Sud adolati endi bir qadam yaqin
Masofadan murojaat va videokonferensaloqa imkoniyatlari
Raqamli texnologiyalar hayotimizning barça sohalariga çuqur kirib borayotgan bugungi kunda sud tizimi ham bu jarayondan çetda qolmadi. Endilikda fuqaro yoki tadbirkorning öz huquqini himoya qiliş uçun soatlab navbat kutib, uzoq yöl bosib sud binosiga borişiga hojat yöq: köplab masalalarni uy yoki ofisdan çiqmasdan, elektron tizimlar orqali hal etiş mumkin. Uşbu maqolada sudga masofadan turib murojaat qiliş hamda sud majlislarida videokonferensaloqa tizimi orqali iştirok etiş tartibini körib çiqamiz.
Sudga elektron tarzda murojaat qiliş
Fuqarolar, taşkilotlar yoki ularning vakillari sudga uç xil usulda: şaxsan, poçta orqali yoxud elektron şaklda murojaat qilişlari mumkin.
Elektron murojaatni yöllaş uçun “cabinet.sud.uz” maxsus şaxsiy kabinet tizimidan foydalaniladi.
Özbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 4-moddasida belgilanişiça, sudga murojaat quyidagi şakllarda amalga oşiriladi:
fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan nizolar böyiça — daʼvo arizasi şaklida;
buyruq tartibida iş yuritiş va alohida tartibda yuritiladigan işlar böyiça, şuningdek, uşbu Kodeksda nazarda tutilgan boşqa hollarda — ariza şaklida;
apellyatsiya, kassatsiya hamda tegişli taftiş instansiyasi sudlariga murojaat qilinganda — şikoyat (protest) şaklida.
Daʼvo arizasi Fuqarolik protsessual kodeksining 189-moddasida belgilangan talablarga muvofiq rasmiylaştirilişi, unda murojaat qiluvçining töliq ism-şarifi, manzili, daʼvoning mazmuni va huquqiy asoslari körsatilişi, şuningdek, davlat boji tölanganligi haqidagi kvitansiya hamda boşqa zarur hujjatlar ilova qilinişi lozim.
Murojaat yuborilgandan söng uning körib çiqiliş holatini kuzatib boriş ham osonlaşgan. Buning uçun Oliy sudning interaktiv xizmatlar portalidagi (“my.sud.uz”) “Onlayn kuzatuv” elektron xizmati yoki şaxsiy kabinet (“cabinet.sud.uz”) orqali quyidagi maʼlumotlarni oliş mumkin:
murojaat qaysi sudga yönaltirilgani;
iş qaysi sudyaga biriktirilgani;
murojaatning körib çiqiliş bosqiçi (qabul qilingan, körib çiqilayotgan yoki rad etilgan);
tayinlangan sud majlisining sanasi.
Sud majlisining aniq kuni va vaqti haqida “jadval.sud.uz” veb-sayti yoki “Sud majlislari jadvali” rukni orqali xabardor böliş mumkin.
Videokonferensaloqa orqali sud majlisida iştirok etiş
Qonunçilikda belgilangan hollarda taraflar va işda iştirok etuvçi boşqa şaxslar sud binosiga bormasdan, videokonferensaloqa (“VKS”) rejimida masofadan turib sud majlisida qatnaşiş huquqiga ega.
Bu imkoniyat, ayniqsa, boşqa tuman yoki viloyatda yaşovçi fuqarolar, uzoq hududlardagi guvohlar va ekspertlar, şuningdek, jazoni ijro etiş muassasalarida saqlanayotgan şaxslar uçun katta qulaylik yaratmoqda.
“VKS” tartibida iştirok etiş uçun quyidagi texnik talablarga rioya qilinişi lozim:
barqaror internet aloqasi;
kamera va mikrofon bilan jihozlangan kompyuter yoki smartfon.
Mazkur tizim mobil ilova orqali ham işlaydi — fuqaro sud binosiga kelmasdan, öz telefoni yordamida ham majlisga ulanişi mumkin. Iştirok etiş tartibi haqidagi batafsil yöriqnoma Oliy sudning rasmiy axborot resurslarida joylaştirilgan.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, davlat sirini yoki qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirlarni saqlaş zarurati bölgan yopiq sud majlislarida videokonferensaloqa rejimidan foydalanişga yöl qöyilmaydi: bunday sud majlislari faqat anʼanaviy tartibda, bevosita sud binosida ötkaziladi.
Bu nima beradi?
Sudlar faoliyatining raqamlaştirilişi bir qator afzalliklarga ega:
Birinçidan, vaqt va mablağni sezilarli darajada tejaydi: fuqarolar ortiqça yöl xarajatlaridan hamda iş joyidan ajralib qolişdan xalos böladi.
Ikkinçidan, oçiqlik va şaffoflik taʼminlanadi: taraflar sud jarayonining borişini bevosita onlayn tarzda kuzatiş imkoniyatiga ega böladi.
Uçinçidan, olis va çekka hududlarda yaşovçi, salomatligi tufayli yoki boşqa sabablarga köra sudga şaxsan kela olmaydigan fuqarolar uçun odil sudlov yanada tez, arzon va qulay tarzda amalga oşiriladi.
* * *
Zamonaviy axborot tizimlari sud adolatini fuqarolarga yanada yaqinlaştirmoqda. Endilikda har bir şaxs “cabinet.sud.uz” orqali ariza yuborişi, uning holatini onlayn kuzatişi va zarur hollarda öz uyidan çiqmasdan, videokonferensaloqa tizimi orqali sud majlisida iştirok etişi mumkin. Bularning barçasi sud tizimidagi islohotlarning amaliy samarasi bölib, kelgusida bunday raqamli imkoniyatlar kölamining yanada kengayişi kutilmoqda.
Bu haqda “sud.uz”, “my.sud.uz”, “cabinet.sud.uz” elektron platformalari orqali batafsil maʼlumot oliş mumkin.
Sobir NABIYEV,
Fuqarolik işlari böyiça
Jizzax tumanlararo sudining raisi.
Abdulaziz MUSTAFOQULOV,
Fuqarolik işlari böyiça
Jizzax tumanlararo sudining
devonxona mudiri.
