“Jadidlar qismati yoxud imperiya qurbonlari”
yozuvçi Isoqjon Nişonovning şu nomli romanini öqib…
Keyingi yillarda özbek adabiyotida ötgan asrning boşlaridagi özbeklar tarixi va aynan ilm-maʼrifat ziyosini dunyoga soçgan jadid bobolarimiz haqida bir qator asarlar yaratildi. Ular orasida yozuvçi Isoqjon Nişonovning “Yoş kuç” naşriyotida yaqindagina çop etilgan “Jadidlar qismati yoxud imperiya qurbonlari” asari muhim örin tutadi. Bu asar jamiyat taraqqiyotidagi öta murakkab bölgan uşbu jarayonning badiiylaştirilgan namunasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Romanda Namangandagi milliy uyğoniş davri, ilm va taraqqiyot uçun kuraş va unda faol iştirok etgan Ishoqxon Ibrat, Söfizoda kabi fidoyilar hamda ularning bir qator izdoşlarining hayot yöllari, faoliyati keng yoritib berilgan.
Asar qahramoni Dadamirzoning otasi — Abdurahmon şayx farzand taʼlimiga jiddiy eʼtibor bilan qaraydi. Maqsadi öğlini imonli, ilm-maʼrifatli, halol inson qilib tarbiyalaş edi. Dadamirzo ön beş yoşidayoq hofizi Qurʼon sifatida taniladi. Otasi vafot etadi. Oçarçilik boşlanadi… Keksa onasi va ukalarini boqiş uning zimmasiga tuşadi. Çor hukumati xalqning qirilib ketayotgani bilan işi yöq edi. Qiyinçiliklarga qaramasdan, Dadamirzo öqişni davom ettirmoqçi böladi, lekin yangi oçilgan rus-tuzem maktabiga kira olmaydi. Keyinçalik özi maktab oçişga qaror qiladi. Maktab dovruği tezda butun Namanganga tarqaladi. Toşkent va Samarqand şaharlaridan bolalar uçun darsliklar sotib olib keladi. Maktabning dovruği endi vodiydagi boşqa uyezdlarga ham yoyiladi.
Dadamirzoning xayrli işlari ğalamis kimsalarga yoqmaydi. Ilğor fikrli maʼrifatparvarlar qatori, imperiyaga sodiq bölgan Söfining “yordami” bilan qamoqqa olinadi va Sibir örmonlariga surgun qilinadi.
Oqpoşşo va şörolar davrida Dadamirzo tortgan azob-uqubatlari, inson zoti çiday olmaydigan körgiliklar davrida ham uning insoniyligi va bokira qizning hayotini asrab qolişi tahsinga sazovordir.
Yuksak mahorat sohibi
Abdurahmon Namangoniy — öşa özining xattotligi bilan butun Arabistonni lol qoldirgan şaxs. Asarni öqir ekanman, “şu odam ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan, Kaʼba eşigini bezatgan Abdurahmon emasmikan?” deb öyladim. Qarang, şunday ham bölib çiqdi.
Muallif bu obrazni juda ham çiroyli badiiylaştirib, kengaytirib, romanga joylaştirganki, uni markaziy obrazlardan biri sifatida qabul qiliş mumkin. Qarangki, Abdurahmon böyi barobar tilladan voz keçib, öz yurtining şaʼni uçun Kaʼba eşigi çetiga ismi bilan birga taxallusi bölmiş “Namangoniy” sözini yozib qöyişga ruxsat söraşi katta jasorat va olijanoblikdir.
“— Mehringni hunaringga beribsan, sening bu işing har qança boylikdan ham qimmatlidur. Nima istaysan, tilagingni ayt! Böying barobar oltin bersam, rozi bölasanmi?
— Olampanoh, menga boylik kerak emas, men Alloh uçun xizmat qildim.
— Hunaringni boylikdan ustun qöymaganing sening olijanob işingdir. Aslida, hunarning özi har qanday boylikdan ustun”.
Romanda Namanganning öşa davrlardagi tarixiga keng tavsif berilgan va meni hayratga solgan narsa — bizning xalqimiz “ular” tasvirlaganidek qoloq, omi emas, balki juda maʼrifatli xalq bölganligi va boy insonlar — “nafsining quli”, bosmaçilar — “xalqni talaydigan berahm kimsalar” emas, aksinça, ular ham elparvar va ezgulik tarafdori bölganliklari isbotlab berilgan.
“Aslida, Omon polvon köp yillardan beri şörolarga qarşi kuraşib, madrasa tugul oddiy uyga ham öt qöymagan edi. Birorta boyning uyini talamagan edi”.
Omon polvonni ham fitna uyuştirib, xalqqa yomon körsatib, yöq qilişgan edi.
Romanda yana insofsiz, xoin, ayyor Söfi obrazi gavdalanadi. U köp odamlarni şörolarga sotib, millatga xiyonat qilgan kimsalardan biri edi. Asarni öqir ekanman, şu odamni qanday jazo kutarkan, degan savol tinçlik bermasdi. Nihoyat, uni Omon polvon jazolaydi:
“— Islomni sotgan, millatga xiyonat qilgan odam heç qaçon bizga döst bölmaydi. Sen kofirlarga sotilding, örisnikidan köra sening gunohing köp!”
Bir misra şeʼr uçun qamalgan ayol
Onam — özing, Turkistonim,
Fido senga tanu jonim.
Romandagi jadid xotin-qizlar obrazlari ham alohida eʼtiborga loyiq. Ayniqsa, Zebixon va Habiba obrazlari kitobxonni çuqur mulohaza yuritiş barobarida iztirob va hayajonga soladi.
Zebixon otinoyidan saboq olib, yangi oçilgan maktabda muallimalik qilardi. “Turkistonim” deb nomlangan bittagina şeʼri uçun avval maktabdan haydaşadi. “Sovet davlatining duşmani” degan tamğa bilan uni ham surgun qilişadi. Hali turmuşga ham çiqib ulgurmagan bokira qizning qismati juda ayançli yoritiladi. Qismat uni Dadamirzoga röbarö qiladi. Dadamirzoning maslahati bilan ular “er-xotin” bölişadi va şu yöl bilan u Zebixonni qorovullar zulmidan asrab qoladi. Aslida esa ular imon-eʼtiqod bilan ota-boladay birga yaşaşadi. Şu davrdan boşlab qariyb beş yil davomida Zebixon Dadamirzoni öz otasiday qaraydi. Ovqatini beradi, kirlarini yuvadi. Kasal bölsa, özi davolaydi. Kunlarning birida ularning yotoği oldiga kimdir çaqaloğini taşlab ketadi. Ular ikkisi bu qizni boqib olişadi. Lola ularning yolğon turmuşining “rost” mevasiga aylanadi.
Habiba (Dadamirzoning ayoli) juda sadoqatli ayol timsolini namoyon etadi. Unga yetkazilgan azoblarga qaramasdan, u turmuş örtoğini sotmaydi, aksinça, umidsizlikka tuşmasdan erini manzili mavhum yölga kuzatadi. Butun umrini farzandlariga baxşida etadi. Davlat xoini sifatida uning uçun barça eşiklar yopilgan bölsa ham, bolalari uçun yaşadi.
Baxtli tasodif
Xalqimizda yaxşilik yerda qolmas, degan ibora bor. Buni qarangki, uşbu lagerga bir paytlar Dadamirzo ölimdan olib qolgan Ivan Sergeyeviç komendant bölib keladi. Dadamirzo unga özini taniştiradi. Ivan Sergeyeviç undan qamaliş sabablarini suriştiradi va NKVDga ketma-ket xat yozadi, natija bölmagaç, Moskvaga yöl oladi. Uning yordami bilan Dadamirzo va Zebixon oqlanadi. Afsuski, Dadamirzo bu quvonçli xabarni eşitmasdan vafot etadi. Zebixon “ota”si Dadamirzoni urf-odatimizga köra dafn qildiradi va yettisini ötkazib, qizi Lolani olib, yölga otlanadi.
Namanganga yetib kelgan Zebixonni heç kim quçoq oçib kutib olmaydi. Aksinça, unga yana öşa davrdagiday xalq duşmani kabi munosabatda bölişadi. Qölidagi Stalinning muhri bosilgan qoğozni körsatgaçgina unga işonişadi. Zebixon otasining vafoti haqida eşitadi. Ota beçora Zebixonni olib ketgan kuniyoq bu olamni tark etgan edi.
“Zebixon behol va bemajol yerga ötirib, qöllari bilan boşini çangallagança iç-içidan, dard-alam va judolikdan xörsinib, uzoq yiğladi”.
Ertasi kuni qöşnisi Habibaxon çiqadi. Undan eri Dadamirzo haqida söraydi. Zebixon jimib qoladi va bor gapni qoldirmasdan barçasini hikoya qilib beradi. Dadamirzoning oqlanganlik töğrisidagi hujjatni qöliga topşiradi.
“Kuraş beayov keçardi. Jadidlarning hayoti ham şu maʼnoda oğir ötgan. Çor istibdodi davrida ham, hukmronlik şörolar qöliga ötgaç ham. Köplab islohotlarga xayrixohlik bildirgan leninçilargaça mahalliy xalqning “közi” oçilişini istamasdi. Lekin siyosatda riyokorlik, ikkiyuzlamaçilik ustuvor edi. Bundan namanganlik jadidlar qanday ozor va aziyat çekişganini aks ettiriş oçiq-oydin Isoqjon Nişonov romani markazidagi masalaga aylangan” (Sodiq Sayhun).
“Dunyo imoratlari içida eng uluği maktabdir”, degan edi Mahmudxöja Behbudiy. Şu maʼnoda Isoqjon Nişonovning “Jadidlar qismati yoxud imperiya qurbonlari” romani orqali öşa davrdagi maktabçilik tarixi va unda namanganlik jadidlarning tutgan örni haqida köp narsani örganiş mumkin.
Öylaymanki, bu asar qisqa fursatda muallifning avvalgi maşhur — “Afğon şamoli” roman-seriali, “Xazon bölgan bolalik”, “Qora marjon” va boşqa asarlari kabi öz muxlislarini topa oladi.
Uluğbek TÖYÇIYEV,
Mahfuza MÖMINOVA,
Çortoq tuman axborot-kutubxona
markazi xodimlari.
