röy bergan bedodliklar haqida yozadi: “Nafaqat Buxoro, balki butun Özbekiston “qiliçning damiday arqon ustida, kiprikdagi yoşday” turgan dorboz kabi edi öşa kunlarda. Qizil imperiyaning yetmiş yillik qabohatlari, “özbeklar işi” deyilmiş qatağoni hamma köçalarni buzib-kovlab taşlagan, ming-minglab begunoh odamlar kişanband, bolalar yetim, ayollar xörlangan edi Gdlyan va Ivanov degan qaşqirlar dastidan. Daryo-yu soylarni loyqadan, daşt-u dalalarni garmseldan tozalaş, buzilgan imoratlarni tiklaş, yangilarini quriş, obod va tökin qiliş lozim edi el dasturxonini”.
Yozuvçi izçil islohotlarni hayotga joriy etiş surʼatini Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev siyosati fonida hikoya qiladi. Sönggi beş yilda Davlatimiz rahbarining viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga qaratilgan sakkizta farmon va qarori qanday samara berayotganini jonli misollar orqali bayon etadi.
Turizm sohasidagi ijobiy özgarişlar Buxoro nomini olam uzra qayta maşhur qildi. 2025 yil yakuniga köra turistlar oqimi 2,2 million nafarga yetdi. Salohiyatli tadbirkor va investorlar sönggi uç yilda 60 ta mehmonxona, 51 ta xostel, 123 ta oilaviy mehmon uyi va 9 xonali motel faoliyati yölga qöyildi.
Qadimiy şon-şavkatini tiklab borayotgan Buxoroda kamçiliklar, tuzatiş, töğrilaşga muhtoj örinlar ham oz emas. Şu örinda yozuvçi viloyatdagi maktablarning 31 tasi, maktabgaça taʼlim muassasalarining 23 tasi taʼmirtalab, 261 ta mahallada toza içimlik suvi muammosi hal qilinmaganini qayd etadi. Mavjud 8 ming 392 kilometr suv tarmoğining 1139 kilometri esa taʼmirga muhtoj. Islohotlar közgusi bölmiş matbuotga eʼtibor esa undan battar. Viloyatning otaxon gazetasi hisoblangan “Buxoronoma” bor-yöği ming nusxa atrofida çop etilyapti. “Kogon hayoti”ning adadi 200 ta… Bu muallifning huşyor nazaridan darak.
Surxondaryo viloyatiga bağişlangan bitiklar “Janub gavhari” deb ataladi. Yozuvçi sözining bismillosida qöşni Afğoniston davlati bilan muqoyasa qiladi. Şu mamlakat bilan yaqin muomala, munosabat örnatiş surxondaryoliklar çekiga tuşgan. Bu boradagi oqilona işlar hayotiy misollar asosida hikoya qilinadi. Tarixi “Avesto”dan-da qadimiyroq Surxondaryoning ötmişiga nazar solinadi. Boysun hududida topilgan nodir aşyolar olis asrlarga borib taqaladi. Bundan 60 million yillar avval ham Surxon daralarida, zovlarida dinozavrlar sudralib yurgan. Şerobod, Şörçi, Bandixon tomonlarda ilk şaharlar yuzaga kelgan. Avval Ahamoniylar sulolasidan bölmiş Eron şohlaridan keyin makedoniyalik Iskandar, undan keyin kuşonlar, eftalitlar, Turk xoqonligi, arablar, somoniylar, ğaznaviylar, qoraxoniylar, saljuqiylar, xorazmşohlar, möğullar, temuriylar, şayboniylar; XIX asrning ikkinçi yarmidan boşlab çor Rossiyasi, undan söng şörolar zulmi… Şulardan söng köngillarni quvontiruvçi bunyodkorliklar, yangiliklar, obodliklar Surxon zaminini yaşnatib yubordi.
Maqola boşida 91 yoşga kirgan qiziriqlik Hayitboy ota haqida hikoya qilinadi. Bu nuroniy otaxon röy berayotgan özgarişlardan şodlanib, köp yaxşi gaplarni aytişi maqolani yakunlaydi. “Surxondaryoni alplar yurti, alpomişlar vatani deymiz, bu juda töğri, lekin bugun Prezidentimizning nutqini eşitib, yana bir marta amin böldim: butun Özbekiston alplar vatani ekan”.
Muallifning Jizzax zaminiga bağişlab yozgan maqolasi esa “Bu ölkada har narsa bordir” deb ataladi. Hamid Olimjon kabi dilbar şoirlarning beşigini tebratgan, Şarof Raşidovdek allomani opiçlab katta qilgan ajib diyorning tarixi iştiyoq bilan hikoya qilinadi. Bu tabarruk zaminda bunyod etilgan yangi korxonalar yozuvçiga ilhom beradi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yildan buyon Jizzax viloyatiga rasman 9 marta taşrif buyurdi. Har taşrifdan söng hududda yangi-yangi buloqlar köz oçdi. Yangi korxonalar, zavodlar işga tuşdi, uylar, maktablar qurildi. Qişloğu şaharlarga tiniq havolar, gözal navolar kirdi. Forişdagi özgarişlar, Baxmal zaminidagi yangi inşootlar — hammasi jonli hikoya qilinadi. Şuningdek, Navoiy viloyati hududida qad rostlayotgan bunyodkorlik işlari, asl atamasi quyoşga mengzaladigan Xorazmdagi tub islohotlar, Qoraqalpoq tuproğidagi yangilanişlar, Qaşqadaryo vohasida röy berayotgan evrilişlar, Toşkent viloyatida sodir bölayotgan özgarişlar, Andijonda röy berayotgan ezguliklar, namanganliklar mehnatlari samarasi, Farğonada yangragan ajib muşoira, Sirdaryoda xalqning kötarinki kayfiyati va boşqa maqolalar kitobga ajib salmoq baxş etgan.
Yuqoridagi maqolalarning aksariyati “Işonç” va “Xalq sözi” gazetalarida çop etilganidan xabaringiz bor. Xususan, “Xalq sözi”ning navbatdagi sonida Abdusaid Köçimovning biror viloyatdan yozgan maqolasini eʼlon qilganimizda, tezda telefon bölar edi: “Muallif qaçon bizning viloyatimizga kelar ekan?” Negaki, ana şu bitiklar çin maʼnoda Özbekistonda islohotlar işonç bilan ketayotganligidan nişonadir.
Şuhrat JABBOROV,
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist.
