Pokiston matbuoti: Özbekiston taraqqiyotining muhim va yangi bosqiçi haqida
Pokistonning nufuzli “Daily Ittehad” gazetasi, şuningdek, “TNS.World” hamda “Daily Big Digit” naşrlarida “Umumiy kelajak jamiyati” tadqiqot markazi ijroçi direktori, “Oltin qalam” milliy mukofoti sohibi Xolid Taymur Akramning “Özbekistonning yangi infratuzilma taraqqiyoti: mintaqaviy iqtisodiy qudrat poydevorini barpo etiş” sarlavhali tahliliy maqolasi eʼlon qilindi.
Maqola muqaddimasida taʼkidlanişiça, Özbekiston öz iqtisodiy taraqqiyotining muhim va yangi bosqiçiga qadam qöymoqda. Mamlakat yöllar, elektr tarmoqlari, temir yöllar, qayta tiklanuvçi energiya manbalari, suv taʼminoti tizimlari va şahar infratuzilmasiga salmoqli investitsiyalar kiritmoqda. Uşbu loyihalarning ahamiyati jismoniy infratuzilmani barpo etiş bilan çeklanib qolmay, savdo, investitsiyalar, sanoat va mintaqaviy boğliqlikni yanada mustahkamlaş uçun zarur poydevor yaratayotgani qayd etilgan.
Pokistonlik ekspertning fikriça, bu saʼy-harakatlar kölami mamlakat investitsiya körsatkiçlarida ham öz aksini topmoqda. Jumladan, Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2025 yilda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 591,1 trillion sömni taşkil etib, 2024 yilga nisbatan 10,5 foizga oşgan. Mazkur mablağning 33,5 milliard dollari xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga töğri kelgan.
“Mazkur investitsiyalar yuqori iqtisodiy ösiş şaroitida amalga oşirilmoqda. Jahon banki maʼlumotlariga köra, Özbekistonning real yalpi içki mahsuloti 2025 yilda 7,7 foizga ösgan, 2024 yilda esa bu körsatkiç 6,7 foizni taşkil etgan. Iqtisodiy ösiş va infratuzilmaga investitsiyalarning bunday uyğunligi muhim ahamiyatga ega, çunki zamonaviy infratuzilma korxonalarga tovarlarni taşiş, işonçli energiyadan foydalaniş hamda içki va xalqaro bozorlarga samarali çiqiş imkonini beradi”, – deb yozadi Taymur Akram.
Maqolada transport infratuzilmasi taraqqiyot jarayonining eng asosiy yönalişlaridan biri sifatida eʼtirof etilgan. Hukumat içki temir yöl tarmoğini rivojlantiriş böyiça beş yillik dasturni eʼlon qilgani, unga köra 2026 yildan boşlab qöşimça 500 kilometr temir yöl qurilişi, şuningdek, yuqori tezlikdagi temir yöl qatnovlarini yölga qöyiş va yirik vokzallarni modernizatsiya qiliş rejalaştirilgani urğulangan.
Xalqaro hamkorlar ham uşbu transformatsiyani faol qöllab-quvvatlayotgani qayd etilgan. Xususan, 2026 yil mart oyida Jahon banki Surxondaryo viloyatida transport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş uçun 200 million dollarlik loyihani maʼqullagani, u “M 41” mintaqaviy avtomobil yölagidagi 91 kilometrlik qismni rekonstruksiya qiliş va uni tört qatorli yölga kengaytirişni öz içiga olişi aytib ötilgan.
Maqola xulosasida Özbekistonning geografik joylaşuvi unga Markaziy Osiyoni xalqaro bozorlar bilan boğlaşda tabiiy rol berişi taʼkidlangan. Infratuzilmani takomillaştiriş orqali mamlakat savdo, investitsiyalar va sanoat taraqqiyoti uçun mustahkam poydevor yaratmoqda. Natijada Özbekiston nafaqat içki hududlari örtasida yaxşi boğlangan, balki keng mintaqaviy va global iqtisodiyot bilan ham tobora yaqinroq integratsiyalaşuvçi davlatga aylanib borayotgani eʼtirof etilgan.
“Dunyo” AA.
