Vaʼda

Öttiz yildan beri qutqaruvdaman. Bu vaqtgaça neça ölik-tirikni kördim, neça yaxşi-yomonni. Şu kasbda suyagim qotdi, sovuqqonlikning eng yuqori çöqqisiga çiqdim deb öylardim. Toki bir voqea sodir bölmaguniça…

Dahşatning surati har doim ham yonğinga öxşamaydi. Baʼzan şunçaki sokin, tinç turgan suv ostida ham yaşiringan bölişi mumkin. Bir maromda oqayotgan oqim tagida qança dolğalar borligini bilmaysiz.

Xorazmni kesib ötgan Amudaryo suvlari kişini öziga ohanraboday çorlaydi. Şunçalar maftun etadiki, xavf ham közga körinmaydi baʼzan.

Kunlardan bir kuni navbatçilik qismida doimgiday jangovar şaylikni yöqotmagan holda qutqaruvçilar özaro gurung qilib ötirar edik.

— Qizim bayramga meni çizibdi, qaranglar… — dedi bir şerigimiz hammamizga yuzlanib, telefonida bolalarça çizilgan odam suratini faxr bilan körsatar ekan.

— Xafa bölmagin-u, surat sendan çiroyliroq çiqibdi, — qitmirona gap qöşdi boşqa şerigimiz.

— Har qalay, sendan körkamroqman, — deya davraga kulgi qöşdi döstimiz qizining çizgan suratiga yana bir qarab qöyar ekan. Men esa indamay hammaga quloq solib, gazeta öqib ötirar edim. Qayerda qutqaruvçilar haqida yozişsa, uni qayta-qayta öqiyman. Xuddi men haqimda yozişganday. Bu odatimni hamma biladi. Şuning uçun mutolaaga şönğisam, heç kim menga xalaqit bermaydi.

Lekin şu payt navbatçilik qismi dispetçeri tomonidan kelgan şoşilinç xabar oradagi sokinlikka yakun yasadi. Suhbatga nuqta qöyildi. Hammamiz şu qadar tez manzilga otlandikki, 40 soniya qanday ötganini sezmay ham qoldik.

Baliq ovlaşga kelgan çol közi ilinibmi, suvga tuşib ketibdi. “Hozir hammasini döndiramiz. Birinçi marta odam qutqarişimiz emas-ku. Bu safar ham topamiz, qutqaramiz”, degandek özimizga işonçimiz baland. Ğavvosga maxsus kiyimlarini kiydirib, zudlik bilan suvga tuşirdik. Akvalangni yelkasiga ilgança ğavvosimiz suvga şönğidi. Ammo hadeganda odam topilavermadi…

Daqiqa emas, soatlar ötib borar ekan, betoqatlanib borar edik. Ammo sergaklikni yöqotmaymiz. Oqib ketgan amakining ortidan faqat bir ayol kelgan edi. Uning boşqa yaqin-yiroği yöq ekan. Ayolning boşqa ovunçi yöqligini bilib, yuragimiz battar uvişa boşladi. Bolalar ulğayib, öz dardu taşvişidan ortmaydigan, eru xotin bir-biriga suyanib qolgan bir paytda ayrilişlari kimning dilini xufton qilmaydi? Komandir bölsam ham yoş boladay yiğlagim kelar edi negadir. Barmoqlarim titroğini muştimga yaşiraman. Ayolning yoniga borib, taskin berişga urindim. Ammo u öziga özi nimalardir der edi. Maʼyus, ammo kuçli bir nigoh bilan suvga qarab:

— Tuğilgan kunimda baliq pişirib bermoqçi edingiz. Tezda qaytaman deb vaʼda bergandingiz. Mayli, baliq kerak emas, siz keling, şu yetadi. Xafa bölmayman. Lekin kelmasangiz, xafa bölaman. Heç bir tuğilgan kuning mensiz ötmaydi, degansiz. Kelmasangiz, boşqa tuğilgan kun nişonlamayman… — dedi-yu lablarini qattiq tişladi. Ammo yiğlamadi. Men uning jasorati oldida uşoqday uvalanar edim göyo.

— Xavotir olmang, xolajon. Biz turmuş örtoğingizni albatta topamiz. Baliq ovlaşga qaçon ketgan edilar?

— Keça…

— Keça?!

Beixtiyor ovozim balandlab ketdi. Axir 24 soat içida suvda qolgan odam tirik qolişi amrimahol-ku… Ammo buni ayolga qanday aytaman?.. Şu on ratsiyadan umid uçqunlari çaqnaganday tuyildi. Odam topildi! Hammamiz aytilgan manzilga qarab yugurdik.

Turmuş örtoğining jonsiz tanasi ustida höng-höng yiğlar edi ayol. Boya toğdek tik turgan qiyofadan asar ham qolmadi bir zumda. Şunga qaramay, tezda özini qölga olib, bizga minnatdorlik bildirdi. Bu qanday matonatli ayol böldi? Hammamiz lol edik. Biz ayolga taskin berib, uyiga kuzatdik. Ayolning şunday muşkul onda ham nigohidagi kuçli irodani, taskinni, minnatdorlikni kuzatar ekanman, bir insonga dalda beriş kimnidir xatardan qutqariş kabi kişiga kuç bağişlaşini yana bir karra his qildim.

Qutqaruvçining hikoyasini

Yulduz ÖRMONOVA oqqa köçirdi.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan