Özbek tili jonkuyari, mohir teleradiojurnalist, faylasuf olim

Eʼtibor bersangiz, Ikkinçi jahon uruşi yillarida tavallud topgan insonlarning öziga xos fazilati, içki matonati böladi. Bu, eng avvalo, çeksiz şukronalik, kamtarlik va sabr-qanoat kabi yuksak insoniy xislatlarda yaqqol namoyon böladi. Yaratgan köp sinov va maşaqqatlar evaziga ularga bisyor yaxşiliklar, ajru mukofot va barakali umr ato etgan.

Joriy yilning 6 iyul kuni Samarqand şahrida Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Muayyana Xöjayeva tavalludining 85 yilligi tantanali nişonlandi. Ustoz jurnalist 1941 yilda dunyoga kelgan bölib, otalari Nöʼmon Xöjayev 1942 yilning noyabrida Stalingrad ostonasida qahramonlarça halok bölgan edi. Tadbirda qatnaşgan yoş qalamkaşlar ustozning tinçlik qadri haqidagi badia va hikoyalarini maroq bilan tinglab, uruş naqadar şafqatsiz ofat ekanini yana bir bor çuqur his etdilar.

Kuni keça esa yana bir faxriy jurnalist, mohir tarjimon, “Mehnat şuhrati” ordeni sohibi, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Zafar Saidovning 85 yilligiga bağişlangan tadbirda iştirok etdik. Zafar aka ham padari buzrukvorlari ikkinçi jahon uruşi janggohlarida jonbozlik körsatayotgan oğir bir davrda — 1941 yilning 7 sentyabrida Toşkent şahrida dunyoga kelgan. Onaizor Aqida opa çaqaloqni bağriga bosgan damlarda uç öğilning otasi millionlab jangçilar safida ğalaba qozonib, yurtga eson-omon qaytiş niyatida kenjasiga Zafar deb ism qöygan edi. Ammo murğak gödak diydori, uning kamoli va Ğalaba quvonçini köriş otaga nasib etmadi. Vatan himoyaçisi Hoşim Saidov 1943 yil 17 yanvar kuni Voronej viloyatining Ostrogojsk şahrini ozod qiliş uçun keçgan şiddatli janglarda mardonavor halok böldi.

Onaizor Aqida aya Saidova turmuş örtoğining vasiyatiga sodiq qoldi (Hoşim aka frontga ketiş oldidan: “Agar qaytib kelmasam, yagona ötinçim — bolalarimni öqitasan”, deb vasiyat qilgan ekan). Ona uç öğlini yemay-içmay voyaga yetkazdi, ularning taʼlim-tarbiyasi bilan sidqidildan şuğullandi. Natijada farzandlarning bari örta maktabni oltin medal bilan tugatib, oliy öquv yurtlariga imtiyozli qabul qilindi. Katta öğil Tohir fizika-matematika fanlari doktori, Zoyir ham Moskva şahrida texnik sohada ilmiy izlanişlar olib borib, fan doktori, professor darajasiga kötarildi. Zafar aka esa Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU) filologiya fakultetini bitirib, iş faoliyatini Sirdaryo viloyati maktablarida öqituvçilikdan boşladi, söng butun umrini teleradiojurnalistikaga bağişladi.

— Bir kuni onam huzurlariga çorlab: “Akalaring fan doktori böldi, ikkovi ham nufuzli oliy öquv yurtlarida kafedra mudiri, dekan, hatto prorektor darajasiga kötarildi. Sen-çi? Oddiy jurnalist bölib yuraverasanmi? Aspiranturaga kirasan, gap tamom-vassalom!”, deb koyidilar, — deya xotirlaydi Zafar aka. — Onamning pandu nasihatlari sabab aspiranturada öqib, 1975 yili falsafa yönalişida nomzodlik dissertatsiyamni himoya qildim. Falsafa ilmi dunyoqaraşimni butkul özgartirdi: barça hayotiy va ijodiy masalalarga, borliqqa falsafiy nigoh bilan baho beradigan böldim.

Biroq Zafar Saidov oliy taʼlimda qolişdan köra amaliy jurnalistikani maʼqul kördi. 1965 yildan boşlab uzoq yillar Milliy teleradiokompaniyada, “Toşkent xalqaro radiosi”da, keyinçalik Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasida samarali faoliyat yuritdi.

Mana, ança yildirki, u kişi “Mening yurtim” telekanali Badiiy kengaşining masʼul kotibi sifatida xizmat qilmoqda. Yuksak masʼuliyat talab etuvçi bu vazifada yoş avlodga ibrat körsatib, ularga mahorat saboqlarini berib kelayotir. Qisqa aytganda, bugun uşbu telekanalning közi va quloği! Bu fidokorona mehnat munosib eʼtirof etilib, 2019 yili Davlatimiz rahbarining Farmoniga köra u kişi “Mehnat şuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.

— Ustozimiz Zafar Hoşimoviç Saidov bilan yetti yildan buyon birga işlaymiz, — dedi mazkur telekanalning Badiiy kengaşi raisi, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Muattar Asqarova. — Ustozda tabiiy tuğma ziyolilik va yuksak madaniyat bor. Men Zafar akamdek ona tilimizga jonkuyar mutaxassisni kam körganman. Yoşlar bilan işlayotganlarida yonida albatta “Özbek tilining izohli luğati” turadi. “Har bir sözning öz örni bor”, deb tez-tez luğatga murojaat qiladilar. Zafar aka — haqiqiy qomusiy bilimga ega tilşunos olim.

Zafar akaning turmuş örtoği Rixsixon aya ham özbek tili va adabiyotining yetuk mutaxassisi. Milliy universitetda köp yillar talabalarga saboq bergan, tilimiz ravnaqiga ulkan hissa qöşgan. Ular uç farzandni tarbiyalab, oliy maʼlumotli qilib voyaga yetkazişdi. Şu bois bu xonadonda doimo ilm-maʼrifat ziyosi hukmron. Qalblarida esa hanuz ezgulikka çorlov, samimiy mehr-muhabbat çaraqlab turibdi.

Bilimli va maʼrifatli insonlar hamişa oila fayzi, jamiyat va el-yurt körki bölib kelgan, şunday bölib qoladi. Ustozga sihat-salomatlik va barakali umr tilaymiz!

Şerzod ĞULOMOV,

Özbekistonda xizmat körsatgan

madaniyat xodimi.

Şoqahhor SALIMOV,

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi

aʼzosi.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan