Çori xalil yölga tuşdi

Inson nima uçun yaşaydi? Bu mangu savolga javob beriş uçun köpni körgan donişmand yoki faylasuf böliş şartmi? Yozuvçi Qulman Oçilning “Şarq” naşriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi boş tahririyati tomonidan çop etilgan “Xatar darbozasi” romani qahramoni Çori Xalil kabi tinib-tinçimagan jurnalist böliş kifoya qilar balki? Balki, özing mansub jamiyat, Vataning va oilang oldidagi burçingni anglab yetsang, javob öz-özidan topilar?

“Xatar darbozasi” inson taqdiri haqida. Yurt kezişni, qöşnisidan boşqa heç kim tanimaydigan odamlar haqida yozişni xuş köradigan Çori Xalil boşidan keçirgan ğaroyib voqealarning aksariyatiga hayotda roman muallifi – Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Qulman Oçilning özi guvoh bölgan. Kitobxonni hayratga solişga usta. Qahramonning boşiga tuşgan oğir savdolar, oşiq köngilning muhabbat bobidagi iztirob va quvonçlari ğoyat samimiy, xalqona tilda, jozibali tasvirlangan roman zör maroq bilan öqiladi. Mutolaadan esa, uluğlarimiz uqtirganlaridek, kim nimani izlasa, şuni topadi.

Öqing, toping va zavq oling: Çori Xalil yölga tuşdi. Yurt kezişni yaxşi körsa, nima qilsin!..

Azizbek SALIM

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan