Dilbar va xuşdil qalb egasi
Said aka Siddiqov garçi texnika fanlari nomzodi bölsa-da, hayotini gazeta-jurnallarsiz tasavvur qila olmaydigan, öqimasa tura olmaydigan ziyoli inson. Ayniqsa, “Hurriyat” gazetamizning har bir sonini qoldirmay öqiydi. Öqiganda ham sinçiklab, qunt bilan öqiydi. Maqolalarimiz haqidagi fikr-mulohazalarini aytadi. Şu sababli bölsa kerak, ijodkorlarga talpinib turadi. Döstlarimiz safida bunday odamning bölişi kötarinki kayfiyat bağişlaydi. Ustozimiz Xurşid Döstmuhammad taʼbiri bilan aytganda: “Said aka özi texnar bölsa-da, yozuvçilardan köproq kitob öqiydi. Şu jihati bilan rahmatli Ibrohim Ğafurovning ham mehrini qozongan edi”. Bizni yöqlab, Navoiy köçasidagi maşhur 30-uyga tez-tez kelib turadi.
Yaqinda tuşlik payti bir piyola çoy ustida gurunglaşib ötirgandik, qöl telefoni jiringlab qoldi.
— Kelinoyingiz ekan, — deydi Said aka jilmayib. — “Doringizni içib oldingizmi?” deb eslatdi. Mana, saksonni ham qoralab qöydik. Keksalik ortidan turli xastaliklar quvib yurarkan. Kelinoyingizning boriga şukur. Er kişi uçun mehribon umr yöldoş uçraşi Yaratganning neʼmati ekan. Mana, salkam yarim asrdan buyon Gulçehra opangiz bilan bir-birimizga mehr-muhabbat berib yaşab kelyapmiz.
Said aka juda töğri aytdi. Taqdiriga soliha ayol bitilişi hammaga ham nasib etavermaydigan baxt-saodatdir. Ha, Gulçehra opa kabi onalar bilan xonadonlar fariştalidir.
Turmuş örtoğining soğliği haqida bu darajada çuqur qayğuradigan ayolni Gulçehra opa timsolida kördim. Erining xastaliklari, ularni davolaş usullari, içadigan dorilari, ularni qaçon va qança miqdorda içişi opaning nazoratida.
Men bu oilaning fariştali kişilari haqida yozişni ançadan buyon öylab yurardim. Yaxşi niyat bilan yozning jazirama issiq kunida qahramonimizni qidirib, Böstonliqning Çimyon qişloğidagi dala hovlisiga bordik.
— Joningizning huzurini bilasiz, biz Toşkentda yonib yotibmiz, — deyman katta darvoza yonida bizni kutib turgan Said akaga yuzlanib.
— Xuş kelibsizlar, maşinani içkariga, salqinga olib kirib qöyaveringlar, — deydi Gulçehra opa oçiq yuz bilan bizga peşvoz çiqib.
Bu xonadon egalarining mehmonlarga marhamati boşqaçaligiga köp marta guvoh bölganman. Uyiga kim yöqlab kelsa ham, heç oğrinmay kutib olişadi, keluvçilar xursand bölib qaytişadi. Bağri keng, dasturxoni oçiq, özlari islomiy oqibatning qadriga yetadigan ajoyib insonlar.
Said aka bilan ahli ayollarimiz va ularning hayotimizdagi örni haqida suhbatlaşib ötiribmiz. Gap orasida Said akaga: “Gulçehra opamiz ham bir oydan keyin yetmişga kiradi, töyxat örnida bir maqola yozsam degandim”, deya taklif bildirdim.
— Men-ku yozsangiz xursand bölaman, ammo opangiz judayam tortinçoq, kamtarin ayol, unamasa kerak-ov, — deydi aka pastroq ovoz bilan. — Agar yozsangiz, madaniyatliligi, oğir-bosiqligi, mulohaza bilan fikr qilişi, ehsonga saxovatliligini ham qöşib keting, — deydi yana Said aka rafiqasi haqida boşqaça bir samimiyat bilan. — Mening qarindoşlarimga mehribon, quvonçli-taşvişli kunlarda doimo ular bilan birga. Kasal bölişsa, albatta borib xabar oladi, moddiy yordamini ayamaydi. “Xudo berib turibdimi, ehson qiliş kerak”, degan aqidasi bor. Boşqalarga öxşamaydigan yana bir fazilati bor: kelinlarini öğillaridan ham köproq yaxşi köradi. Bizni demasa demaydi, kelinlarini deydi.
— Mana şunisi ibratli ekan-da, — deyman. — Bugun qayoqqa qaramang, qaynona-kelin janjali. Zamona zayli şunday böldi: qaynona u desa, kelin bu deydi. Atrofdagi oilalarda bölayotgan voqealar kişini taşvişga soladi. Qança yoş oilalar şu kelişmovçilik tufayli buzilib ketmoqda. Kelinini qizidek köradigan qaynonalar anqoning uruğidek bölib qoldi.
— Töğri, qaynona-qaynotaga xizmat qilib duo olay deydigan kelinlar ham yil sayin kamayib ketmoqda, — deydi Said aka. — Xudoga şukur, köz tegmasin, bizning kelinlarimiz qaynota-qaynona raʼyiga qaraydigan, “oilam, bolam-çaqam” deydiganlardan. Iloho, qöşganlari bilan qöşa qarişsin. Farzandlarimiz hamma işda: bolalariga boğça, maktab tanlaşdan tortib, katta-kiçik barça masalalarda maslahat söraşadi. Töğri-da, qiladigan işini ota-onaning duosi bilan boşlasa, xayrli va barakali böladi. Ular şu hikmatni anglab yetişgan.
Biz ham nabiralarimizni yeru kökka işonmaymiz. Farzandu nabiralarga beriladigan tarbiyaning eng sinalgan usuli şaxsiy namunadir. Ular ota-onasining, bobo-buvisining yuriş-turişi va axloqidan tarbiya oladi. Ha, ulardan gözal axloq meros qoladi.
Gulçehra opa Saidolimova Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutining qişloq xöjaligini elektrlaştiriş fakultetini bitirgaç, Qişloq xöjaligida infratuzilmalarni loyihalaş institutida muhandis bölib iş boşlagan. Bir muddat texnika bilim yurtida öqituvçilik qilgan, Aloqa ilmiy-tadqiqot markazida muhandis bölib ham işlagan. 1995 yili tadbirkorlikka qöl uradi — tikuvçilik firmasini oçib, önlab yoşlarni iş bilan taʼminlaydi.
Katta öğli Otabek Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida avval bakalavriat, keyin magistraturani bitirgan. Ikkinçi öğli Nodir esa Toşkent davlat yuridik universitetida bakalavr diplomini olgaç, Londondagi Vestminster universitetida magistraturani tamomlaydi. Har ikkisi ham öz sohasining közga köringan ilğor mutaxassislari. Bugun ular pensiyadagi ota-onasiga mehribonlik körsatib, duolarini olişmoqda.
— Yetkazganiga şukur, baxti kulgan ayollardanman, — deydi Gulçehra opa. — Uç qiz va uç öğil nabira bilan könglimiz xotirjam. Atrofimda yaxşi odamlar, qayerga bormaylik, davralarning töri bizniki.
Öşa kuni dala hovlidagi maroqli suhbatlardan bir olam taassurot bilan Toşkentga qaytdik. Gulçehra opa haqida uni yaxşi bilgan insonlar bilan suhbatlaşdik.
— Gulçehra opam bilan biz opa-singilning qizlarimiz, — deydi oqqörğonlik Muhayyo Ğofurova. — Opam sabrli, oqila va oilaparvar inson. Suyukli yor, mehribon ona, sevimli buvijondir. Unga havasim keladi. Dinimizda “silai rahm” degan muqaddas tuşunça bor. Qarindoşçilikni uzmay, ular bilan aloqada böliş, rahm-şafqat körsatiş, muhtojlariga yordam beriş va qarindoş-uruğçilik vazifalarini ado etiş buyurilgan. Silai rahm qilganning rizqi uluğ bölişini Gulçehra opam misolida kördim. U qöni-qöşni va hatto yetti yot begonalarga ham rahm nazari bilan qaraydigan haqiqiy möʼtabar ayol.
— Dugonam Gulçehra bilan sinfda birga öqib, bir mahallada katta bölgan qalin örtoqmiz, — deydi Gulbahor opa Normatova. — U maktabda faqat aʼlo baholarga öqigan, köpçilik havas qilgan odobli qiz edi. “Quş uyasida körganini qiladi” deydilar. Gulçehraning onasi, rahmatli Mukarram aya ham davlat işlarida, taʼlim sohasida rahbarlik qilganlarida köpçilikka beminnat yordami tekkan dono ayol edi. Dugonam ham xuddi onasining özi.
— Hayotda turfa xil feʼl-atvorli, bir-biriga öxşamas taqdir egalari bor, — deydi Klara opa Atamurodova. — Gulçehraning yuzidan beğuborlik, oddiylik, samimiylik yoğilib turadi. Şirinsözligini aytmaysizmi! Eng yaxşi körgan örtoğim. Döstlik ham ota-onadan meros qolar ekan. Dadalarimiz ham döst bölişgan. Anʼana davom etmoqda: turmuş örtoqlarimiz ham, farzandlarimiz ham bir-birlari bilan döst. Gaplaşganimizda: “Men sizni yaxşi köraman, soğinaman”, deydi. Bu dil sözlarini eşitib, rohat qiladi kişi. Yaratganga şukur, atrofimda doimo yaxşi odamlar. Nihoyatda qöli oçiq. Ança yil avval Angliyadan qimmat, zamonaviy palto olib kelib bergandi. Qança qistab, pulini bersam ham olmadi. Şu paltoni har kiyganimda dugonamning saxovati esimga tuşaveradi. Qöli gul çevar ham. Turli xil kiyimlar tikib, hadya qilişga odatlangan.
Ona — uluğ va qudratli zot. Uyda dilbar, xuşdil qalb sohibasi Gulçehra onaning ovozi eşitilib turişi zurriyotlar uçun Allohning neʼmatlaridan biridir. Ana şunday fazilatli onalar borki, hayot yanada gözaldir.
Dilmurod QIRĞIZBOYEV,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi.
