Bukilmas iroda surati
…Öqituvçi şogirdlariga irodaning suratini çizib kelişni buyurdi. Kimdir dovulga bardoş berib, qulamayotgan daraxtni, boşqasi tölqin bilan kuraşayotgan kemani, birovi qoyani teşib çiqqan tomirni va özgasi esa yana boşqa hayot zarbiga doş berayotgan manzaralarni qoğozga tuşirdi. Lekin heç kim… uni eslamadi. Holbuki, mana, qariyb yarim asrdirki, taqdir unga yuklagan sinovni kötarib, hamma qatori şikoyatsiz yaşab kelyapti. Agar uni yaqindan bilganlarida, mavzuni uzoqdan izlab ötirmagan bölişardi.
Ha, Safarali Boqiyev özi kutmagan va mutlaqo istamagan holda şunday qiyinçiliklarga duç keldiki, ulardan omon çiqiş irodani çinakamiga çiğiriqdan ötkazdi, faqat matonat bilan hammasiga çidab, bir daqiqa ham umidini söndirmay, kuraşib yaşadi. Uning saʼy-harakatlari baʼzan taqdirdan qasos olişga ham öxşab ketadi. Bemavrid xazon bölgan orzular, yayrab yaşayman degan iştiyoqning barbod bölişi, muvaffaqiyatlar, şodliklar örniga oylab şifoxonalarda davolaniş, ketma-ket jarrohlik amaliyotlari va… oxirida vujudni çirmab olgan tark etmas oğriqlar va nogironlik…
Taqdir uni şu xilda siyladi, ammo hammasiga çidadi, yuragidagi tölib-tölişib yaşaş iştiyoqini söndirmadi. Safga qaytdi, sevgan kasbida muvaffaqiyatli faoliyat olib bordi, hatto heç kimdan kam emasligini amalda isbotlab, uzoq yillar rahbarlik maqomiga ham erişdi. Hamma ham qiziqavermaydigan, eʼtibor beravermaydigan bir zamondoşimizning umr daftaridagi baʼzi yozuvlar şundan iborat.
…Öşa kun — 1977 yil 16 dekabr heç esidan çiqmaydi. Darsni şoşilmay tugatdi. Garçi qiş kuni, buning ustiga, qor yoğa boşlagan, yöl ança yiroq bölsa ham sinfxonadan vazmin çiqdi, xuddi nimadir ortida qolib ketayotgandek böldi. Taşqarida esa boşlangan qor tezlaşayotgan, sovuq havo issiq makonni esga solardi. Netongki, şu kun Kasbi tumanidagi Denov qişloğidan Toşqörğonga — ota makonga yetib oliş taşvişi qurşab oldi. Taqdir, qismat deganlari şu bölsa kerak. Ikki ğildirakli mototsiklini ehtiyot bölib boşqarib, yigirma çaqirimlar yölni ortda qoldirdi. Manzili ham nazarga ilinib, oppoq uylar tuman orasida közga taşlana boşladi. Yölda qatnov siyrak, onda-sonda çöldagi qurilişlarga yuk ortgan oğir maşinalar guvillab ötib qoladi, ularning şamolida ninaçidekkina mototsikl tebranib ham oladi. Qişloqqa qayrilişga yaqinlaşgan paytda orqadan oğir yuk maşinasining guvillaşi eşitildi, hadiksirab, rulni mahkamroq uşladi, iloji boriça yöl çetiga özini oldi. Ammo, afsuski, kutilmagan falokat şu lahzalarda sodir böldi, orqadan qattiq zarb tegdi va yöl çetiga uçib ketdi. Hali huşi öziga kelmay, turmoqçi bölgan edi, öng oyoği öziga böysunmadi, buning ustiga, yuqori boldiridan bir oq narsa şimni teşib çiqqan, qon siza boşlagan va vujudiga oğriq tarqalayotgan edi. Qonning kölmak suvga oqib tuşganini kördi-yu, huşini yöqotdi.
U şu holda bir soatdan köp yöl çetida qolib ketdi. Maşinalar ötib turar, töntarilib yotgan odamga ham, qiyşayib qolgan mototsiklga ham parvo qilişmasdi. Keyin aytişdiki, kimlardir töxtagan ham, kelib qaragan, lekin biror kömak körsatmagan (albatta, keyingi çaqiruv-suriştiruvlardan qoçgan…). Faqat qöşni qişloqlik Qahramon ötaverib töxtagan, tanib, uyidagilarga xabar bergan. Ahvol maʼlum, muallimni tezda tuman markaziga yetkazganlar. Şifokorlar vaziyat bilan tanişgaç, oyoqni kesib taşlaşga tutinganlar (boldir suyagi uzilib ketgan, sonni teşib çiqqan edi), ammo elektr bölmaganligidan, mulohaza qilib turganlar. Şunda kimdir şoşilmaslik, tezda issiq qon quyişni, agar huşiga kelsa, palataga olişni taklif qilgan. Bu paytda gap qişloqqa tarqalgan, qarindoşlar yiğilib kelgan edi. Hamma qon bergan. Birozdan keyin bemor huşiga kelib, ingragan ovoz çiqargan…
Şu bilan Safaralining kasalxona yotoqlari böylab uzoq safari boşlangan. Boşida otasi Umrzoq amaki posbon, bir lahza mijja qoqmay, dilbandiga girgitton.
— Otamning matonatiga qoyil qolganman, — dedi Safarali suhbatimiz davomida, — yillar davomida zarra oğrinmay, menga taskin berib, desam ham böladi, xizmat qildilar.
Bemor huşiga kelgaç, amaliyotga tayyorlaşdi. Bölim boşliği Ahmad Qurbonov rahbarligida murakkab jarayonni amalga oşirişdi. Hozirça muammo oyoqda, öng qöl ham qimirlamas, içdan kuçli oğriq bor edi. Muolajalar davom etdi. Karavotda osmonga termilib, uç oydan köp yotdi, nihoyat, uyga ketişga javob tegdi. Biroq tuman ahli donişlarining saʼy-harakatlari behuda ketgan, suyaklar bir-biriga tegmagan ekan. Muttasil jon oluvçi oğriq esa aslo tinmasdi. Yana muolajani davom ettiriş zarurat edi. Gap nimadaligini sezgan bölim boşliğining özi katta döxtirlarga olib bordi.
Endi Qaşqadaryo viloyat travmatologiya şifoxonasiga yöl tuşdi. Öşanda keyinçalik respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy tekşiriş institutiga direktor bölgan Toştemir Öngboyev şu muassasada rahbar edi. Barça tahlillar qilindi, maslahatlaşildi, çamasi, bu gal amaliyot olti soat davom etdi. Beldan pasti butunlay gipsda, qöl yelkaga osilgan, boşqarilmaydi. Baribir şifokorlarga rahmat, qarab ötirişgani yöq, qöldan kelganini qilişdi. Ammo “yöqqa qalam yurmaydi”, deganlaridek, ilm ham ojiz qoladigan paytlar böladi. Qölni ham tekşirib körişdi, uni boşqaradigan nerv tomiri yo uzilib ketgan, yo qisilib qolgan, degan xulosaga kelindi. Bunday amaliyotni bajariş esa öta murakkab hisoblanardi.
Qarşi şahridagi viloyat kasalxonasida ham olti oy ötdi. Bemor har galgidek soğayib ketişga umid bilan bardam, ota esa keçayu kunduz parvona. Hamma taşvişlarga şifokorlar şerik. Yana bir muammo şunda paydo bölgan ediki, uzoq vaqt gipsda saqlangaç, öng oyoq tizzasi qotib, buklanmaydigan bölib qolgandi. Lekin tik turib, yuriş imkoni paydo bölgan, şuning özi ham katta yutuq edi. Axir töşakka mixlanib qoliş ham heç gap emas-da… Otaning ruhi tetik, damodam: “Öğlim, Yaratgan sevgan qullariga dard berar ekan. Bu ham bir sinov, hammasi ötib ketadi”, deyişdan çarçamaydi. Ota bunday deb turgaç, öğil ham dardini içiga yutadi, oğriqlarini unutadi. Uning xiragina jilmayişi ham otaga mador bölib qolgan…
Uyga javob tekkaç, uç-tört oy ötib, tabobat allomalari qöl muammosi ustida öylay boşlaşdi va Moskvaga, öşa kunlar taʼrifi bilan aytganda “dunyodagi eng kuçli ilm-fan markazi”ga borib davolaniş maslahatini qilişdi. Ota, qarindoşlar farzandi uçun hamma narsaga tayyor edi. Yana bir omadli tarafi — ayni kunlarda Toştemir Öngboyev doktorlik dissertatsiyasi ustida tadqiqot olib borayotgan, u yoqda tanişlari bor ekan. Barça taşkiliy işlarni örinlatib, yölga tuşişdi. Moskvani eşitganlar bor, lekin körganlar topilmadi, toğa va poçça hamrohligida samolyotga ötirib, tavakkaliga azim şaharga yöl olişdi.
Bu yoqdan qattiq tayinlaşgan ekan. Domodedovoda davolovçi vraç Aleksandr Ivanoviç Protsenkoning özi kutib oldi. Eng katta muammo — “serquyoş Özbekiston”dan olib borilgan “mayda-çuyda”larni olmayman, deb turib olgani böldi. Heç joyni körmagan, tartiblarini bilmaydigan odamlar uçun şaharda sovğalar — “olma-tut mayiz” ham daxmaza böldi: qayerga qöyişadi? Döxtirning uyiga olib borib, eşigi tagiga taşlab kelişdi. Insof qilsa, olgandir. Til bilmaslik esa ikkinçi daxmaza edi. Taksida ketayotganlarida vraç sigaret çiqarib, nimadir dedi. Toğa “net” dedi. Mezbon muztar bölib qoldi. Holbuki, u çekişga ruxsat söragan, bular çekiş taklif qilyapti, deb tuşungan…
Safarali ham til bilmaslik muammosini öksinib takrorlaydi. “Hammayoq örisça, bizni maktabda öqitişmagan deyarli. Keyin ham işim tuşmagan bu tilga, juda-juda qiyin bölgan”. Xayriyat, yaxşi odamlar hamma joyda bor, qöşni karavotdagi bemor (ukrain edi, çamasi) yordamga keldi, sözlarni hijjalab örgata boşladi. Hujjatlar vazirlik orqali rasmiylaştirilib, ixtisoslaşgan 7-klinikaga joylaştirişdi va tezda amaliyotga tayyorlaşdi. Albatta, muammolar oyoqni bukiş va qölni işlatiş edi. Mutaxassislar yaxşi biladi, organizmdagi harakat körinmas iplar bilan boş miyaga tutaşgan va şu yerdan boşqariladi. Qölga ulangan tola şikastlangani aniqlanib, jarrohlik amaliyotiga kirişiladi. Bu jarayon quloqning orqasi va yelka oraliğida mikroskop ostida olib boriladi.
— Amaliyot boşlanmasdan oldin qarasam, zal töla oq xalatli odamlar. Bunaqa jarayon kam uçrar, operatsiya jami talabalar, tadqiqotçilar köz oldida olib borilyapti ekan, — deydi S.Boqiyev öşa tahlikali damlarni eslab.
Bu lahzalar ham insonga berilgan umrning bir parçasi, ularni eslamaslik mumkin emas. Taqdir kişini nima sinoatlarga röpara qilmaydi?
Elektron mikroskoplar, eng sönggi tabobat uskunalari yordamida ötgan amaliyot yetti soat davom etadi. Bemor kuçli narkoz taʼsirida ikki sutka behuş yotadi.
— Közimni oçsam, boşimning ustida tabobat hamşirasi turibdi. “Ikki keçayu kunduz mijja qoqmay ötirdi”, deyişdi hamrohlarim. Şunday parvona böladi, huşimga kelganimga şunday xursand… Mana, insonning bir-biriga mehribonçiligi…
Qöl şifosi bilan muqobil tizzani bukiş amaliyoti ham olib borildi. Unga Yelizarov uskunasi örnatilib, muolajalar bilan birga asta-asta bukiş maşqi qilinadi, tizzani bukiş uçun köndalang örnatilgan boltni buraydigan kalit topşirib qöyişgan. Bir kuni qattiqroq burab yuborgan ekanmi, tuni bilan kuçli oğriq berdi. Şundan keyin foydasizligi aniq bölib, uskunani olib taşlaşdi.
Moskvada ham muolaja sakkiz oy davom etdi, afsuski, özgariş bölmadi. Öng tomonda qöl qimirlamaydi, tizza bukilmaydi. Bu sinoat qarşisida tabobat ojiz ekan… Hayot esa davom etadi. Töxtab qoliş mumkin emas, bu tiriklik aravasidan tuşib qolişdek gap. Uzoq davolanişlardan keyin qişloqqa qaytib, xonadonida, qadrdonlari davrasida ança hordiq oldi. Yoş vujud (endi yigirma yoşdan ötgandi) öz imkoniyatlarini işga solib, tiklaniş jarayoni ketardi, göyo organizm çekiga tuşgan sinovlar bilan şafqatsiz kuraşardi. Şunda bekor turiş azob ustiga azob ekanini tuşundi va özini yana sevimli kasbida sinab körmoqçi böldi. Albatta, pedagogikaning öz talablari bor, birinçi navbatda muallim bolalarda iliq taassurot uyğotişi lozim. Yetti puşti umrguzaronlik qilgan qişloqda esa hamma gapni bilişardi. Şu tufayli tortinçoqlik qilmay, maktab dargohiga qadam qöydi. Dastlab kuniga bir soat dars olib kördi. Jonli hayot, bolalar bilan işlaş zavqi oğriqlarni ham, taşvişlarni ham esdan çiqarar edi. Keyin töla yuklama bilan işlaşga ötdi. Albatta, jonajon va qadrdon jamoa unga madadkor böldi, saʼy-harakatlarini qöllab-quvvatlab turdi.
— Safaralida özgaça iştiyoq bor edi, — deb eslaydi öşa yillari maktab rahbari bölgan Bolta Karimov, — avvalo, sohasi — matematika fanini yaxşi bilardi va yaxşi körardi. Öquvçilar bilan muomala qilişda katta hayotni körganligi asqatardi. Şunday iştiyoq bilan işladiki, qolganlar unga tenglaşişga intilib, bor kuçini işga solardi. Şu tarzda jamoada jöşqin va işçan muhit yuzaga keldi.
Köp ötmay, uni ilmiy bölim mudirligiga tavsiya qildilar.
— Safarali domla har jihatdan bu vazifaga arzirdilar. Talabçan, madaniyatli, issiq-sovuqni körgan odam pedagoglarning çinakam maslahatçisiga aylangan edilar, — dedi öşa yillari özbek tili va adabiyoti öqituvçisi bölib işlagan Xosiyat Uzoqova, — biz çinakam murabbiy bilan işlayotgandik…
Yillar ötib borar, har lahza ham sinov, ham zafar bilan keçardi. “Hayotdan haqimni olaman” deb ahd qilgan Safarali Boqiyev heç kimda eʼtiroz qoldirmaslikka intilardi. Umrning unga ato etgan imtihonlari evaziga bor qobiliyatini namoyiş qilişga urinardi. Şu yillarda uning faoliyatida eʼtirozli örinlar bölmagan. Uç yil davomida özini körsata olgan, işonç qozongan edi. Kasbi tumanidagi 10-örta maktab direktori Bolta Karimov tuman xalq taʼlimi bölimi (hozirgi maktab va maktabgaça taʼlim bölimi)ga işga ketiş oldidan heç ikkilanmay örniga Safaralini tavsiya etdi. U yillari maktab rahbariga taʼlim sohasidan taşqari boşqa köp taşvişlar yuklangan edi. Jumladan, maşğulotlar payti vaqt, asosan, dalada ötardi. Boşidan qattiq sinovlarni ötkazganiga qaramay, S.Boqiyev bu vazifani zimmasiga ola bildi. U maktabda matematika fanidan dars berar edi. Direktor bölgandan keyin ham öquvçilarga saboq berişda davom etdi. “Endi men rahbar böldim” deb ayrimlarga öxşab sinfxonani unutmadi.
— Havo isigandan qor tuşgunça bolalar umri dalada keçadigan şaroitda biz har doim Safarali Boqiyevni öquvçilar bilan birga körardik, — deb xotiralarini baham köradi öşa yillar ilğor brigadir sifatida dong taratgan Narzulla Rasulov, — rosti, uning matonatiga qoyil qolardik. Yurişi ança noqulay bölsa-da, paxta dalasini tark etmas, paykaldan-paykalga bolalar bilan birga şaxdam yurardi. Biron marta soğliğidan şikoyat qilgan emas…
Maktabda öquv-tarbiya işlari ham yangi poğonaga kötarildi. Öşa yillar u rahbarlik qilgan bilim maskani tumanda oliy öquv yurtlariga kiriş böyiça yetakçilardan biriga aylandi. Tuman, viloyat miqyosidagi köplab tadbirlar ötkazildi. Öz anʼanalariga ega bölgan Kasbi tumanidagi 10-maktabning obrösi yana ham yuksaldi. S.Boqiyev rahbarlik qilgan olti yil esda qoladigan davrlar böldi. Keyingi vaqtlar davomida ham rahbar örinbosari, ruhşunos sifatida samarali faoliyat körsatdi, bilim maskani hayotida faol iştirok etdi.
— Pedagog öz qismatini özi yaratadi. U birinçi navbatda insoniyatning kelajagiga masʼul ekanini unutmasligi lozim, — dedi ötgan yillarga xayolan qaytarkan, S.Boqiyev. — Töğri, hamma kasblarning öz örni bor, ammo ustozlik — kasblarning otasi! Men şu haqiqatni avval boşdan tuşunib yetganman va şunga munosib bölişga intildim.
Gap bugungi maktab hayoti haqida ketar ekan, muammolarning boşi öqituvçiga borib taqalib qolganini afsus bilan taʼkidlaydi tajribali pedagog. “Bugungi öqituvçilar bolalarni eplay olmay, boşqara olmay qoldi”, deydi u taşviş bilan. Yana bir taşvişli holat — endi ota-onalar öqituvçi emas, bolasi tarafiga ötib oldi. Göyo jigargöşasi bor bölsa, yetarli, uning kim bölişi ahamiyatsiz. “Holbuki, bu hol maktabning vazifasiga teskari…”.
Öqituvçining masʼuliyati haqida gap ketar ekan, bir voqeani eslaydi: maktabga tuman xalq taʼlimi bölimi mudiri kelgan va uni (direktorni) söragan. Darsda bölgan öqituvçi: “Darsimni tugatay, keyin boraman”, deb javob bergan. Keyingi kun tuman rahbari çaqirib, koyiş, işdan haydaş örniga: “Menga sizdek rahbar kerak!” degan. “Biz ana şunday muhitda işladik!” deydi sobiq öqituvçi bugun faxr bilan.
Yillar Safarali domlaning hayotida turliça keçgan bölsa-da, ularning mazmuni, salmoği köngilni munavvar qiladi. Goh oğriq, goh quvonç bilan ötgan damlar tafakkuri odamni donişmandga aylantirar ekan. Bugun u qişloqning obröli şaxslaridan, matonati, bosib ötgan hayot yöli yoşlarga ibrat qilib körsatiladi. Axir atrofimizda kimlar umrguzaronlik qilmaydi? Yaralişidan boşqalarga taşviş bölib yurganlar qança? Yoki turmuşning arzimas sinoviga bardoş bera olmay, yölini yöqotganlar, oğirini boşqalarga taşlab qöyganlar ozmi?
Tiriklikning mazmuni esa Yaratgan ato etgan umrni mazmunli ötkaziş uçun jon-jahdi bilan harakat qilişda ekan. Kimlarningdir şafqatsizligi (axir uni urib yuborgan haydovçi nima qilib qöyganini oynadan körgan çiqar) tufayli eng bebaho boyligidan ayrilgan Safarali Boqiyev öşa xazinasini qaytariş uçun qança sinovlarni yengib ötdi, xayriyat, kimlargadir tirik tovon bölmay, öz taqdirini özi qaytadan yaratdi. Bugun u çinakam irodaning timsoli sifatida jamoatçilik safida işonç bilan yuribdi. Öz kasbida muvaffaqiyatlarga erişdi, turmuş örtoği Hojarxon bilan farzandlar tarbiyalab, jamiyatga qöşdi. Endi nabiralar ardoğida munosib umrguzaronlik qilmoqda. Bir insonga ato etilgan baxt şu bölsa kerak. U bu kunlarga iztiroblarni yengib, ğalaba bilan yetib keldi. Şu tufayli bu damlar yana ham qadrli…
Hakim SATTORIY,
yozuvçi.
