Yangi Özbekistonsan – mangu Özbekistonsan!

Xalqim, Xudoyim bergan baxtingga köz tegmasin,

Şaʼnu şavkat, şiddatu şahdingga köz tegmasin.

 

Hozirgi zamon guvoh, davron oson kelganmas,

Bundayin omon-omon zamon oson kelganmas.

         

Olam yaratilmişki, huraveradi itlar –

Yuragi qurum bosgan, öyi buzuq, irkitlar.

         

Yarim yölda qolsin deb çalmoq bölar nokaslar,

Rizqu nasibangga çang solmoq bölar nokaslar.

         

Vatan ozod qalblarda yaşnagay, mangu sölmas,

Jondan keçmoq mumkindir, Vatandan keçib bölmas.

         

Mijja qoqmay közlarni asragandek mujgonlar,

Vatanni asraş kerak – bölmoq kerak posbonlar.

         

Har bir öğlon, har bir qiz askar bölmoği şartdir,

Birlaşgan, ming-ming tuman laşkar bölmoği şartdir.

         

Xasdek beqadr bölar yurtidan ayrilganlar,

Xor böladi oqibat haq yöldan toyrilganlar.

         

Xatardan qörqqan noçor quyonlarga öxşama,

Hiylakor gazandaga, çayonlarga öxşama.

         

Dunyo – örmon, tuzoq köp, sen qadim kökböri böl,

Layçalarning holi voy, sen huşyor böl, zöri böl!

         

Dunyoga uçgan qulning şöri qisadi bir kun,

Laxta-laxta qon yutar, qonlar qusadi bir kun.

         

Haqiqat quyoşiga tortib bölmaydi parda,

Xudo degan kişiga haqiqatdir sarkarda.

                       

Xalqim, köksimni öyar ming bir xayol, ming bir öy,

Qozon-tovoq, töy-haşam, oşni maqtaşingni qöy.

         

Beruniylardan ilmu irfonni örgan avval,

Imom Buxoriylardan iymonni örgan avval.

         

Xorazmiyni öqigil, hisobingni yöqotma,

Termiziy darsini top. Kitobingni yöqotma.

         

Nasafiy bobolarga umri joning baxş ayla,

Naqşbandiy pirimning tariqini naqş ayla.

                       

Vatanda ozod, erkin bölib yaşamoq kerak,

Zafarli yutuqlarga tölib yaşamoq kerak.

         

Maqsad muştarak bölsa – birdamlik, birlik bölgay,

Ozodlik boqiy bölgay, abadiy hurlik bölgay.

         

Şukur, ilmga çanqoq tolib farzandlaring bor,

Har sohada peşqadam, ğolib farzandlaring bor.

         

Böylariga tumor böl, jahonga böylar ular,

Millatni öylar ular, Vatanni öylar ular.

         

Olam minbarlarida xitobi bor özbekning,

Ğirotlarga munosib şitobi bor özbekning.

         

Könglida asrorini ğanimlarga aytmagay,

Tanlagan öz yöli bor, yölidan heç qaytmagay.

         

Onajon, yurak sözim, buğdoy sözimni aytay,

Tiğday sözimni aytay, tuğday sözimni aytay.

         

Hazrat bobolarimdan meros toza iymonsan –

Yangi Özbekistonsan – mangu Özbekistonsan!

Ğayrat MAJID

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan