Şoberdi baxşini eslab…
Keçagiday yodimda: mart oyi edi, bobom Şaydul karvon bobo qölimdan yetaklab, ustozimning xonadoniga olib borgan edi. Maşhur baxşi bobomni yaxşi tanir ekan: termayu qofiyalar bilan kutib oldi. Çehrasi yorişib, içkariga manzirat qildi. Söraşib, ahvollaşib bölganlaridan söng, bobom gapning ustini oçdi: “Şu nevaramning çeçan bölguday çöti bor, baribir qonida bor-da: otasining toğasi öz davrida katta baxşi ötgan, sin solib bir qarang qani”, deb taniqli baxşiga yuzlandi. Men “jigitça” bölib qolgan edim: öz uyida könglini oçib, tilazaki gaplardan qoçib gurung berayotgan bu insonning maşhur Şoberdi baxşi Boltayev ekanligini allaqaçon bilgan edim.
Şunda Şoberdi baxşi bir jilmayib, törda osiğliq dömbirani olib: “Qani, bir çerting”, dedi. E, oğaynilar, usta odamning susti böladi, har qanday ösmir bolaning ham biror kamu kösti böladi, şunday paytda lab çimirmay dalda berib jilmaygan ustoz örgançik şogirdning çin dösti böladi! Dömbirani qölimga olib, bilganimça çerta boşladim. Bobom dorda öynayotgan dorbozga qaraganday alağda, Şoberdi baxşi bölsa közlari bilan dalda beradi. Dömbirani şogirdlik taomiliga köra, odob bilan yostiqning ustiga qöydim: közi bilan dalda bersa ham köngli bilan har bir harakatimga sin solib ötirgan baxşi bu harakatimni maʼqullab, jilmayib qöydi. Şoberdi baxşi “sipolik”dan yiroq inson ekan: fikrini oçiq aytib qöya qoldi. “Karvon bova, yaxşi bola tarbiya qipsiz, endi uç-tört kun biznikida qoladi, xudo singan bölsa, nom kötargan baxşi böladi”, dedi.
Şu-şu böldi, men şogird tuşdim. Bobom qiblaga qarab, oyoğini tirab duo berdi. Baxşilarda ustoz-şogirdlikning udumi boşqaça: bu udumni ikki-uç varaq qoğozga siğdirib bölmaydi. Alqissa, jurnalistlar tili bilan aytganday, men ustozdan baxşiçilik sir-asrorlarini örgana boşladim.
Sal vaqt ötib, Şoberdi baxşini Denovning sobiq Iliç nomli (hozirgi “Navröz”) xöjaligida böladigan “Navröz” bayramiga taklif qilişdi. Navröz saylida odamlar soçilib, har kim özi istagan joyda aylanib yuradi: birov konsertda, yana birov olişu köpkarida, yana kimlardir maysalarga yonboşlab atrofni tomoşa qiladi. Bir vaqt navbat Şoberdi baxşi Boltayevga berildi. Ustoz közlarini yumib, dömbirani bağriga olib, bir naʼma boşlagan ediki, qiyos qildim, irmoqlardan suvlar bir jilğaga yiğildi: har töbadan odamlar guras-guras oqib kelardi! Odamlar gala-gala, sela-sela töbalardan taram-taram bölib baxşi bobo tomon jela boşladi. Bir kuy tugamasdan baxşining atrofida odamlarning ziç halqasi hosil böldi. Şunda baxşi el bilan salomlaşib, ikki-uç oğiz tilak aytib, birdan menga yuzlandi: “Hey baçça, mening qabatimga kel”, dedi. Men bunça odamning qarşisiga birinçi marta çiqişim edi, içimda hayajon emas, masʼuliyatga öxşaş bir tuyğu bor edi. Asta çiqib bordim. Baxşi mening yelkamga kaftini qöyib, muxlislarga qarab: “Ey birodarlar, qon-qarindoşlar! Şu baçça ikki kun böldi Boysuntovning belidan oşganiga, “Mönçoq”qa borib menga şogird tuşganiga, menam bir qarab bildim bu baçça Şoydil karvon bovaning uyida dömbiraçi bölib pişganiga! Yettining biri Xizr deydi, yettiniki tegmasa, birniki tegadi: ey xaloyiq, şu baççaga bir duo berayik. Şu sahnadan orangizga qaradim, Xizr körganlar borligini sezdi juragim, sizlardan bir duo söradim. Qöllardi kötarayik, şu baçça özimday baxşi bölsin! Ovmin!”, deb kaftini yoyib duo qildi. Odamlar “omin” deb qöşildi.
Ustoz-şogirdlik taomili şunday: ustoz duo bermasa, şogird dömbira kötarib örtaga çiqolmaydi. Şoberdi baxşi tantilik qildi, özi bergan duosi bilan qanoatlanmay, eldan duo olib berdi, özimday baxşi bölsin, dedi. Bu duolar, ustozimning tilaklari menga qanot böldi. Ustozim xonadonida sakkiz yil yurib, örgangan narsalarimni yozsam, katta kitob böladi. Lekin eng köp örganganim – ustozning xislatlaridan örnak oldim va bildimki, Şoberdi baxşini elga tanitgan fazilatlar faqat u kişining benazir sanʼati emas, elga manzur gapni topa bilişi, har bir insonning hurmatini joyiga qöyişi, elning mehrini qadrlaşi edi.
Ha-ya, u kişining yana bir fazilati bor ediki, bu haqda gapirmay ötolmayman. Qumqörğon tumanida, Bobotoğning etagida joylaşgan Boymatov bobo qişloğiga birga hizmatga bordim. Şoberdi baxşi dostonning “içiga kirib” kuylar, muxlislar berilib tinglar edi. Doston şunday joyiga keldi: Alpomiş Qaldirğoç singlisi bilan uçraşgan joyi edi, şunda Qoraolçin degan çobağon takaning ovxirisini olib kelib, Qaldirğoç oyimning ötovining ustidan taşab, bir-ikki oğiz behayo gap gapirib ötib ketadi. Şunda Qaldirğoçoyim bu gapni tenasiga siğdirolmay jilab turgan joyi:
Oğa desam, közimdan yoş tomadi,
Şunday kunda emçakdoşim kemadi.
Qandaylar bekning singlisi edim,
Yolğonçida jurgiligim qolmadi…
Jilaganga Olloh madatkormikan,
Kuygan qulga bu yolğonçi tormikan?
Jer betida jurgiligim qolmadi…
Yolğonçida emçakdoşim bormikan?
Bir maydon Qaldirğoçoyimni yiğlatib, özi ham yiğlab, dostonning içiga kirib, özi ham kuyladi, tinglovçilar ham yiğlab tinglab sel bölib ketdi… Şunda bir muxlis: “Ey Şoberdi baxşi, yuraklar sel bölib ketdi! Endi şu ukkağar ğanimni biryoqli qiling”, deb yubordi.
Özbekiston xalq baxşisi unvoni yaralişiga ham sababçi ustozim ekanligini köpçilik bilmasa kerak. Rahmatli Birinçi Prezidentimiz Surxondaryoga taşriflari çoğida ustozim sözga çiqib, bir-ikki oğiz baxşiyona terma kuylagandan keyin, Karimov bobo u kişini bağriga bosib: “Yurtimizda şunça unvonlar bor, nega baxşilarga unvon yöq? Bugun şu unvonni taʼsis etsak”, deb zalga yuzlandi. Şunda barça örnidan turib, olqişlab qarsak çalib yubordi. Bu tarixiy voqea menga ilhom berdi, şunda şunday törtlik yozdim:
Janubidan vatanimga eşik bölgan
Surxonim,
Baxşilari hofiziga qöşiq bölgan
Surxonim.
Buyuk unvon bugun senda tuğildi,
Xalq baxşisi unvoniga beşik bölgan
Surxonim.
Ustozim umri davomida juda katta işlarni amalga oşirdi. Şunday buyuk işlaridan katta daryoga köprik qurib, qabristonga yöl soldi. Bu köprikdan hali-hanuzgaça elu xalq minnatdor bölib ötib-qaytmoqda. Baxşiçilik sanʼatida juda katta işlar qildi: respublikamizda yagona bölgan Termiz baxşiçilik maktabining oçilişida ham juda katta hissasi bölgan. Har doim menga birinçi bölib xalqdan olib bergan duosi ilhom bağişlaydi, özimday bölsin deb qisqagina duo bergan bölsa-da, bu tilak men uçun juda qimmatli. Hayotda ustozimga öxşaş jihatlarga duç kelganimda, şu duosini eslayman va haqiga duo qilaman: oxiratlari obod bölsin. Ustoz ming-minglab muxlislar hamda şogirdlari va farzandlari qalbida mangu yaşaydi! Sözimning yakunida ustozimning xotirasiga bağişlab aytgan termamdan bir parçani hukmingizga havola etaman:
Egasidan ayrilib quv yoğoç ham jiladi,
Bu ayriliq yoronlar juragimni tiladi,
Baxşiçilik sanʼatining
bir ustuni quladi,
Elim suygan baxşing ketti, Surxonim,
Safingdan bir yaxşing ketti, Surxonim.
Safar baxşi ŞAYDULOV,
Özbekiston xalq baxşisi.
