“Namangan haqiqati” ning haqiqatlari

XXI asr şiddati bosma ommaviy axborot vositalari — gazeta va jurnallar taqdirini keskin sinovlarga röpara qilmoqda. Bir tomondan sunʼiy intellekt va internetdagi ijtimoiy tarmoqlar rivojlanayotgan bölsa, ikkinçi tomondan mutolaadan köra tomoşaga öç bölgan avlod munosabati bu ziddiyatni yanada kuçaytirmoqda. Ammo axborot uzatişdagi şaffoflik va haqqoniylik, fuqarolarning bilimi, dunyoqaraşi hamda savodxonligini oşirişdagi missiya qay tomondan va qay darajada amalga oşirilayotganining natijasini yaqin vaqt içida hayotning özi körsatib beradi.

Rasmiy maʼlumotlarga köra, mamlakatimizda 2010 yilda 649 ta gazeta naşr etilgan bölsa, 2025 yilga kelib ularning soni 219 taga tuşib qolgan.

Raqamlar qançalik oğriqli bölmasin, mafkura sohasidagi hayot-mamot jangida faqat kuçlilargina tirik qolayotgani aççiq haqiqatdir.

Namangan viloyati hokimligining naşri bölmiş “Namangan haqiqati” gazetasi mana 108 yildirki, uzluksiz va betöxtov çop etib kelinmoqda. Töğri, orada goh unday, goh bunday vaziyatlar bölib turdi. Lekin bundan tört yil avval şaxsan viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzoqovning eʼtibori sabab viloyat “Matbuot uyi” taʼmirlanib, zamonaviy qiyofa kasb etgani bir tomondan kutilmagan ğamxörlik bölsa, ikkinçi tomondan, 2025 yilning aprel oyida yoş va serğayrat, yangilikka intiluvçan Xurşidbek Fayziyevning boş muharrir etib tayinlanişi “Namangan haqiqati”ga ikkinçi umrni bağişladi.

Biz bolaligimizdan “Tarixni xalq yaratadi” degan aqidaga işonib yaşaganmiz. Ammo hayotning özi tarixni taşabbuskor va uddaburon rahbarlar, yetakçilar yaratadi, degan xulosaga olib keldi. Bu fikrimizning isbotini respublikamiz miqyosidan tortib, viloyatimiz va tahririyatimiz faoliyatidagi tub burilişlar, özgarişlar hamda ilgari faqat orzu qilib yurganlarimizning real voqelikka aylanganida körişimiz mumkin.

Jurnalist ota nonini yeb, kitob va gazetalar orasida ulğaygan, bolaligi tahririyat yölaklarida ötgan Xurşidbekning tomirlarida jurnalistikaga va matbuotga bölgan muhabbat tuğma şakllangan, desak, mubolağa bölmaydi. U viloyat naşriga kelgunga qadar “Namangan sadosi”, “Maʼrifat gulşani”, “Xalq irodasi” gazetalarida tajriba orttirdi. “Namangan haqiqati” tahririyatiga esa yangi loyihalar va ğoyalar bilan kirib keldi. U boş muharrirlikka tayinlangan ilk kunlaridanoq, mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda, xodimlarning maoşini oşirişdan iş boşladi. Mana, oradan bir yarim yil ötgan bölsa-da, tahririyatdagi islohotlar bir lahza ham töxtagani yöq.

Yangi rahbar — yangiça ob-havo, yangiça kayfiyat va yangiça rejalar degani haqiqat ekan. Keyingi davrda gazetaning şaklu şamoyilidan tortib, tahririyat xonalari, yölaklari va hovlisigaça özgaça qiyofa kasb etgani — közlarni quvnatib, köngillarni yayratgani ham rost. Gazetamiz “bağri” kengaygani, tahririyat xonalari ğayratli yoşlar bilan gavjumlaşgani odamni xursand qiladi.

Tahririyatning iqtisodiy bazasini mustahkamlaş niyatida marketing bölimi taşkil etildi. Moliya-iqtisod va obuna bölimlari faoliyat yurita boşladi.

Yangi boş muharrir taşabbusi bilan gazeta “A2” formatdan “A3” formatga ötib, 24 sahifada (baʼzan 32 sahifada ham çiqadi) çop etilmoqda. Mavzular doirasining behad xilma-xilligi, dizaynerlar isteʼdodi, maqolalarning dolzarbligi va qiziqarliligi haqida har qança gapirsak, maqtansak arziydi. Sahifalar ijodkorning isteʼdodini namoyon etişga çoğlanib, ijod qilişga undayotganday. Va yana eng muhimi, rahbariyat tomonidan qalam ahliga körsatilayotgan eʼtibor va ğamxörlik. Yuqorida bejizga “maroqli mehnat” demadik. Axir ozmi-köpmi qilayotgan ijodingiz qadrlanişi, munosib eʼzozlaş tamoyillari amalga oşirilayotgani qaysi xodimga xuş yoqmaydi, deysiz?

— Ijodkorning köngli nozik böladi, — dedi boş muharrir. — Avvalo, xodimga yetarliça şart-şaroit yaratib beriş lozim. Keyin undan samarali iş talab etiş kerak. Qolaversa, tozalik va şinamlik, har tomonlama qulayliklar, moddiy va maʼnaviy ğamxörliklar xodimlarning kayfiyatini kötarib, işçanlik qobiliyatini oşiradi. Bu omillar esa gazetamiz sahifalarida öz aksini topadi. Uning çiroyli va öqişli bölib, muxlislari köpayişiga asos böladi.

Matbuot — xalq bilan hokimiyat örtasidagi köprikdir. Qaçonki bu vazifa tölaqonli ado etilsa, yaʼni el-yurt dardu quvonçi, muammosi va yutuqlari gazeta sahifalaridan joy olsa, katta-kiçik rahbarlarning nazariga havola qilinsa va munosib yeçimini topsa — bunday naşrning hurmati va martabasi oşaveradi. Buning uçun esa boş muharrirda ötkir zehn va ötkir qalam bilan birga şijoat, jurʼat hamda jasorat mujassam bölişi kerak. Jaydari til bilan aytganda: “Toğ Sulaymonning oldiga kelmasa, Sulaymon toğning oldiga borişi lozim”. Viloyatning birinçi rahbaridan tortib örinbosarlarigaça, tuman va şahar hokimlari, boşqarma boşliqlari eşiklari çertilib, gazeta sahifalariga jalb etilişi, ular bilan mazmunli muloqotlar olib borilişi — eng avvalo, örtadagi közga körinmas devorni yiqitgan bölsa, qolaversa, katta-kiçik mansabdorlarning matbuot bilan hamkorligini tiklamoqda. Yana eng muhimi, çekka-çekka joylarda ham Yangi Özbekiston böylab olib borilayotgan barça sohalardagi olamşumul islohotlar jarayoni ommaga taqdim etilmoqda.

Butun umrini ilm-fan rivojiga bağişlayotgan zakiylar, fidoyi olimlar, öttiz yoşga yetmay ilm çöqqisini zabt etayotgan iqtidorlar, oddiy va buyuk mehnatkaş insonlar, hayotini jurnalistikaga safarbar etgan, ammo özi umrida bir marotaba ham gazetaga çiqmagan hamkasblarimiz — “Namangan haqiqati”ning doimiy qahramonlari va mehmonlaridir. Namangan viloyatining har bir kuni, har bir soati satrlarga joylanib, tarixga muhrlanmoqda.

Sidqidildan qilingan harakatlar va intilişlar, albatta, özining şirin mevalarini bera boşladi. Viloyat hokimining bevosita yordami, olib borilgan tarğibot işlari va tahririyat xodimlarining jonbozligi tufayli yangi yil boşida gazeta salkam 11 000 nusxada çop etila boşlandi, ikkinçi yarim yillikda esa — qariyb 8 000 nusxada. Hali oldinda yanada ulkan loyihalar ijrosi kutib turibdiki, ularning röyobga çiqişiga aslo şak-şubhamiz yöq.

Kezi kelganda bir narsani taʼkidlaşni istardik: “Namangan haqiqati” viloyatda otaxon gazetalik burçini ham muvaffaqiyatli bajarayotgani eʼtirofga loyiq. Tuman hokimlarining matbuotga jalb etilişi ularni qaysidir darajada öz naşrlariga ham eʼtibor qaratişga undamoqda. Endilikda tuman hokimliklarining naşrlarida ham yangilaniş, uyğoniş va ijodiy faollik sezilmoqda.

— Avvalo, Prezidentimiz va viloyatimiz hokimi tomonidan ommaviy axborot vositalarining oçiqlik, şaffoflik va xolislik tamoyillari asosida faoliyat yuritişiga doimiy eʼtibor qaratilayotgani hamda amaliy qöllab-quvvatlanayotgani — biz uçun katta imkoniyat va masʼuliyatdir. Ana şu işonçdan samarali foydalanib, hamjihatlik ruhida iş olib boriş ustuvor vazifamiz bölişi lozim, — dedi boş muharrir Xurşidbek Fayziyev. — Rahbarlar bilan matbuot örtasida mustahkam hamkorlik yölga qöyilgan joyda axborot siyosatida barqarorlik, işonç va tizimlilik yuzaga keladi. Masʼullar bilan oçiq muloqotlar, jurnalistlar bilan doimiy aloqalar nafaqat jamoatçilikni xolis axborot bilan taʼminlaydi, balki yurtimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy islohotlarning asl mazmun-mohiyatini xalqqa töğri yetkazişga xizmat qiladi.

Ha, bor kuçingni ayamay, zavq bilan işlaydigan, ijod qiladigan zamonga yetib kelganimizga köz tegmasin. Endilikda “Namangan haqiqati” viloyat gazetasi tahririyati jamoasi tom maʼnoda qaddini baland tutib, ham maʼnaviy, ham moddiy jihatdan yuksalib bormoqda, desak, quruq maqtovga yöyişmaslar degan umiddamiz. Hamdu sano aytib, birovga yaxşi köriniş ilinji bizning yoşga ham, mavqega ham töğri kelmaydi. Bu — kuzatuvlarimiz, tahlillarimiz va şu qaynoq jarayon iştirokçisi ekanimizning xulosasi, xolos.

Risliqxon MAJNUNOVA,

Özbekiston Respublikasida xizmat

körsatgan jurnalist,

“Oltin qalam” xalqaro tanlovi

milliy mukofoti sohibasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan