Uluğlarga behurmatlikning oqibati
Sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda har xil kimsalar, ayniqsa, bemazhablikni tarğib qiluvçilar tomonidan nafaqat yurtimiz ulamolari, balki mazhab asosçilari bölgan mujtahid zotlarga nisbatan ham axloqsiz iboralar işlatilayotganiga guvoh bölib qolyapmiz. Ha, yaşiradigan joyi yöq: internetda ulamo va ahli ilmni kamsitiş, masxaralaş, haqorat qiliş hollari kuzatilmoqda.
Butun dunyo musulmonlari hamfikr bölgan, ahli ilm ijmoʼ qilgan (bir ovozdan maʼqullagan) masalalardan biri — ulamolarni masxaralaş, haqorat qiliş yoki kamsitişning haromligidir. Ilmli insonlar hurmat-izzatga boşqalardan köra sazovorroq ekaniga şak-şubha yöq. Haq taolo: “Agar bilmaydigan bölsangiz, zikr ahlidan sörangiz” (Anbiyo surasi, 7-oyat) deb, ularning darajasini Öz ilohiy eʼtibori bilan yuksaltirib qöygan.
Alloh taolo Qurʼoni karimda ilm ahlini maqtab bunday deydi: “Ey möminlar! Qaçonki sizlarga yiğilişlarda “(davrani) kengaytiringiz!” deyilsa, bas, kengaytiringiz, Alloh sizlarga ham (kerak paytida keng) joy berur. Yana qaçonki “turingiz!” deyilsa, darhol turingiz! Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga kötarur. Alloh qilayotgan (barça yaxşi va yomon) amallaringizdan xabardordir” (Mujodala surasi, 11-oyat).
Olimga duşmanlik qilgan odam Allohga uruş eʼlon qilgan kabidir. Haq taolo bilan uruşga kirgan kimsa esa heç qaçon ğolib bölolmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Alloh taolo: “Kim mening döstimga duşmanlik qilsa, unga uruş eʼlon qilaman”, deydi” (Imom Buxoriy rivoyati).
Ibn Hajar Asqaloniy: “Allohning dösti — Parvardigorni taniydigan va doim Uning toatida böladigan olimdir”, — degan.
Ibn Javziy şunday yozadi: “Kim musulmonlarning obrösiga til tekkizsa, ularning tirnoği ostidan kir qidirib, ayblarini oçişga urinsa, ölim kelgan paytda Alloh uning tilini şahodat kalimasini aytişdan tösib qöyadi”.
Ulamolarni kalaka qilişga urinib, turli videolarni montaj qilayotgan va ular haqida haqoratli gaplarni post sifatida joylayotganlar ajal ostonasida tili kalimaga kelmay qolişidan qörqsalar bölardi. Ulamolarni masxara qilişga urinayotgan til, oyoq va qöllar qiyomat kuni öz egalariga qarşi guvohlik berişidan hadiksirasinlar.
Ibn Asokir esa: “Kim ulamolarni haqoratlaş yoki ularga tuhmat qilişda tiliga erk bersa, vafotidan oldin Alloh taolo uni qalb ölimiga giriftor qiladi”, — degan.
“Abu Hanifa unday”, “Imom Buxoriy bunday” deydiganlarga har qança tuşuntirmang, tuşunişni istaşmaydi. “Hoy, tilingizga erk bermang, ulamolarga toş otmang, tilingizni tiying”, deysiz, lekin befoyda.
Suhayl Andalusiy hikoya qiladi: “Bir qöşnimiz bor edi. Alloh unga boylik va obrö berib qöygan, juda badavlat edi. Ammo eng yomon odati — din olimlarini kalaka qiliş va ularga aziyat beriş edi. Bir kuni Alloh roziligi uçun unga nasihat qilganimda, meni kamsitib, uyidan haydab soldi. Allohga qasamki, oradan 20 yil ötib, u falaj bölib qoldi, mol-dunyosidan ayrildi. Muhtojlikdan şahar bozorida tilançilik qila boşladi. Keyin birdan bozorda körinmay qoldi. Oradan uç kun ötib, bozor orqasidagi taşlandiq, xaroba joydan jasadi topildi. Butun şahar ulamolariga aziyat yetkazgan bu insonning umri mana şunday ayançli yakun topdi”.
Imom Navaviy şunday deydi: “Ibn Abbos roziyallohu anhumo: “Kim faqihga aziyat yetkazsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aziyat yetkazibdi. Kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aziyat yetkazsa, Alloh taologa aziyat yetkazibdi”, deganlar”. Bu yerdagi “aziyat yetkaziş” deganda, albatta, jismoniy zarar emas, balki kamsitiş, haqorat qiliş, ilmni mensimaslik va obrösizlantiriş nazarda tutiladi.
Ulamolarni haqorat qiliş Payğambar sollallohu alayhi vasallamning meroslarini kamsitişga, bu esa, öz navbatida, Alloh taoloning diniga hurmatsizlik qilişga olib boradi.
Abdulloh ibn Muborak: “Kim olimlarni yerga ursa, oxirati barbod böladi; kim amirlarni yerga ursa, dunyosi barbod böladi; kim birodarlarini yerga ursa, odamgarçiligi barbod böladi”, — degan.
Olimlarni risoladagidek hurmat qilmay, haqlarini munosib ravişda ado etmay turib, farzandlarimizni el-yurt, jamiyat, qolaversa, butun dunyoga foydasi tegadigan yetuk şaxslar — olimu ziyoli, şifokoru muhandis, tadbirkor insonlar etib ulğaytirişning iloji yöq. Bu — bamisoli uruğni yerga qadamay turib hosil kutişday gap.
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo Umar ibn Xattob roziyallohu anhuga nisbatan şu qadar odob saqlagan ekanki, ilmiy masalalardan birini söraş uçun orqalaridan bir yil davomida yurib ham, haybatlaridan hayiqib, söray olmagan ekanlar.
Sufyon ibn Uyayna: “Solihlar yodga olingan joyga Allohning rahmati yoğiladi”, — deydi.
Imom Ahmad betob bölib yotganida huzurida ulamolardan biri tilga olindi. Şunda u zudlik bilan ötirib oldi-da: “Solih kişilar tilga olinayotganda bizning yonboşlab yotişimiz odobdan emas”, — dedi.
Hozir internet tarmoqlari orqali ulamolar bilan öziga tortişayotgan, ularga savol berişda odobsizlik va qaysarlik qilayotganlar yuqoridagi haqiqatni yaxşilab anglab olişlari kerak. Ulamolarning hatto nomi zikr qilingandayoq hurmat körsatiş lozim ekan, demak, ular bilan böladigan har qanday muloqotda odob doirasidan çiqmaslik şart.
Qolaversa, nafaqat ilm ahliga balki har bir insonga ozor berişning eng ommalaşgan va köpçilik eʼtibor bermaydigan körinişi — insonning obrösini tökiş, ğiybat qiliş, tuhmat va böhton toşlarini otişdir.
Imom Avzoiy: “Ahli ilmning, xususan, ularning uluğlari ortidan yomonlab gapiriş gunohi kabiralardandir”, — degan.
Şaxsiy kuzatuv va tajribalari asosida sinovdan ötkazgan ulamolar şunday deydilar: “Kim ulamolarni ğiybat qilsa, ular haqida noloyiq sözlarni aytsa, odamlar orasida aybini oşkor etsa va şundan keyin qilgan işi uçun ulardan keçirim sörab, roziligini olmay, tavba qilmay vafot etsa, qiyomat kuniga qadar uning zurriyotidan ilm odami çiqmaydi”.
Qolaversa, bugun keng tarqalayotgan, odamlarni özining domiga tortib olayotgan fitnalardan biri — ulamolarni masxaralaş, ularga taʼna qiliş, ahli ilmni kofirlikda ayblaş, haqoratlaş, aytgan gap yoki qilgan işlarini kinoya bilan sözlaş, şaxsi bilan birga ilmini ham kamsitiş kabi illatlardir. Bu — inson imoniga zarar yetişining va yetti puştidan olim çiqmasligining omilidir. Ulamolarimizni va ahli ilmni haqoratlaşni kasb qilib olganlarning özidan ham, yetti puşti va yaqinlaridan ham qorilar, ulamolar va ilm odamlari çiqmaydi. Buni unutmaslik lozim.
Xulosa şuki, oddiy insonlarni ham haqoratlaş yoki ularga tuhmat qiliş haromdir, gunohdir. Ammo mömin-musulmonlarning peşvolari va ustozlari bölmiş buyuk allomalarni haqoratlaş, ularga tuhmat qiliş nafaqat harom, gunoh, balki fitnaçining özi va zurriyotlari uçun oqibati fojiali bölgan işdir. Barça buyuk zotlarga hasad qiluvçi, şunçaki içiqoralik bilan yoki fitna maqsadida ularning obrösini tökiş uçun xalq orasida turli tuhmat, böhton va ğiybatlarni tarqatadigan nobakorlar har doim bölgan. Ularning umri ayançli yakun topganiga tarix guvohdir. Şunday ekan, har bir banda qilğiliqni qilişdan oldin oqibatini sal bölsa-da öylab körsinlar.
Abduvosi ŞONAZAROV,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot
markazi ilmiy xodimi.
