“Angela Merkel – mamlakatni tizimli fikrlab boşqargan mutaxassis”
(professor asqar artikov bilan suhbat)
Pedagoglik kasbim va örgangan asosiy xorijiy tili olmon zaboni hamda Germaniya mamlakatşunosligi böyiça olib boradigan darslarim, matbuotda eʼlon qilgan suhbatlarim tufayli köplab maslakdoş va fikrdoş hamyurtlar orttirganman. Qolaversa, Germaniyada çop etiladigan “AVICENNA” nomli ilmiy-ommabop jurnal boş muharriri sifatida köplab özbek olimlarining maqolalari orqali olmon olimlarining eʼtiborini öziga jalb qilgan hamyurtlarim bilan yaqin muloqotda bölaman. Şularning içida texnika fanlari doktori, Toşkent kimyo-texnologiya instituti professori Asqar Artikov bilan uşbu suhbatni uyuştirdik.
Maqsad Germaniya federal respublikasi Prezidenti Frank-Valter Ştaynmayerning mamlakatimizga rejalaştirilgan navbatdagi taşrifi arafasida professor Asqar Artikovning şu davlatning sobiq hukumat rahbari Angela Merkel xonimning boşqaruv uslubi tahliliga bağişlangan fikr-mulohazalari xususida gazetxonlar bilan fikr almaşmoqçimiz.
Professor Asqar Artikov özbek olimlariga özining keng qamrovli fikr va muşohadalari aks etgan köplab ilmiy va ilmiy-ommabop naşrlari bilan taniş. Uning “Sistemnoye mыşleniye v protsesse sozdaniya i upravleniya injenernыmi texnologiyami” (2023) öquv qöllanmasi, “Modellaştiriş va loyihalaş tizimlari” (2024), “Tizimli fikrlaş. Modellaştiriş” (2025) darsliklari, “Tizimli tahlilga kiriş” kabi ilmiy va didaktik adabiyotlari köpçilik mutaxassislarga maʼlum.
— Asqar aka, bilasizki, Angela Merkel xonim sobiq SSSR nazoratida bölgan GDRda tavallud topgan. Sizningça, nega aynan şu GDRlik fizik olim XXI asr Yevropasining eng kuçli, yetuk rahbari bölib çiqdi?
— Maʼlumki, ön olti yil mobaynida uçta global inqirozning guvohi bölgan, byudjetda bitta “qora nol” va jon boşiga YAIMning deyarli ikki baravar ösişiga erişgan Angela Merkel 2021 yil dekabrida katta siyosatdan ketdi. Öşandan beri u haqida yuzlab maqolalar va qalin memuarlar yozildi. Lekin deyarli heç kim asosiy narsani aytmadi: u siyosatçi kabi emas, balki muhandis kabi fikrlar edi.
Özbekistonda bunday tafakkur metodini işlab çiqqan — professor Asqar Artikov (TKTI, № 000300 va IAP 20250427 intellektual mulk guvohnomalari muallifi). Agar uning uslubini Merkel davridagi Germaniyaga qöllasak, hayratlanarli manzara oçiladi: mamlakat yaxşi moylangan mexanizm kabi işlagan, har bir vint öz örnini topgan.
— Asqar aka, 2005 yil Yevropa hayotida qanday iz qoldirgan edi?
— Merkel kansler bölganda, Germaniyani “Yevropaning kasal odami” deb ataşardi. Çunki 15 yil avval Şarq va Ğarbning birlaşuvi byudjetni quritgan edi. Işsizlik 11 foizga yetgan (hozir — 3,6 foiz), köplab zavodlar işlamasdi. Yoşlar ketib qolardi. Oddiy siyosatçi bunday vaziyatda baqirib boşlardi: “Ösiş beraylik! Pul çop etaylik! Quraylik!”. Merkel baqirmadi. U tizimni darajalar böyiça tahlil qilişga kirişdi.
— Merkel boşqaruvida amalga oşirilgan işlarni siz oddiy algoritmda olti qadam deb belgilabsiz. Bu qanday qadamlar edi?
— Birinçi qadam: obʼyektga bir vaqtning özida uç narsa sifatida qaraş.
Har qanday tizim — bu materiya+jarayon+energiya.
Germaniya uçun:
materiya — zavodlar, yöllar, odamlar, şuningdek, bolalar boğçalari, maktablar va ilmiy institutlar.
jarayon — işlab çiqariş, eksport, migratsiya, taʼlim.
energiya — byudjet, qonunlar, fuqarolarning işonçi.
Merkel heç qaçon faqat bitta narsaga berilmasdi. Boşqa kanslerlar yöl quriş (materiya) yoki vatanparvarlik haqida baqiriş (energiya) bilan maşğul bölganda, u uçala rasmni bir vaqtning özida saqlardi.
Ikkinçi qadam: iyerarxik poğonalarga ajratiş va ular içida kvaziobʼyektlarni köriş.
Mening nazarimda, yuqori iyerarxik poğonadan pastki iyerarxik poğonaga sakrab ötib bölmaydi. Aniq narvon bölişi kerak. Merkel bu narvonni quyidagiça körardi:
1-iyerarxik poğona — Yevroittifoq içidagi Germaniya, uning kvaziobʼyektlari;
2-iyerarxik poğona — 16 federal yer (har birining öz byudjeti), uning kvaziobʼyektlari;
3-iyerarxik poğona — tarmoqlar va oilaviy biznes (Mittelstand), uning kvaziobʼyektlari;
4-iyerarxik poğona — alohida korxonalar, zavodlar (“Volkswagen”, “Siemens”), uning kvaziobʼyektlari;
5-iyerarxik poğona — kadrlarni, inson kapitalini tayyorlovçi “materiya” — yaʼni bolalar boğçalari, maktablar, kollejlar, universitetlar va ilmiy, maʼnaviy, diniy va boşqa taşkilotlar, uning kvaziobʼyektlari;
6-iyerarxik poğona — çaqaloqdan boşlab yetuk mutaxassisgaça, kadrgaça yetib boradigan va umuman, mehnat qilayotgan inson.
Uçinçi qadam: har bir iyerarxik poğona va uning kvaziobʼyektlari uçun — öz “kiriş” va “çiqiş” parametrlari bor. Merkel har bir daraja böyiça hisobot berilişini talab qilgan.
Jumladan, 6-iyerarxik poğona uçun çiqiş parametrlari: eng kuçli bilağon yoş avlod, asosiy nuqta — inson manfaati.
— Sizning metodingizda inson kapitalini tayyorlovçi “materiya” — yaʼni bolalar boğçalari, maktablar, kollejlar, universitetlar va ilmiy institutlar alohida örin tutadi. Merkel bu masalada qanday yöl tutgan?
— Bu juda muhim savol. Iyerarxik poğonada 5-joyda. Merkel fizik olim sifatida, bolalar boğçasi ham zavod kabi mamlakat materialining bir elementi ekanini tuşungan. Faqat zavod detallar işlab çiqaradi, bolalar boğçasi esa kelajakda şu zavodda işlaydigan insonni tayyorlaydi. Şuning uçun uning davrida Germaniyada taʼlim va fan infratuzilmasiga tegişli heç qanday obʼyekt tejamkorlik sababli yopilmadi.
Keling, bu materiyaning kölamini tasavvur qilaylik. Merkel kansler bölgan 2005 yildan boşlab 2021 yilga kelib, Germaniyada quyidagi tizim faoliyat körsatardi (bu yerda raqamlar özgaçaroq gapiradi):
Maktabgaça taʼlim: 55 000 ga yaqin bolalar boğçasi, ular 3-6 yoşli bolalarning 95 foizini qamrab, maktabga tayyorligini taʼminlagan.
Boşlanğiç maktablar: 16 000 maktabda 100 foiz bolalar öqiş, yoziş va hisoblaşni özlaştirgan.
Örta maktablar: 6 000 “Hauptschule” (kasb-hunarga tayyorlov, öquvçilarning 20 foizi), 5 000 “Realschule” (örta texnik taʼlimga tayyorlov, 40 foiz) va 3200 gimnaziya (universitetga tayyorlov, 35 foiz) orqali öquvçilarning taqriban 95 foizi aniq trayektoriya böyiça yönaltirilgan. Öqituvçi oyligi örtaça oylikdan 1,9 marotaba köp darajada.
Kasb-hunar taʼlimi: 2 500 kasb-hunar bilim yurti va 430 000 korxona iştirokidagi dual tizim har yili 500 000 dan ziyod sertifikatlangan mutaxassis tayyorlagan.
Oliy taʼlim: 120 ta klassik universitetda 1,8 mln talaba tahsil olib, yiliga 40 000 nafar fan doktori (Dr) tayyorlangan. Şuningdek, 250 ta amaliy fanlar universiteti (“Fachhochschule”)da 100 000 dan ortiq amaliyotçi injener-işlab çiqaruvçilari bitirgan.
Ilmiy tadqiqot institutlari: 86 ta “Max-Planck” (fundamental fan), 75 ta “Fraunhofer” (amaliy tadqiqotlar, har bir yevro davlat mablaği 6-8 yevro iqtisodiy foyda keltirgan), 19 ta “Helmholtz” (yirik qurilmalar: tezlaştirgiçlar, teleskoplar) va 96 ta “Leibniz” (fanlararo) institutlari. Ularning umumiy byudjeti milliardlab yevroni taşkil etgan.
Texnologik parklar: 50 ga yaqin texnopark (masalan, Berlindagi “Adlershof” — 1200 kompaniya, 25 000 iş örni) transfer texnologiyalar va startaplarni inkubatsiya qilgan.
Merkel bu materiyani eʼtibordan çetda qoldirmadi, u çindan ham injenerça fikrlardi: agar siz 10-15 yildan keyin zavodlarda işlaydigan malakali kadrlarga ega bölmoqçi bölsangiz, butun bolalar boğçasi, maktab va ilmiy institutlar tizimini işlatişingiz kerak. Bu yerda “kiriş” — davlat va xalq mablaği va standartlar, “çiqiş” — milliy iqtisodiyotni harakatga keltiradigan innovator va mutaxassislardir.
U bolalar boğçasidan tortib, ilmiy institutlargaça bölgan butun taʼlim zanjirini mamlakatning “nevidimoy materiyasi” — yaʼni közga körinmas, lekin hal qiluvçi materiyasi sifatida qaradi. Çunki aynan şu materiya kasb-hunar maktabi, universitet yoki texnologik park orqali iqtisodiyotga harakat beruvçi “inson kapitali”ni işlab çiqaradi. Buni tuşunmagan har qanday industrial loyiha ön yil içida qurib qoladi.
2012 yildan 2019 yilgaça Germaniya yangi qarzlarsiz yaşadi. Daromadlar xarajatlardan oşdi. 2018 yilda profitsit YAIMning 1,9 foiziga yetdi. Bu Yevropaning eng yirik iqtisodiyoti uçun deyarli fantastika.
Törtinçi qadam: pastdan yuqoriga modellaştiriş, yuqoridan pastga emas!
Köpçilik siyosatçilar avval balandparvoz qaror çiqaradi (1-iyerarxik poğona), keyin uni joylarga “tuşiriş”ga urinadi. Merkel teskarisini qilgan. Misol — Fukusimadan keyin atom energiyasidan voz keçiş (2011).
U “hammasini yopamiz!” demadi. U past poğonadan yuqoriga qarab fikrladi: eng avval reaktor içida nima bölyapti, qanday yangi tiklanuvçi energiya va boşqa işlanmalar bor, elektr narxiga, işlab çiqariş sanoatiga qanday taʼsir qiladi, AES turgan yerlar, Fransiya (u yerda 70 foiz atom energiyasi) bilan munosabatlarni közdan keçirdi. Va faqat şundan keyin 2022 yilgaça bosqiçma-bosqiç yopişni eʼlon qildi. Grafik saqlandi. Tizim qulamadi. Qayta tiklanuvçi energiya uluşi 18 foizdan (2005) 52 foizgaça (2023) ösdi.
Beşinçi qadam: hamma narsani kompleks modelga yiğiş.
Merkelning törtta asosiy körsatkiçi bor edi, u heç qaçon ularni közdan oğdirmasdi. 2005 yilga nisbatan 2021 yilga kelib:
jon boşiga YAIM (XS) 32 314 dollardan 62 531 dollarga ösdi;
işsizlik 11 foizdan 3,6 foizga tuşdi;
byudjet defitsiti — 3,3 foizdan 2010-yillarda örtaça plyus 0,9 foizga kötarildi (profitsit);
“yaşil” energiya uluşi 18 foizdan 45 foizga yetdi.
Odatda, bu narsalar bir-biriga zid keladi. Iqtisodiy ösiş qarzlarni orttiradi. Ekologiya sanoatga zarba beradi. Merkel: agar tizim töğri sozlangan bölsa, hammasini bir vaqtning özida bajariş mumkinligini isbotladi.
Oltinçi qadam: buzib taşlamasdan optimallaştiriş.
Mening nazarimda, optimallaştiriş — bu “birorta narsani imkon qadar köproq qiliş” emas. Bu muvozanatni topiş. Merkel nopopulyar Xars islohotlariga (2003-2005) tegmadi, garçi bu unga ovozlarni olişda qimmatga tuşgan bölsa ham. U tuşundi: egiluvçan mehnat bozori — bu “kiriş”, u barqaror “çiqiş” (past işsizlik) beradi. U “qarz tormozi”ni joriy qildi (tarkibiy defitsit YAIMning 0,35 foizidan oşmaydi) — bu buğ qozonidagi himoya klapani kabi. Zerikarli. Qahramonlik emas. Ammo tizim ön yillar davomida işlaydi.
Özi gapirayotgan raqamlar:
eksport 2005 yilgi 786 mlrd yevrodan 2021 yilda 1 378 mlrd yevro — plyus 75 foiz;
davlat qarzi uçta inqirozga qaramay, YAIMning 68 foizi atrofida bir xil darajada qoldi;
aholi bandligi 45 mln kişidan oşdi (tarixiy maksimum);
CO2 çiqindilari iqtisodiyot ösişi bilan birga 845 mln tonnadan 762 mln tonnaga — minus 10 foiz kamaydi.
Qiziq tomoni, bu obʼyektlarning barçasi bir-biri bilan boğlangan. Agar maktab sifatli “çiqiş” bermasa, universitet “kiriş” tanqisligini boşlaydi. Agar ilmiy institutlar yangi bilimlarni “çiqariş”ni töxtatsa, texnologik parklarda (masalan, “Adlershof”da 1200 kompaniya 25 000 kişini iş bilan taʼminlagan) heç qanday startap bölmaydi. Merkel bu zanjirni bilardi va heç qaçon taʼlimga tejamagan.
— Merkel nima qilmadi (va bu ham tizimli tafakkurmi)?
— U tezkor möʼjizalarni vaʼda qilmadi. Unda balandparvoz şiorlar yöq edi. “Asrning buyuk qurilişi” yoki “Kutilmagan sakraş” degan gaplar bölmadi. U iyerarxik poğonalardan sakrab ötmadi. 2015 yilda Germaniyaga deyarli bir million qoçqin kelganda, u muammoni yeçiş uçun “barça nemislar migrantlarni sevişi kerak” demadi yoki “çegaralarni zudlik bilan yopiş” darajasida hal qilişga urinmadi. U yerlar (2-iyerarxik poğona), munitsipalitetlar (3-iyerarxik poğona), iş bera oladigan korxonalar (4-iyerarxik poğona) bilan işladi. Qiyin böldi, xatolar böldi, ammo tizim çidadi. U iqtisodiyotni qizdirib yubormadi. Merkel davrida Germaniya Xitoy yoki AQŞdan sekinroq ösdi. Lekin bu ösiş barqaror edi. U ketganidan keyin tizim qulamadi.
Angela Merkel hukumati bunday yondaşuvning amaldagi eng yorqin namunasidir.
— Domla, qiziqarli suhbatingiz va jiddiy, yaʼni tizimli fikrlaşga daʼvat qiladigan mulohazalaringiz uçun katta rahmat. Mamlakatimizning barça sohalarida tizimli fikrlaşni egallagan layoqatli mutaxassislar bor, albatta. Şular qatorida öşa Germaniyada oxirgi 30 yilda öqib va işlab, keyinçalik Prezidentimizning 2019 yil yanvar oyida Germaniyaga qilgan safarlari paytida Germaniyadagi özbek yigit-qizlarini Berlindagi Özbekiston elçixonasiga yiğib, ular bilan bölgan suhbat va daʼvatlaridan keyin yurtimizga yuqori malakalar bilan qaytib kelayotgan yuzlab yurtdoşlarimiz borki, ular turli vazifalarda nemisça tizimli tafakkur, haqiqiy professional bilim va tajribalarni endi özbek korxona va taʼlim muassasalarida joriy qilişmoqda. Bunday noyob mutaxassislarga kerakli şart-şaroitlar yaratilsa, Özbekistonda Prezidentimiz öylaganlariday natijalar paydo bölişi muqarrar. Oxirgi xulosam şuki, professor Artikov taklif qilayotgan tizimli tafakkur dasturini barça sohalarda joriy qiliş uçun amaliy seminar maşğulotlarini taşkil qiliş lozim. Bunday tafakkur biz maqsad qilib qöygan UÇINÇI RENESSANS poydevorini bunyod etişda muhim ahamiyatga ega bölişi mumkin.
Suhbatdoş: Xurram RAHIMOV.
