Baxt manzili
Uluğ yoşlarga yetib, keksalik gaştini suriş çinakam hayot saodati, oila va jamiyat uçun ulkan baxt sanaladi. Bu yoş insonning hayotiy tajribasi, donoligi va yaqinlariga bergan mehri bilan qadrlanadigan oltin davri sanaladi. Ana şunday fayzli va barakali umr sohibalaridan biri — bugungi kunda muborak 78 yoşni qarşi olgan qöştepalik onaxon Maxfiratxon aya Möminovadir.
Maxfiratxon aya butun umrini halol mehnat, yuksak sabr-toqat va şukronalik bilan ötkazgan ayoldir. Turmuş örtoği Saydullo hoji ota bilan yelkama-yelka turib, hayotning turli sinovlarini matonat bilan yengib ötdilar. Ularning mehr-muhabbat va özaro hurmatga asoslangan oilasi bugun köpçilik uçun haqiqiy ibrat maktabidir.
Bu yil ularning turmuş qurganlariga 60 yil töldi. Oltmiş yillik qutluğ umr yöli davomida ular 7 nafar farzandni mehnatsevar, halol, va elga nafi tegadigan insonlar etib voyaga yetkazdilar. Bugun farzandlarning baxtidan quvonib, 27 nafar nabira va 8 nafar çevaraning mehriga sazovor bobo va buvi sifatida hayot gaştini surmoqdalar.
Otaxon va onaxonning xonadonlaridan baraka, ahillik va mehr-muhabbat arimaydi. Yoşlarga mehnatsevarlik, sabr-toqat, kattaga hurmat, kiçikka izzat kabi milliy qadriyatlarni uqtirib kelayotgan bu fayzli oila mahalla ahlining ham yuksak hurmatiga sazovordir.
– Allohga şukur, şu uluğ yoşlarga yetdik. Hayotimizda oson kunlar ham, qiyin, sinovli kunlar ham böldi. Lekin hamişa sabr qildik va bir-birimizni hurmat qildik. Halol mehnatdan çekinmadik. Şuning uçun ham bugun hayotimizda baxt va quvonç, xotirjamlik mujassam bölib turibdi, – dedi Maxfirat aya biz bilan suhbatda.
“Uzoq umr körişning siri nimada?” deb söragan savolimizga onaxon tabassum ila: “Uzoq umr körişning siri, menimça, köngilni pok tutişda, mehnatdan qoçmaslikda, rizqqa şukur qilişda va odamlarga doimo yaxşilik qilib yaşaşdadir”, deya javob berdilar.
– Bilasizmi, mening eng baxtli damlarim qaysi onlarda? Uyimizga farzandlarim, nabiralarim va şirindan-şakar çevaralarim jamuljam bölgan vaqtdadir. Ularning quvnoq ovozi, kulgisi butun xonadonimizni fayzga, nurga töldiradi. Ularga qarab, butun umrim behuda ketmaganini his qilaman. Men uçun eng katta davlat ham, eng katta boylik ham şu farzandlarimning mehri, nabira va çevaralarimning baxtidir.
Darhaqiqat, Maxfirat ayaning fayzli xonadonidan qaytar ekanmiz, ular bilan keçgan samimiy suhbatdan beixtiyor çuqur xulosalar çiqaramiz. Insonning qadri umrining qança davom etgani bilan emas, balki uni qanday mazmun bilan yaşagani, el-yurtga, oilasiga va farzandlariga qanday ezgu meros qoldirgani bilan ölçanadi. Bugungi qahramonimiz kabi insonlar hayoti nafaqat bir oila, balki butun mahalla va jamiyat uçun ham ibrat maktabi bölib qolaveradi.
Fotima MANSUROVA.
