Ibrat közgusi

“Teatr — ibratxonadur…” Bu maşhur taʼrif bugun qançalik özini oqlaydi?.. Xalqni maʼrifatli qilmoq yölida joni nisor ketgan, ilk özbek pyesasi muallifi bölmiş jadid bobomiz Mahmudxöja Behbudiy haqrost gapni aytgan: aslida, teatr sanʼatining vazifasi hali ham tomoşabinga ibrat körsatmoq, uning yuziga “oyna tutmoq”dir. Xöş, bugungi teatr tomoşalari şu missiyani qançalik ado etayotir?.. Keling, şu haqda ozroq mulohaza qilaylik.

Tan oliş kerak, aksar teatrlar repertuaridan köproq maişiy mavzudagi asarlar joy olgan: oilaviy qöydi-çiqdilar, qaynona-kelin mojarolari, yengil-yelpi kulgiga asoslangan maişiy muammolar… Tomoşabin didi, saviyasi şuni kötargaç, teatr ham talabga moslab tomoşa qöyadi-da. Yana deng, şunday spektakllarga tomoşabin yoğilib keladi. Bu haqda mutaxassislar, sanʼatşunoslar neça yillardan buyon bot-bot gapirib, yozib kelayotir.

Şu bois bu masalada çuqurlaşmay, oddiy muxlis ölaroq bir pyesa tomoşasidan olgan taassurotlarimni bayon etiş bilan çeklansam. Lekin insof yuzasidan şuni ham qayd etmoq lozimki, haqiqiy isteʼdod egalari (rejissyor, dramaturg va tabiiyki, aktyorlar) sahnaga olib çiqqan jiddiy pyesalar ham bor, kam emas. Taassufki, bunday asarlarning tomoşabini kam, umri ham u qadar uzoq bölmaydi.

Bir muddat avval ana şunday asarlardan biri — Abror Hidoyatov nomidagi özbek drama teatrida namoyiş etilgan “Işlagandek bölaylik” spektakliga tuşdim. Bu — zamonamizning zabardast yozuvçisi Erkin Aʼzam qalamiga mansub “Farroş kampirning tuşi” pyesasi asosida taniqli rejissyor Olimjon Salimov sahnalaştirgan sahna asari. Hali pyesani tomoşa qilmayoq könglimda “Ikki usta ijodkor hamkorligida zör spektakl dunyoga kelgan bölsa kerak!” degan işonç bor edi. Negaki, Erkin Aʼzam yomon yozolmaydi — uning qalamidan çiqqan pyesa, tabiiyki, mağzi töq, pişiq böladi. Olimjon Salimovdek rejissyor sayoz tomoşa qöyolmaydi — ana şunday pişiq asarga ijodiy yondaşib, çinakam durdona yaratadi.

Sezgim pand bermadi: bu ijodiy tandem teatr muxlislariga dramatik jihatdan pişiq-puxta, yuki oğir, muhimi, tomoşabinni befarq qoldirmaydigan, öyga toldiradigan, fikr-muşohadaga undaydigan sahna asari taqdim etdi.

Keling, asarga batafsilroq töxtalaylik. Voqea bir işxona, aniqroği, “bekorçixona”da keçadi. Ertalab taşkilot xodimlari avtobusda tiqilib-surinib işga keladi. Xuddi muhimdan-muhim kor-yumuş kutib turgandek, şoşa-pişa har kim öz xonasiga oşiqadi. Şu asno birin-ketin “bekorçixona” ahli bilan tanişamiz. Korxona rahbari — Rahbar Rahbaroviç aylanadigan oromkursiga yastangança “Akaxon”iga qönğiroq qilayotir. Uning qiladigan asosiy işi stol ustida qalaşib yotgan gazetalarni varaqlaş-u, telefonda valaqlaşiş. Şu örinda qahramonlar nomlanişiga-da eʼtibor qaratib ketsak: farroş kampir — Qumri xola va kotiba Gulibarnodan boşqa ön çoğli personaj şunçaki: Rahbar Rahbaroviç, Muovin buva, Hisobçixon, Iqtisodçi xonim, Bölim boşliği, Boş mutaxassis, Mutaxassis xonim, Haydovçi yigit, Akaxon kabi amal-mavqeiga köra atab qöya qolinadi. Aslida, ularga nom beriş şart ham emas: bu jamiyatimizdagi yuzlab şunday taşkilotlardagi son-sanoqsiz “mutaxassislar”ning umumlaşma obrazi. Farroş xola kun-uzzukun qölida latta bilan işxonada ivirsib yuradi. Maoşi kamligidan, işxonada öziga bepisand muomala qiladigan rahbaru xodimlardan öziga özi yozğirgani-yozğirgan. Birontaning qorasi köringudek yoki unga közi tuşgudek bölsa, darrov öşa odamni alqab, duo qila ketadi. Erkaklar ikkovora şaxmat surişadi, telefonda valaqlaşadi, birovi divanda çözilib yotadi, tuşlik soati yaqinlaşganda tödalaşib “oş”ga jönaydilar. Ayollar bir-biriga gap bermay, “sen zörmi-men zör” deya dahanaki janjallaşişadi (Hisobçixon bilan Iqtisodçi xonim), nimadir talaşişadi, kimdir sariq gazeta ğiybatini öqişga andarmon, söng yiğilişib, rahbarning xonasida (!) serial köradilar. Iş vaqti hisobot topşiriş bahona haydovçini olib, birrov uzatgan qizinikiga borib kelgan ham (Hisobçixon), jiyanining (ammasining, toğasining) tuğilgan kuni bahona viloyatga daf bölib, şu badal hafta böyi qorasini körsatmay ketadigan ham şu taşkilot xodimi. Boş mutaxassisning özi eʼtirof etganidek, “Qiladigan kasb-korimiz — hukumat ajratgan tört-beş söm mablağni mahsulot çiqaradigan boşqa bir korxonaga ötkazib beriş, tamom-vassalom!” Tayinli iş bölmagan joyda har kim (xodim) şaxsiy yumuşini, muammosini hal etiş payida-da. Yaʼni, taşkilot boşliği Rahbar Rahbaroviç aytganidek, “Ertalab işga kelganda dastavval bir varaq qoğoz olib, bugun bajariladigan yumuşlar röyxat qilinadi. Röyxatning boşida, albatta, şaxsiy masalalar tursin. Davlat işlari öz-özidan bölaveradi”.

Nogoh bu “bekorçixona” boşiga “kulfat” keladi-yu (yaʼni “işxona köçarmiş” degan gap çiqadi-yu), xodimlarning paytavasiga qurt tuşadi: kimdir uyiga uzoqlik qilişini rökaç etib, işdan böşamoqçi böladi, yana kimdir “yangi joyda men falonçi bilan birga ötirmayman, alohida xona berasiz” deb rahbarga talab qöyadi. Söng esa yangi joyga borilgaç, “eski jihozlarni ham yangilaş kerak” deya xodimlar narsa-buyumlarni taqsimlaş, özlaştirişga tuşib ketadilar. Şuning ustida talaşişlar, kerakmi-kerak emasmi, eski-tuski buyum-matohni olib ketiş payida tortişişlar…

Şu tariqa jamiyatimizdagi, hayotimizdagi katta-kiçik illatlar, qusurlar, kamçiliklar manaman deya qarşingizda böy körsatadi, siz — tomoşabin özingizni, qöşningizni, qaysidir tanişingizni, qarindoşingizni körasiz, taniysiz. Bu, aslida, biz özimiz, bizning turmuş tarzimiz, tutumlarimiz, keraksiz, öylab topilgan har turli “urf-udum”larimiz (oşxörlik, elga oş beriş, oşma-oş yuriş), taniş-bilişçilik ortidan iş bitiriş, lavozim egallaş (Rahbar Rahbaroviç), axloqiy noqisliklarimiz (Boş mutaxassis va Mutaxassis xonim; Akaxon va Gulibarno) va hokazo…

“Bekorçixona” xodimlarida kasbiga, işiga sadoqat, mehr yöq — rahbardan tortib kotibasigaça öz manfaatini közlaydi, faqat özini öylaydi: davlat işimi — vaqti-soati bilan bölaveradi, avval şaxsiy muammolarimiz bitişi kerak! Köçiş haqida, boz, şahar çeti — ovloqroqqa köçiladi degan gap çiqqaç, birinçilardan bölib taşkilot rahbarining özi “akaxon”ini işga solib, boşqa lavozimga ötişni közlaydi. Demak, taşkilot nima böladi, qayerga köçadi, ertasi qanday keçadi — uni mutlaqo taşvişlantirmaydi. Özi qulayroq, yoğliroq, birov tergamaydigan joyda ötirsa, kuni ötsa bas. U nomi rahbar, rahbar bölgani bilan xodimlari oldida tili qisiq, hatto kotibasiga sözi ötmaydi (çunki u “Akaxon”ga tegişli, eski kursisiga qaytiş uçun kotibasiga yalinadi: “Akaxoningizga bir qönğiroq qilib qöyolmaysizmi? Zoraki…”) Yoxud bir rahbarligimni körsatib qöyay deb Hisobçixonni tergamoqçi bölsa, “Böşatmoqçimisiz meni? Mayli. Böşasak, birga-birga böşaymiz-da!” deydi u tap tortmay. Axir “Huv fevraldagi vedomostga” ikkalasi imzo çekkan-da — yaʼni u ham yegan.

Spektakl rejissurasiga kelsak, tomoşa butuniça fars asosiga qurilgan, yaʼni voqealar ham, personajlar xatti-harakati ham börttirib körsatilgan. Sahna dekoratsiyasi, qahramonlar kostyumlari borasida ham öziga xos, noodatiy usul tanlangan — hammasi kulrang, yaʼni rang-baranglik yöq, har jihatdan örtamiyonalikni aks ettiradi. Sahna örtasida balandga ilib qöyilgan — “Işlagandek bölaylik” deb yozilgan lavh, yaʼni taşkilot nomining özi bu qanday işxona ekanidan dalolat beradi. Baland zinadan çiqib boriladigan ayvonda tomoşabinga teskari qarab ötirgan, atay yuzi aniq körsatilmagan bir qorinboyga közimiz tuşadi. Bu öşa “qudratli” akaxon. Rahbar Rahbaroviçdek mayda amaldorlar aynan şunday katta, qöli uzun amaldorlar tomorqasida yetişadi, ular homiyligida mansab-martaba poğonasiga kötariladi. Yoki Rahbar Rahbaroviçning tizzasigaça tuşadigan böyinboğiga qarang, bu uning rahbar ölaroq özi boşqarayotgan taşkilotga jon kuydiradigan masʼuliyatli inson emas, amal-kursi quli ekanini körsatadi. Yo bölmasam, Rahbar Rahbaroviçdan tortib Hisobçi xonimgaça (bular taşkilotning rahbar xodimlari emasmi!) iş vaqtida şaxsiy yumuşi bilan ketarkan, kursisiga qöğirçoq-manikenni ötqazib qöyişi ham bu kabi rahbarlarning taşkilot uçun biror nafi yöqligi, misoli bir qöğirçoqdek gapligi, u ketib, örniga boşqasi kelsa ham heç nima özgarmasligini anglatadi. “Bekorçixona”da bittagina çinakamiga işlaydigan, haqini halollab topadigan tirik inson bor. Ammo uning mehnati qadrsiz: hammadan kam maoş uniki, narsa-buyumlar taqsimlanganda ham unga heç vaqo yöq, “Bu kişiga, zahmatkaş opaxonimizga… rahmatnoma eʼlon qilamiz, rahmatnoma!”.

Xullasi kalom, mazkur spektaklda bir yarim soat mobaynida maza qilib kulasiz. Kulasiz-u, ammo içingizda allaqayeringiz simillab turganini, nimadir tinçlik bermayotganini anglaysiz. Nega biz har işga bunçalik loqayd-befarqmiz, nega biz faqat özimbölarçimiz — har joyda, har narsadan manfaat közlaymiz? Nega? Qaçon biz faqatgina qorin-qursoqning ğamini yeydigan, soxta dabdabaga öç olomonga aylandik?.. Könglingizda ana şunday nega degan iştibohlar qalaşib ketadi. Soddagina bir savol qöysak: xöş, bu yomonmi? Yöq, aksinça, yaxşi! Bu degani teatr öz vazifasini qoyilmaqom qilib uddaladi degani: ğaflatda yotgan “miya”ni turtib qöydi, fikr qözğadi, özingizni, hayotingizni tahlilu tahrir qilişga rağbat uyğotdi degani.

Muxtasar sözimizni yana jadid bobomiz Mahmudxöja Behbudiy kalomi bilan yakunlasak: “Teyotr oyinadurki, umumiy hollarni anda mujassam va namoyon közliklar körub, kar-quloqsizlar eşitib, asarlanur. Xulosa: teyotr vaʼz va tanbih etguvçi hamda zararlik odat, urf va taomilni, kabih va zararini ayonan körsatguvçidir. Heç kimni rioya qilmasdan töğri söylaguvçi va oçiq haqiqatni bildirguvçidir”.

Nodira ASADOVA,

jurnalist.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan