Maşinasi bor odam boy-mi?..
yoki şaxsiy avtomobilga tobelik qator ijtimoiy muammolarni keltirib çiqarayotgani xususida
Aholi örtasida şaxsiy transport vositalariga bölgan ehtiyoj yil sayin oşib bormoqda. Masalaning çigal tomoni şundaki, avtomobil xarid qiluvçilar safining kengayişi faqat aholi daromadlarining oşişi hisobiga emas, balki avtokredit, lizing, “vыkupka” yoki boşqa şartlar asosida amalga oşirilmoqda. Avtomobil sotib olişga qurbi yetmaydigan, lekin xohişi bor odamlar avtokreditning aççiq “taʼmi”ni tatib körgaç, puşaymon bölişayotgani ham ayni haqiqat. Vaholanki, hoyu havas uçun yengil maşina xarid qiliş örniga mavjud mablağ oila daromadini oşiradigan loyihalarga sarflansa, nur ustiga nur bölardi.
Yengil maşina ham bir rözğor
Rostdan ham, yengil avtomobil qulay transport vositasi ekanini inkor eta olmaymiz. Oila oğirini yengil, uzoğini yaqin qilişda undan ötadigani yöq. “Özingda bölganiga nima yetsin!” deydi baʼzilar. Bu yaxşi. Ammo bugun puli bor ham, yöq ham maşina işqibozi. Köçadan ötgan maşinaga havas qiladi. “Qaniydi, mening ham şunday çiroyli avtomobilim bölsa edi!”. Hatto kreditga olib, qarzga botganlar, rözğorini boqişga qiynalib qolganlar qança! Aslida, avtomobilni rözğoridan orttirib, qöşimça puli bor odam olsa, yaraşadi. Darvoza içkarisida yap-yangi qimmatbaho avtomobil tursa-yu, bola-çaqaning içgani yovğon narsa bölsa, bunday hayotga havas qiliş mumkinmi? Töğri, avtomobilni kira qilib, oila boqiş uçun sotib olayotgan yoki ijaraga yölovçi taşib yurganlar ham istagança topiladi. Baʼzilari topganini jarimaga tölab, çoyçaqaga ham arzimaydigan pul işlayotgani ham rost.
Hozir qişloq yoki ovullarga borsangiz, avtomobili yöq xonadonni topiş amrimahol. Kambağaldayam, boydayam, beva-beçoradayam bir ulov bor. Baʼzi oilalar umr böyi boşi avtokreditdan çiqmaydi. “Şu sabilni nega oldim?” deb puşaymon böladi. Sönggi puşaymon esa özingga duşman deb bejiz aytilmagan. Avtomobil rözğorga şodlik emas, kulfat keltirsa, uni deb yegan-içganingda, yaşaşingda halovat bölmasa, kimga keragi bor bu daxmazani, deguvçilar ham juda köp.
Bir paytlar Özbekiston avtomobil sanoati rivojlangan mamlakatga aylanadi, kelgusida har bir xonadonda şaxsiy maşina böladi, deb minbarlarda bong urilgan edi. Öşanda avtomobil köpayib, köçalarga siğmay qolişi, tirbandlik kundalik hayotimizga salbiy taʼsir ötkazişi, undan çiqayotgan zararli gaz ekologiyani ifloslantirişi haqida öylab körmagan ekanmizmi? Işgayam, bozor-öçargayam, sayohatga ham avtomobilda borilsa, tirbandlik avj olaveradi-da. Eng yomoni, baʼzi odamlar jamoat transportida yurişni özi uçun “or” deb biladi. Çunki uning qöşa-qöşa avtomobili bor, boy-da. Göyo ekologik inqiroz, tirbandlik yoki avtohalokatlar unga tegişli emasdek. Hamma narsani pul yoki taniş-bilişçilik bilan hal qilaman, deydi-da. Şunday odamlar kasriga bugun hayotimizda muammolar köpayib bormoqda.
Rözğoridan orttirgan qöşimça mablaği bölmasa-da, qarzga avtomobil sotib olişga intilayotgan odamlarni u qadar oqlay olmaymiz. Xalqimizda yengil maşina ham bitta rözğor, degan gap bor. Şuning örniga qişloq aholisi uçun zarur bölgan mahsulotni qayta işlaydigan mini-sex yoki kiçik işlab çiqariş korxonasi oçsa, elu yurtga nafi köproq tegadi, rözğori bayod-şoyad böladi. Mablaği köpaygaç, ana undan keyin avtomobilning zöridan xarid qilsa ham yaraşadi. Axir, kredit sovğa yoki ehson emas, balki majburiyatdir. Kreditning özini-ku qaytarasiz, foiziniyam bank qurtday sanab oladi. Xuddi oyoğiga tuşov urilgan odamga öxşaysiz. Qarzdan qutulgunça sillangiz qurib ketadi. Avtomobilning xarajatlarini aytmaysizmi? Bugun bu yerida işkal çiqsa, ertaga moy almaştiriş, keyin ğildiraklarni yangilaş, xullas, bir joydan “tomib” turadigan pul bölmasa, oddiygina odam avtomobilni eplab mina olmaydi.
Ziyofati oşib tuşdi
Qişloqda bir yigit xorijda işlab kelib, avtokreditga yap-yangi qimmatbaho avtomobil oldi. “Baraka topsin, zör işlab kelibdi, yigitning sultoni şunday böladi-da”, deyişdi qöşnilar tilyoğlamalik qilişib. Uning rafiqasining oğzi quloğida, dugonalarining közini öynatib, rosa kiftini keltirib maqtanganini, öğli esa sinfdoşlariga “aslida, bu avtomobil meniki” deya dunyolarga siğmay yurganini aytmaysizmi? Xullas, yangi avtomobilni “yuviş”ga biz ham bordik. Boyvaççalarnikidek bezatilgan dasturxondagi noz-neʼmatlar, içimliklarni körib, aql şoşadi. Şunça xarajat nimaga kerak deb xayoldan ötkazasiz. Xorijda işlab, yaxşi pul topgan bölsa, hammasini kökka sovuriş kerakmi? Özi kambağalgina yigit bölsa, qöliga beş-tört söm tuşib qolib, özida yöq xursandligini qarang, deb öylab turgandik. Xuddi fikrimizni uqqandek, yelkamizga qölini qöyib: “Toğa, bu dunyoda yaşab qoliş kerak, odamlar mening kimligimni körib qöysin, endi men boyvaççaman!” deya muştlarini köksiga urdi. Indamadik, nima ham deymiz, şu paytda unga gap uqtirib böladimi? Hasad qilyapti, degan fikrga borişi ham mumkin-da. Içimizdagini taşimizga çiqarmadik, “moşin buyursin, yaxşi kunlarda mingin” deb duo qilib, uyga qaytdik.
Boyvaçça ukamiz yangi avtomobilni bir haftayam mingani yöq. Avtokreditni tölaş uçun xorijga işga jönab ketdi. Ança yillardan buyon çang bosib yotgan bu qimmatbaho maşinaga emas, xonadon bekasiga, ikki öğil, uç qiziga rahmimiz keldi. Xorijdan kelayotgan pulni avtomobil yamlamay “yutyapti”. Ayolning ahvoliga havas qilib bölmaydi. U qöni-qöşnilarning kir-çirini yuvib, oila tebratişga majbur. Avtomobil esa faqat u yigitning xorijda yaxşi işlab kelganiga “dalil” vazifasini ötayapti, xolos.
Tirbandlik — “zanjirbandlik”
Ana şunday muammolar mavjud bölsa-da, avtomobilga tobelik töxtamayapti. Qayerdadir bir yirik anjuman bölayotgan bölsa, albatta, öşa joyda tirbandlik yuzaga keladi. Töy yoki boşqa izdihomlar haqida gapirmasa ham böladi. Yengil maşina orasidan joy topib yurişning ham imkoni bölmay qoladi. Mehmonga 10 nafar kişi aytilgan bölsa, ular kamida 8-9 ta yengil maşinada keladi. Avtomobil köpligidan şaharda odamlar emin-erkin sayr qila olmaydi. Hatto piyodalar yuradigan yölaklarga ham avtomobil qöyilyapti. Yölovçilar asfalt yölda yurişga majbur bölişmoqda.
Tirbandliklar faqat Toşkent şahrida emas, viloyatlarda ham yöl harakati maromini susaytirişda davom etmoqda. Koşki edi, faqat yöl harakati maromini susaytirsa. Tirbandlik bu “zanjirbandlik”. Çunki maʼlum muddat sizning göyoki qöl-oyoğingiz zanjirband qilingandek. Uning ustiga motor işlab, zararli gaz çiqarib turibdi. Qançadan-qança işu yumuşlar bajarilmay qolyapti. Iqtisodiyotga, ijtimoiy hayotga katta zarar yetmoqda.
Şu örinda bir misol: Germaniyada köpinça katta bozorlik qiliş uçun yoki şahardan taşqariga çiqiş töğri kelgandagina yengil avtomobildan foydalanişadi. Bu yerda aholi, asosan, jamoat transportida yoki velosipedda yurişadi. Ahamiyatli jihati şundaki, odamlar işga, asosan, velosipedda kelişadi. Faqat şanba kuni bozorlik qiliş va yakşanba dam oliş uçun biror yerga boriş maqsadida şaxsiy avtomobil ruliga ötirişadi. Aholi şahar içiga iloji boriça avtomobilda kirişmaydi. Bu ularning ekologik madaniyati yuksalganidan dalolat beradi. Şuning uçun ham Germaniyadagi şaharlar ozoda va ekologik jihatdan ham musaffo. Toşkent havosining tobora ifloslanib, dunyoda yuqori örinlarga kötarilayotganiga özimiz sababçi bölayotganimizni bir öylab körsak, foydadan xoli bölmasdi.
Darvoqe, mamlakatimizda avtohalokatlar soni ham oşib boryapti. Bu ham avtomobilsizlaştiriş öta muhim masala ekanidan dalolat bermoqda. Şaharda harakatlanuvçi avtomobillar soni kamaysa, jamiyatda ijtimoiy, xavfsizlik va salomatlik darajasi yaxşilanadi. Axir şahrimiz havosi musaffo, yöllarimiz bexatar va bexavotir bölsa, kayfiyatimiz ham yuqori, iş unumi ham baland böladi.
Soğlom şahar velosipedlar bilan quriladi
Siz velosipedda işga borişingiz mumkinmi? Yöq, albatta! Qimmatbaho avtomobilingiz turganda qiynalib velosiped minib yurasizmi? Qolaversa, bu sizning obröyingizga töğri kelmaydi, şundaymi? Qolaversa, avtomobili bor odamlarning aksariyatida velosiped yöq. Çunki ular bu transport vositasiga ehtiyoj yöq, deb hisoblaşadi. Nega unda Germaniyadek rivojlangan davlatda aholining kamida 77 foizi yil davomida velosipeddan foydalanadi. Yoki Berlinda şahar aholisining kamida 25 foizi velosipedni asosiy transport vositasi sifatida tanlagan va sönggi ön yilda velosipedçilarning uluşi doimiy ravişda ortib bormoqda.
Niderlandiya aholisi velosipedda kuniga örtaça 2, 6 kilometr yöl bosadi. Olimlarning hisob-kitoblariga köra, agar butun dunyo böylab velosipedda harakatlaniş tatbiq etilsa, atmosferaga yillik karbon dioksidi ajralmasi 686 mln. tonnaga kamayar ekan. Bu hajm köpgina mamlakatlar, jumladan, Buyuk Britaniya, Kanada, Saudiya Arabistoni va Avstraliyaning umumiy CO2 emissiyasidan ortiqdir.
Şifokorlar maʼlumotlariga köra, velosiped eng avvalo inson salomatligi uçun foydali ulov hisoblanadi. Uni boşqariş — yurak-qon tomir tizimini maşq qildiradi, suyak va muşaklar mustahkamlanadi. Ortiqça vazn, diabet va boşqa surunkali xastaliklar xavfi kamayadi. Har kuni işga velosipedda boradigan kişilarda saraton kasalligiga çaliniş 45 foizga, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi esa 46 foizga kamayişi örganib çiqilgan.
Dunyodagi rivojlangan davlatlarga eʼtibor qaratadigan bölsangiz, ularning asosiy transport vositasi — jamoat transporti yoki velosipeddir. Boşqa mamlakatlarda aholi mobillaşayotgan bir vaqtda Özbekiston avtomobillar mamlakati bölib qolmasligi zarur. Aholiga velosipeddan foydalanişi uçun qulay infratuzilma yaratilişi, tarğibot işlari olib borilişi lozim.
Afsuski, bu boradagi saʼy-harakatlar bilan maqtana olmaymiz. Töğri, velosiped uçun yölaklar bor. Ammo ular juda kam. Bir mahalladan ikkinçisiga avtomobil yölini yoki piyodalar yölaklari orqali ötişga töğri keladi. Masalan, poytaxtimizning katta qismini velosiped orqali bosib ötiş uçun qulay infratuzilma yaratilmagan. Bu esa velosipedni şaharda asosiy transport vositasi sifatida foydalanişga imkon bermaydi.
Poytaxtimizda velosiped bilan qilinadigan sayohatlar köpaytirilsa, avtomobildan foydalaniş darajasi keskin qisqaradi. Tadqiqotlardan şu narsa maʼlumki, velosipeddan foydalaniş uluşini oşiriş yillik global iqlim özgarişini yumşatiş uçun yönaltiriladigan mablağlarni tejaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Havo sifatining yaxşilanişi soğliqni saqlaş xarajatlarini ham kamaytirib, kasallik tufayli iş kunlari yöqotilişining oldini olgan bölardi.
Faxriddin BOZOROV,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi.
