Hayotim mazmuni

Dunyoda kasblar köp. Ahamiyatlisi, har birining öziga yaraşa zavqi-yu mehnat maşaqqatlari bisyor. Albatta, bu haqda har kim ham hamma vaqt gapiravermaydi. Binobarin, Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri Erkin Vohidov taʼkidlaganidek, ”Özing töğringda gapirişdek qiyin narsa yöq”.

Bugun esa 27 iyun — Matbuot va ­ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni, yaʼni hamişa har yerda hozir, har narsadan xabardor, tezkor soha vakillarining kasb bayrami. Demak, bu gal istaymizmi-yöqmi, öz sohamiz va özimiz haqimizda gapirişga töğri keladi.

Jurnalistika — hamişa xalq bilan hamnafas, serqirraligi bilan ajralib turadi. U kirib bormagan soha, yoritmaydigan mavzu, yönalişning özi yöq. Tibbiyot, taʼlim, quriliş, qişloq xöjaligi deysizmi, barça-barçasini qamrab oladi. Albatta, buning uçun xoh bosma naşr, xoh radio, televideniye, axborot xizmati yoki internet jurnalistikasi bölsin, har biri haqidagi zarur maʼlumotlarni biliş ğoyatda muhim. Çunki jurnalistikada, avvalo, iqtidor va kerakli maʼlumotlarga ega bölmasdan yaxşi material tayyorlaş muşkul. Şuningdek, söz qudrati orqali odamlar qalbi zabt etiladi, hatto katta muammolar ham yeçim topadi.

Jurnalistika — maşaqqatli va zavqli hayot yöli. Bu keng jamoatçilikka matbuot orqali taqdim qilinadigan materiallarni tayyorlaş jarayonlarida yorqin aks etadi. Jurnalist hamişa xalq bilan birga. U hamişa davlat va xalq uçun xolis xizmatda. Haqiqatdan sözlovçi közgu. Aslida, jurnalistda vaqt çegaralanmagan. Asosiy iş jarayonlari uzoq-yaqin manzillar-u turli qatlamlardagi insonlar bilan muloqotda keçadi. Omma eʼtiboriga havola etadigan yangi mahsuloti uçun issiq-sovuq demay masalliq, yaʼni maʼlumot yiğadi, kezi kelsa, özini unutib qöyadi. Hatto tuşlik uçun vaqtini qizğanadi, köpinça uydagi dam oliş soatlarida ham maqola, matn yoziş bilan band böladi. Yozganlari, tayyorlaganlari muharrirdan ötib, ommaga yetib, yaxşi fikr eşitmagunça xotirjam böla olmaydi. Ehhe, butun faoliyati davomida bu hol neça marotaba takrorlanmaydi deysiz! Boşdan ötadigan şunça kuçli hayajon, ruhiy zöriqişlarni-ku aytmasa ham böladi. Ammo ertalab jismi-joni toliqib, közlari uyqusizlikdan qizarsa-da, özini bardam tutib, yana işga oşiqadi. Çarçoqni unutib, yozganlari muharrir tahriridan ötiş-ötmasligi, muxlislarga manzur böliş-bölmasligi haqida qayğuradi. Materiali bosma matbuot yoki radio-televideniyeda eʼlon qilinsa va bu haqda kimdir iliq munosabat bildirsagina özini yengil his etadi. Çarçoqlarni bir zumda unutib, göyo dunyodagi eng baxtli insonlardan biriga aylanadi. Baʼzan esa buning aksi ham bölişi mumkin. Yaʼni kutilmaganda maşaqqatli mehnatlar samarasi hisoblangan jurnalistik mahsulot haqida kimdandir salbiy fikrlar eşitişi mumkin. Biroq tanqiddan töğri xulosa çiqariş tajribani yanada oşiradi. Aslida, bularning barçasi jurnalistning bir kuni, bitta materiali eʼlon qilinişigaça bölgan jarayonning qisqagina körinişi, xolos.

Jurnalistika — ayrim yoşlar faqat qiziqarliligi uçun havas qiladigan yoki baʼzi birovlar oson deb öylagan şunçaki soha emas. Aksinça, avvalo, iqtidor va fidoyilik talab etadigan eng maşaqqatli, eng masʼuliyatli kasbdir. Matbuot — ijod maydoni, jurnalist — ijodkor va izlanuvçan şaxs. Undan hamişa yangilik kutiladi. U tahlil qiladi, tadqiq etadi, şarhlaydi, fikrlaşga undaydi, dunyoqaraşlarni şakllantiradi, yönaltiradi, zavq-şavq bağişlaydi. Bu esa çinakam baxt. Men bugun qariyb 35 yillik faoliyatim davomida bularning barini bir emas, bir neça yuz, balki, ming marotaba his ettirgan jurnalistikadan çeksiz minnatdorman. Matbuot, radio va televideniyeda işlab, yaxşi ustozlar kördim, çarxlandim, çiniqdim, toblandim. Jurnalistika hayotimda uçragan oğir sinovlarni yengişimga ham katta yordam berdi. Quvonganim, jurnalistik materiallarim meni köpçilikka öz nomim bilan tanitdi, ozmi-köpmi, tajribalarim ustoz degan yuksak şarafga muyassar etdi. Oila va jamiyatda örnimni topdim. Bularning bariga şukr va barçasi uçun taşakkur, minnatdorman. Jurnalistika — fidoyilar maydoni. Bu “COVID-19” pandemiyasi davrida yana bir karra öz isbotini körsatdi. Çunki turli soha vakillari qatori köplab matbuotçilar ham öz xizmat vazifalarini sidqidildan ado etib, eng oğir nuqtalardagi jarayonlarni, vaziyatni batafsil yoritişda faollik namunalarini körsatişdi. Xalqqa madad bölişdi, uning birdamligini, davlat siyosati va ğamxörligini yorqin ifoda etişdi. Xavfli kasallikka qarşi kuraşişda va uni yengişda munosib hissa qöşişdi.

Ne baxtki, kasbim jurnalist va albatta, bundan hamişa mamnunman. Toki hayotdaman, bu kasbga bölgan mehrim va sadoqatim meni aslo tark etmaydi. Zero, jurnalistika allaqaçon hayotimning bir bölagiga aylangan taqdirim. Şu bois kasbimdan faxrlanaman. Kasbim — iftixorim! Fursatdan foydalanib, barça ustozlar va hamkasblarimizni kasb bayramimiz bilan tabriklayman. Şarafli va maşaqqatli faoliyatlarida kuç-quvvat, ijodiy parvozlar tilayman.

Şahzoda AKBAROVA,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan