Bolalarni kim himoya qiladi?

Raqamli makonda bolalar xavfsizligini taʼminlaşda OAV masʼuliyati va sohadagi amaliy muammolar muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va mediasavodxonlik haqida köp gapirilayotgan bugungi davrda bolalarning axborot xavfsizligini taʼminlaş masalasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Biroq bu boradagi tarğibot va amaliyot har doim ham bir-biriga mos kelavermaydi. Ayniqsa, bolalarni zararli axborotlardan himoya qiliş mavzusiga bağişlangan tadbirlarning özida ham axborot mahsulotlarini yoşga oid tasniflaş va markirovkalaş talablariga amal qilinişi zarur.

Zero, xavfsiz axborot muhiti haqida faqat gapirişning özi yetarli emas, uni amalda taʼminlaş ham muhimdir. Şu nuqtai nazardan, Özbekiston Milliy kutubxonasida taşkil etilgan “Raqamli davrda bolalarning axborot xavfsizligi: OAV masʼuliyati, kiberhimoya va etik mezonlar” mavzusidagi öquv kursi bolalar manfaatlarini himoya qiliş hamda media masʼuliyatini kuçaytiriş masalalarini keng muhokama maydoniga aylantirdi.

2026 yil 23-25 iyun kunlari Toşkent şahridagi Özbekiston Milliy kutubxonasida Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (“Özkomnazorat”) tomonidan uşbu mavzuda maxsus öquv kursi taşkil etildi.

Tadbirning oçiliş marosimida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boşliği Farrux Rustamov, Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri örinbosari Farhod Boqiyev, Inspeksiya boşliği maslahatçisi Asadjon Xodjayev, Bolalar ombudsmani sektori mudiri Sattor Rahmatov, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti prorektori, professor Nozima Muratova, Özbekiston Milliy media birlaşmasi boşqaruvi raisi örinbosari Rahmatjon Umarov hamda Özbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teşaboyeva sözga çiqdilar. Ular bolalar uçun xavfsiz axborot muhitini yaratiş, ommaviy axborot vositalarining masʼuliyati va zararli kontentning oldini oliş böyiça öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Soha mutasaddilari va ekspertlar raqamli makonda bolalar xavfsizligini taʼminlaş masalalariga alohida töxtaldilar. Taʼkidlanganidek, bugungi kunda internet bolalar uçun taʼlim va muloqot imkoniyatlarini kengaytirgan bölsa-da, ularni kiberbulling, manipulyativ axborotlar, yolğon xabarlar, noqonuniy reklama hamda sunʼiy intellekt asosida yaratilayotgan “deepfake” materiallari kabi xavflarga ham duçor qilmoqda.

Uç kun davom etgan treningda respublikaning turli hududlaridan kelgan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va soha mutaxassislari iştirok etdi. Tadbir bolalarni zararli axborotlardan himoya qiliş, xavfsiz axborot muhitini şakllantiriş hamda axborot mahsulotlarini yoşga oid tasniflaş böyiça amaliy könikmalarni mustahkamlaşga qaratildi.

Öquv kursida keltirilgan maʼlumotlarga köra, YUNISEF  hisob-kitoblariga asosan dunyo böylab har kuni 175 mingdan ortiq bola ilk bor internetdan foydalanişni boşlamoqda. Şuningdek, jami internet foydalanuvçilarining qariyb uçdan bir qismini bolalar taşkil etişi alohida taʼkidlandi.

Tadbir davomida Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan olib borilgan monitoring natijalari ham maʼlum qilindi. Unga köra, 2026 yilning birinçi çoragida milliy axborot makonida jami 1068 ta qonunbuziliş holati aniqlangan. Şundan 636 tasi bolalarni zararli axborotlardan himoya qilişga oid talablar bilan boğliq. Bunday qonunbuzilişlarning salmoqli qismi internet naşrlari, televideniye va radiokanallar faoliyatida kuzatilgan.

Trening davomida iştirokçilar bolalar uçun xavfli mediakontentni aniqlaş, jurnalistik etika, faktçeking (faktlarni tekşiriş), vizual materiallarni verifikatsiya qiliş, sunʼiy intellektning axborot makoniga taʼsiri, dipfeyk va manipulyativ kontentlarni aniqlaş usullari böyiça nazariy hamda amaliy bilimlarga ega böldilar. Şuningdek, bolalar iştirokidagi materiallarni yoritişda “zarar yetkazmaslik” tamoyili, internet xavfsizligi va kiberhimoya masalalari ham keng muhokama qilindi.

Mutaxassislar bolalarni zararli axborotlardan himoya qilişda davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, blogerlar, pedagoglar va ota-onalarning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etişini qayd etdilar. Tadbir yakunida iştirokçilarga sertifikatlar topşirildi hamda bolalar uçun xavfsiz axborot muhitini yaratiş böyiça tavsiyalar işlab çiqildi.

Farangiz ABRUYEVA,

“Hurriyat” muxbiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan