Istiqlol qahramonlari va Yangi Özbekiston bunyodkorlari

Inson taqdiri uni kamolga yetkazgan zamin, uning tarixi va ertangi kuni bilan uzviy boğliq. “Vatan tayançi” harakatining ramziy nişonini köksimga taqqan, ona yurtimizning ozodligi va tinçligini eng oliy qadriyat deb bilgan yoş sifatida, men uçun qahramonlik tuşunçasi avlodlar örtasidagi uzluksiz burç, maʼnaviy masʼuliyat va yurt koriga yaraş ehtiyojidir.

Istiqlol osmoni bir keçada musaffo bölib qolgani yöq. Bugungi osuda tonglarimiz, erkin nafasimiz ortida ne-ne ajdodlarimizning matonati, fidoyiligi yotibdi. Tarix sahifalarini varaqlar ekanmiz, Vatan ozodligini öz jonidan ustun qöygan Spitamen va Jaloliddin Manguberdi kabi bahodirlar, millatning közini oçiş, uni maʼrifatli va hur qiliş yölida jonini fido qilgan Mahmudxöja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori singari jadid bobolarimizning siymosi köz öngimizda gavdalanadi. Ular öz davrida çinakam istiqlol qahramonlari edi: biri qöliga qiliç olib sarhadlarni himoya qilgan bölsa, boşqasi qalam va ziyo bilan millat ruhiyatini mustamlakaçilik kişanlaridan qutqarişga bel boğlagan. Ularning orzusi bitta edi: hur, erkin va qudratli Vatan.

Bugun esa qahramonlik tuşunçasi öz şaklini yangiladi, ammo uning mohiyati — Vatanga sadoqat özgarmadi. Yangi Özbekiston davrida qahramon böliş uçun jang maydoniga çiqiş şart emas; bugungi kuraş — ilm-fan, innovatsiyalar, intellektual salohiyat va tafakkur maydonida keçmoqda. Yangi Özbekistonning bunyodkorlari kimlar? Ular — keça-yu kunduz laboratoriyalarda izlanib, ilmiy kaşfiyotlar qilayotgan yoş olimlar, startaplari va raqamli texnologiyalari bilan dunyo bozoriga çiqayotgan IT-mutaxassislar, jamiyatdagi oğriqli muammolarni hal etiş uçun taşabbus körsatayotgan ijtimoiy loyiha mualliflari hamda xalqaro sport arenalarida yurtimiz bayroğini baland kötarayotgan çempionlarimizdir.

Xalqaro fan olimpiadalarida oltin medallarni qölga kiritayotgan tengdoşlarim, sunʼiy intellekt va yaşil energetika sohasida innovatsion işlanmalar yaratayotgan talabalar, dunyoning eng nufuzli minbarlarida davlatimiz şarafini himoya qilayotgan şaxmatçi va kuraşçilarimiz — aynan ular zamonamizning zafarnomasini yozayotgan bunyodkorlardir. Ularning har bir yutuği, har bir taşabbusi jadid bobolarimiz orzu qilgan “kuçli va maʼrifatli millat” timsolining amaliy ifodasidir.

Qahramonlikning eng gözal jihati — uning avlodlar örtasidagi vorisiyligidadir. Sirdaryoning bağrida, ixtisoslaştirilgan maktabda tahsil olar ekanman, “Vatan tayançi” saflarida turib bir haqiqatni teran angladim: buyuk ajdodlarning merosxöri böliş — faqat ular bilan faxrlaniş emas, balki ularga munosib böliş masʼuliyatidir. Jadidlarning maʼrifatparvarligi, Manguberdining yengilmas ruhi biz — bugungi yoşlarning qalbida qatʼiyat, öz ustimizda tinimsiz işlaş va yurt taraqqiyotiga hissa qöşiş istagi sifatida yaşaşi kerak.

Xulosa qilib aytganda, keçagi istiqlol qahramonlari bizga ozod Vatanni omonat topşirgan bölsa, bugungi Yangi Özbekiston bunyodkorlari bu omonatni dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatoriga olib çiqişga masʼuldir. Men va mening safdoşlarim — “Vatan tayançi” yoşlari bu masʼuliyatni şaraf bilan his qilamiz. Bizning kuçimiz — çuqur bilimda, innovatsion fikrlaşda va qalbimizdagi çeksiz vatanparvarlik tuyğusidadir. Yangi Özbekistonning ertangi kuni aynan şunday bunyodkor, qalbida milliy ğurur va ezgu maqsadlar bölgan yoşlar qölida mustahkamdir.

Muştariy Qurbonaliyeva,

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani

ixtisoslaştirilgan maktabining

11-sinf öquvçisi,

“Vatan tayançi” otryadi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan