Ekologik madaniyat
Bugungi texnologiya rivojlangan zamonda tabiatning sofligi va musaffoligini asraş dunyo miqyosida dolzarb mavzuga aylanib ulgurdi. Insoniyatning yaqin dösti, hamrohi bölgan ona tabiatning hozirgi paytdagi qiyofasi har bir insonni taşvişga solişi, şu bilan bir qatorda, tabiatni asraşga bölgan masʼuliyatni oşirişga undaydi. Nafas olayotgan havomiz, içayotgan suvimiz, isteʼmol qilayotgan oziq-ovqatlarimiz, hayvonot va ösimliklar olami zararli unsurlardan xoli bölişini xohlaymiz. Afsuski, bugun ona tabiat insoniyatdan ançagina xafa deyişimiz mumkin. Ekologik ahvolimizni bugundan yaxşilaşga harakat qilmasak, ertangi kun kelajak ham, ona zamin ham bizdan aslo rozi bölmaydi.
Şu bois tabiatni asraş, unga ehtiyotkorona munosabatda böliş davlat siyosati darajasiga kötarildi. Köplab qonunlar, qarorlar, konsepsiyalar işlab çiqilmoqda. Birgina Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 15 maydagi PQ–184-son qarori bilan qabul qilingan “2030 yilgaça bölgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltiriş konsepsiyasi”ni olib köradigan bölsak, bu hujjat jamiyatimizning barça böğinlarida fuqarolarning ekologik madaniyatini yuksaltirişni nazarda tutadi. Konsepsiyada asosiy maqsad sifatida “ösib kelayotgan yoş avlodda ekologik bilim, ong va madaniyatni şakllantiriş hamda rivojlantiriş, uşbu yönalişda taʼlim-tarbiya jarayonini samarali taşkil etiş, aholining barça qatlamlarida ekologik madaniyatni, şu jumladan, “yaşil” isteʼmol madaniyatini yanada yuksaltiriş” belgilangan. Bizda ekologik madaniyat rivojlanmas ekan, barça jabhalarda rivojlanişimiz oqsaydi. Ekologik madaniyatni taʼlim-tarbiya jarayonini samarali taşkil etiş bilan boğlasak, kelgusi jamiyatimizda atrof-muhit bilan boğliq muammolarimiz öz-özidan kamayib boradi. Inson ongi va tafakkurida inson va tabiatning özaro uyğun ekanligini, tabiatga nisbatan döstona ruhda yondaşuv hamda masʼuliyatimizning oşişini tuşuniş ekologik tafakkurning yuksalişiga olib keladi.
Ekologik madaniyatni yuksaltiriş oila, mahalla, uzluksiz taʼlimning barça böğinlaridan, taşkilot, muassasa, korxonalardan boşlanişi kerak. Oilada bolajonlar uçun “Aqlvoy”, “Bolajon” va boşqa telekanallarda bolalarni atrof-muhitga, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda böliş ruhida tarbiyalaşga qaratilgan maʼnaviy dasturlar taşkil etiş hamda namoyiş etiş” közda tutilgan. Endigina ösib kelayotgan, dunyoni maʼnan anglab boşlayotgan bolalarda bu usul ançayin samarali natijani berişi şubhasiz. Çunki bola körgan va eşitgan narsasiga amal qiladi. Telekanallar orqali qöyilayotgan dasturlarda qahramonlar tilidan aytilgan gaplar va ular bajargan harakatlar orqali ular atrof-muhitga döstona bölişni örganişadi. Suvni isrof qiliş yomon odat ekanligini bola örgandimi, demak, unda doimo şu tuşunça saqlanib qoladi va şunga amal qila boşlaydi.
Buni maktabgaça taʼlim taşkilotlari ham amalda qöllaşi samarali natija beradi. Konsepsiyada aynan “maktabgaça taʼlim taşkilotlari tarbiyalanuvçilari örtasida “yaşil” transport turidan foydalanişni tarğib qiliş böyiça barqaror könikmalarni şakllantiriş maqsadida har yili bolalar velomarafoni ötkaziş” ham nazarda tutilgan. Bu yerda “yaşil transport” tuşunçasi bolalar uçun noodatiy hisoblanadi va ular tarbiyaçilar orqali bu transport inson salomatligi uçun foydali va tabiat uçun zararsiz texnika hisoblanişini bilib oladilar. Bu inson uçun ham, ekologiya uçun ham samarali yondaşuv hisoblanadi.
Oliy taʼlim sohasida ham ekologik madaniyatni yuksaltirişga taalluqli bir qança vazifalar belgilab berilgan. Xususan, “har bir oliy taʼlim muassasasining veb-saytida talabalar ekologik madaniyatini yuksaltirişga qaratilgan “Ekofaol talabalar” degan alohida bölim taşkil etiş va unda tegişli taʼlim muassasasining talabalari tomonidan ekologik madaniyatni yuksaltiriş, atrof-muhitni asrab-avaylaş va muhofaza qiliş borasida amalga oşirilgan işlar töğrisidagi maʼlumotlarni doimiy joylaştirib boriş”ni misol tariqasida keltirib ötişimiz mumkin. Bundan körinib turibdiki, “Ekofaol talabalar” jamoasi qamrovi kengayişi va ular tomonidan ekologik madaniyatni yuksaltiriş borasida olib boriladigan işlar muntazam yölga qöyilişi lozim. Bu talabalar öz jamoasi qamrovini doimiy köpaytirib, oliy taʼlim muassasasida talabalar orasida ekologik muammolarga bağişlangan sörovnomalar, munozaralar, keçalar, zakovat öyinlari, intervyular taşkil etişlari mumkin. Yuqorida sanab ötilgan tadbirlarning barçasida ekologik yondaşuv asosiy maqsad qilib qöyiladi. Bularni ötkaziş natijasida talabalarda atrof-muhitga ehtiyotkorlik va döstonalik ruhi şakllanib boradi va odatga aylanadi. Bu jarayonda öqituvçilarning talabalarni qöllab-quvvatlaşi ularning amalga oşirayotgan işlari yanada samarali bölişiga yaqindan yordam beradi.
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda “Ekologik madaniyat va ekologiya muammolari sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boruvçi xotin-qizlar uçun hududlar kesimida doktorantura uçun qöşimça kvotalar ajratiş amaliyotini yölga qöyiş” belgilab berilgan. Bu ekologiya sohasidagi xotin-qizlarning ilmiy tadqiqot olib borişi uçun yaxşi imtiyoz deyişimiz mumkin.
“Davlat organlari va taşkilotlari, şu jumladan, huquqni muhofaza qiluvçi organlarning rasmiy veb-saytlarida “Ekofaol xodim” nomli alohida bölim oçiş, unda ekologik madaniyatni yuksaltiriş, şu jumladan, tarğibot tadbirlari, uşbu yönalişdagi namunali xodimlar haqida maʼlumotlar joylaştiriş va ularni muntazam yangilab borişni yölga qöyiş” konsepsiyaning ekologik madaniyatni tarğibot qiliş sohasidagi yana bir yönalişi sifatida muhimdir. “Ekofaol xodim” nomli bölim davlat organi, taşkilot xodimlarini ekologik madaniyatli bölişga undaydi. Ularning atrof-muhitga döstona munosabati boşqalarni ham bunga jalb eta boşlaydi. Birgina “Respublikaning barça hududlarida davlat organlari va taşkilotlari, şu jumladan, huquqni muhofaza qiluvçi organlar binolarida velosipedlar uçun maxsus töxtaş joylarini taşkil etiş” qismida xodimlarni, yuqorida qayd etib ötganimizdek, “yaşil” transportdan foydalanişga undaydi. Aynan işga velosipedlarda keladigan xodimlarni “Ekofaol xodim” sifatida eʼlon qilib boriş boşqalarni ham bunga daʼvat etadi. Davlat organlari va taşkilotda “yaşil” transportdan foydalangan xodimlarga har xil imtiyozlar berilsa, bu jarayon yanada ommalaşib, yoqilğili transport vositalaridan çiqayotgan zararli gazlar tabiatga zarar yetkazişining ançayin oldi olingan böladi.
Hammamizga maʼlum, baʼzi paytlarda köça çetidagi ariqlarda, yölaklarda çiqindilarning yotişi könglimizni xira qiladi. Bu uyatli holat. Kimdir köça çetiga çiqindi taşlayotganini körganda har bir kişi unga bunday qilmasligini, bu iş yaxşi emasligini tuşuntirişi şart!
Xullas, ona zaminimiz, tabiatimiz kelajagi, uning musaffoligi ekologik madaniyatimizga boğliq.
Muborak ÖSAROVA,
Termiz davlat pedagogika instituti tayanç
doktoranti.
