Ilm egallaş siri
Odamlar köp narsani özlari tasavvur qilgan holatda tuşunadilar. Yaʼni mohiyatni anglamay turib nimagadir tezroq, osonroq erişgilari keladi. Yoppasiga diplomli bölişga intiliş ham şuning bir körinişi. Lekin ilmli böliş uçun xohişning özi yetarli emas.
Ilm — maşaqqat, tinimsiz örganiş va özingizni qiynab, kerak bölsa, yerga urib, bilmaganlaringizni söraş, muhimi, töxtamaslikdir. Mana şu maşaqqatni boşdan keçiribgina çinakam bilimlilarni, ilmga intilayotganlarni qadrlaşni, eʼzozlaşni, şu bilan birga, xokisorlikniyam örganasiz.
Mohiyat şundaki, xuddi tasavvuringizdagidek ilmli, ziyoli degan darajaga erişiş uçun universitet diplomini oliş yoki faqat çiroyli kiyinişning özi yetarli emas. Aksinça, çinakam ziyolilik özingizni (hatto diplomsiz ham!) ilm bilan qay darajada tarbiyalay olganingizda, köpçilik orasida özingizni qay darajada çiroyli tuta bilişingizda aks etadi.
Muhabbat ŞARIPOVA.
