Nomi ham, qismati ham qora böldi
Tun allamahal. Tevarak-atrof jimjit. Hatto, akillab yuradigan itlar ham sukutga çömgan.
Şerqul qora kiyimlarini kiyib, boşiga şapkasini bostirdi-da, sekin taşqi darvozani oçib, köçaga çiqdi. Avvaldan rejalaştirgan işini amalga oşiriş payti kelgan edi.
Şerqul özi közlagan xonadonni ança vaqt zimdan kuzatgan: kim qaçon işga ketadi, kim uyda qoladi, barçasini sinçiklab örgangandi. Uy egalari savdo-sotiq bilan şuğullanişi, uyda katta mablağ saqlanişini ham yaxşi bilardi.
Bir kuni narsa xarid qiliş bahonasida uyga kirib çiqqan çoğida pul saqlanadigan joyni ham körib olgandi.
Öşa tunda u simyoğoç orqali devor oşib hovliga tuşdi. Orqa tomondagi oynani maxsus oçqiç bilan oçib, xona içiga kirdi. Telefon yoruğida atrofni kuzatib, avvaldan közlab qöygan sandiqçani oçdi. Paçka-paçka pullarni sumkasiga joyladi. Bir neçta qimmatbaho matolarni ham olib çiqdi. Iz qoldirmaslik uçun u oynani avvalgi holatiga keltirib qöydi.
Ertasi kuni Ergaşboyning uyida öğrilik bölgani mahallaga ovoza böldi.
Oradan haftalar ötdi. Şerqul öğirlangan matolardan birini tanişi orqali bozorda sottirdi.
Matoni sotib olgan ayolni tasodifan Ergaşboyning xotini körib qoldi. Öz molini tanib, sotuvçini suriştirib borgaç, Şerqulning siri oçila boşladi.
Içki işlar xodimlari uning uyini tintuv qilganida qora çemodan içidan paçka-paçka pullar topildi. Öğirlik sodir etilgan hovli orqasidagi oyoq izlari ham Şerqulning poyabzaliga mos keldi.
U birinçi marta sudlanib, yigirma yoşida sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Qamoq hammani ham tarbiya qilolmas ekan. Ozodlikka çiqqaç, yana öğrilik qilib, qamaldi. Keyin talonçilik qilib, yana jazoga tortildi.
Yillar ötdi. Ilgarigi yoş öğri endi “öğrilarning zöri” degan nom çiqarib, jinoyat botqoğiga botdi.
Qirq yoşga yaqinlaşganda Şerqul ozodlikka çiqdi. U göyo hayotini özgartirmoqçiday körinardi. Rossiyaga borib işlab keldi. Uyini taʼmirlaş, oila quriş haqida öylay boşladi. Tanişlari orqali Nigora ismli ayol bilan tanişib, şarʼiy nikoh asosida yaşay boşladi. Biroq uning vujudida nafs balosi haliyam tinçlik bermasdi.
Şerqul uyida taʼmir işlarini boşlab, hovlidagi molxona ortidan ikki metrlik çuqur qazdirdi. U yer mudhiş jinoyatni yaşiriş uçun avvaldan tayyorlangandi. Şerqul valyuta ayirboşlovçi Xurram Öroqov bilan tanişib, avval oz miqdorda dollar maydalab, uning işonçiga kiradi. Keyin kattaroq summa bahonasida dollarfuruşni uyiga çaqiradi.
Xurram ikki ming AQŞ dollarini sömga ayirboşlab mömay daromad qiliş ilinjida Şerqulning uyiga keldi.
Ular pul kursi borasida kelişolmay, tortişuv boşlandi.
Xurram gilam ustida pul sanab ötirgan paytda Şerqul taşqariga çiqib, oldindan tayyorlab qöyilgan yoğoç bilan orqadan Xurramning boşiga zarba beradi.
Zarba kuçidan u gilam ustiga yiqiladi. Ammo Şerqul qölidagi yoğoç bilan uni ayovsiz urib, vahşiylarça öldiradi. Pullarni yiğiştirib olgaç, jasadni gilamga örab, qazilgan çuqurga taşlaydi. Yoğoçni ham şu yerga kömadi.
Ertasi kuni mardikor çaqirib, çuqurga şağal töktirib, sement quydirib qotillik izini “yöqotadi”.
Xurram Öroqovning bedarak yöqolişi hammani oyoqqa turğazdi.
Kuzatuv kameralari, guvohlarning körsatmalari, telefon aloqalari — barçasi bir nuqtaga, Şerqulga olib kelardi.
Tintuv vaqtida molxona yonidagi yangi sementlangan joy tergovçilar diqqatini tortdi. Xolislar iştirokida u yer kovlandi. Telefon ğilofi, qonga belangan yoğoç va gilamga öralgan murda topildi. Sud-tibbiy ekspertizasi Xurram Öroqov şafqatsizlarça öldirilganini tasdiqladi.
Sud Şerqul Töxtayevni uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qildi. U yana temir panjara ortiga qaytdi.
Jinoyat har doim insonga baxtsizlik olib keladi. Nafs va yengil boylik ilinjida qilingan qinğir iş oqibatda insonni xorlik va halokat sari yetaklaydi. Şerqulning nomi ham, qismati ham qora böldi. Afsuski, u jinoyat ortidan jinoyat qilib, nafaqat öz umrini, balki boşqalarning ham hayotini barbod qildi.
Tölqin ABDURAIMOV,
Jinoyat işlari böyiça
Şörçi tuman sudi raisi,
Çori QORAQULOV,
sud maslahatçisi.
Farzandini “unutgan” ota
Har bir yoş oila qurib, yangi hayotga qadam qöyar ekan, avvalo, turmuşi şirin va baxtli bölişini istaydi. Biroq quruq istakning özi yetarli emas. Çunki oila deb atalmiş böstonda hayot bir tekis ketmaydi. Bu esa er va xotindan sabr-toqatli bölişni, ahillikni talab etadi. Yöqsa, arzimagan gap-sözlar, kelişmovçiliklar munosabatlarni yemirişi, hayotni boşi berk köçaga olib kirişi mumkin.
X.Q. şirin orzu-niyatlar bilan A.S.ga uylanadi. Oradan yillar ötib, öğilli bölişdi, ammo farzand tuğilişi oila riştalarini mustahkamlay olmadi. Rözğordagi mayda-çuyda gap-sözlar bora-bora oilaning barbod bölişiga olib keldi.
Eng yomoni, er farzandini unutadi. Taʼminoti bilan ham qiziqmaydi. Qiyin ahvolda qolgan ona aliment undiriş maqsadida sudga murojaat qiladi. Fuqarolik işlari böyiça Çirçiq tumanlararo sudining buyruği bilan X.Q.ga voyaga yetmagan farzandi uçun har oyda daromadining törtdan bir qismi miqdorida aliment undiriş töğrisida buyruq çiqariladi. Ammo ota sudning buyruğini bajarmagan. X.Q. sud ijroçilari tomonidan voyaga yetmagan farzandiga aliment tölaşi şartligi töğrisida bir neça bor ogohlantirilgan. Lekin yana u farzandi moddiy taʼminotiga eʼtiborsiz qarab, sud buyruğini bajarmaganligi uçun otaga nisbatan hujjatlar tegişli tartibda rasmiylaştirilib, sudga ötkazildi. X.Q.ga sud tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan. Ota sud tomonidan farzandi uçun majburiy undirilişi kerak bölgan 23.976.516 söm miqdordagi alimentni tölaşdan qasddan böyin tovlagan. Turli bahonalar bilan farzandi taʼminoti uçun belgilangan summani berişni istamagan. Dastlab maʼmuriy javobgarlikka tortilib, ketma-ket ogohlantirişlardan tegişli xulosa çiqarmaganligi sababli otaga nisbatan jinoiy iş qözğatildi.
Yaqinda mazkur jinoiy iş sudda körib çiqildi. Sudning hukmi bilan X.Q. bir yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Şuningdek, sudlanuvçidan jabrlanuvçi ona foydasiga 11.011.180 söm undiriş belgilandi.
Amaldagi qonunçilik talablariga muvofiq ota-ona voyaga yetmagan bolalarga taʼminot berişi şartligi, agarda ota-ona taʼminot beriş majburiyatini ixtiyoriy ravişda bajarmasa, sudning hal qiluv qaroriga yoki buyruğiga asosan aliment undirilişi belgilangan. Qolaversa, jinoiy jazo olgan javobgar ota farzandlari oldidagi majburiyatlaridan ozod qilinmaydi.
Hayotda baʼzida ana şunday noxuş holatlar uçrab turganligi afsuslanarlidir. Öz farzandlari taqdiriga bu qadar befarq qaraydigan otalarning uçrab turişi keçirilmaydigan holat. Undaylarga nisbatan qonunçilikda qatʼiy javobgarlik çoralari mavjud.
Zero, oila jamiyatning kiçik bir bölagi hisoblanib, uning mustahkamligi yurtning kelajagini belgilovçi omildir. Şunday ekan, oila butunligini saqlaş va farzandlar taʼlim-tarbiyasiga har bir ota-ona masʼul ekanligini unutmaslik kerak.
Jaʼfar QURBANOV,
Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman
sudining tergov sudyasi.
