“Mrbeast” xuruji
yoxud köçalarda toptalgan viqor
Ikkinçi jahon uruşi yillari. Oçarçilik, yöqsillik va ölim tahlikasi odamlarning tinka-madorini quritgan davrlar.
Keksalarimiz xotirasida öşa maşʼum kunlardagi bir voqea tez-tez eslanadi: turli millat vakillari jamlangan joyda kimdir örtaga bir burda non taşlaydi. Şunda baʼzi millat vakillari oçlikka çiday olmay, yerdagi non uçun bir-birini ğajib, göştni it talaganidek urişib ketadi. Özbeklar esa… özbeklar oçlikdan qorni biqiniga yopişib ketgan bölsa-da, qaddini tik tutib, yerdagi nonga qayrilib ham qaramaydi. Ularning qalbida oçlikdan-da qudratliroq bir kuç — or-nomus, insoniy ğurur va milliy viqor bor edi.
Bugun-çi? Bugun qornimiz töq, ustimiz but, osmonimiz musaffo. Ammo ruhiyatimiz, maʼnaviyatimiz va ğururimiz qay ahvolda?
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarni larzaga solgan, har bir soğlom fikrli özbekning yuzini qizartirib, könglini ğaş qilgan voqea — jahonga maşhur “yutuber”, milliarder bloger “MrBeast” (Jeyms Donaldson)ning Özbekistonga kelişi atrofidagi tafsilotlar fikrimizning aççiq isbotidir. Dunyo miqyosidagi megayulduzning yurtimizga kelişi, tabiiyki, turizm salohiyatimizni körsatiş, Özbekistonning buyuk tarixini millionlab kuzatuvçilarga namoyiş etiş uçun betakror imkoniyat edi. Ammo biz dunyoga nimani körsatib qöydik?
Toşkentdagi pala-partişliklardan söng Samarqanddagi holat hammasidan oşib tuşdi. Diqqat qiling: bu şunçaki oddiy şahar emas. Bu — Imom Buxoriylar, Amir Temurlar, Mirzo Uluğbeklar mangu qönim topgan, Birinçi Renessansga beşik bölgan, tuproğidan avliyolarning nafasi ufurib turadigan muqaddas zamin. Afsuski, mana şu uluğvor qadamjolar yonida minglab yoşlarimiz bitta blogerning ortidan aqldan ozgandek, telbalarça baqirib, maşinasiga yopişib çopib yurişdi. Olomon içida bir-birini tepib, ustiga çiqib ketganlarni, blogerning eʼtiborini tortiş uçun har qanday tubanlikka rozi bölayotganlarni körib, yoqa uşlaysiz. Odamlarimizga nima bölyapti özi? Qonimizdagi öşa öziga bek, öziga xon bölgan ğururli millatning qiyofasi qayerda qoldi?
Aslida, kimgadir muxlislik qiliş, uning ijodini kuzatiş va undan zavqlaniş — tabiiy holat. Madaniyatli inson öz kumirini qadrlaydi, lekin uning oyoği ostiga özining ğururini, insoniy viqorini taşlamaydi. Xöş, nega bizning yoşlar şu darajaga tuşib qoldi?
Bu yerda olomon psixologiyasi va virtual yaqinlik illyuziyasi (parasotsial munosabatlar) öz sözini aytdi. Olomon içida inson öz şaxsiy masʼuliyatini, aql-idrokini yöqotadi va “Hamma yuguryapti, men ham yugurişim kerak” degan ibtidoiy instinktga böysunadi. Qolaversa, yoşlar bu blogerni uzoqdagi yulduz emas, har kuni ekran orqali ularga qarab kuladigan “yaqin dösti” deb qabul qilgan. Bu soxta yaqinlik hissi real hayotda barça ijtimoiy va madaniy çegaralarni buzib yubordi.
Iqtisodiy va maʼnaviy tomondan qarasak, manzara yanada açinarli. “MrBeast” şunçaki qiziqarli videolar oladigan yigit emas, uning butun brendi “oson boyib ketiş” va tekin pul tarqatişga qurilgan. Samarqand köçalarida yugurgan yoşlarning ong ostida, özlari anglamasa-da, osmondan tuşadigan möʼjizaviy boylikka, qandaydir “tasodif”ga ilinj yotibdi. Bu esa jamiyatimizda uzoq yillik halol mehnat qilib pul topişdan köra, bitta omadli tasodif orqali hayotni özgartirib yuborişga bölgan mayl xastalik darajasiga çiqqanini körsatadi. Ular “yutuber”ga emas, göyoki jonli lotereya biletiga talpinişdi.
Maʼnaviy jihatdan biz zamonaviy qahramonlar böşliğini boşdan keçiryapmiz. Yoşlarga Amir Temur, Uluğbek, Xorazmiylar haqida qançalik köp gapirmaylik, ular uçun bu siymolar tarix darsliklaridagi qotib qolgan marmar haykallardek tuyulmoqda. Biz bugungi yoşlar tilida gaplaşadigan, ularni ilhomlantiradigan tirik, zamonaviy milliy timsollarni yarata olmadik. Böşliq esa heç qaçon böş qolmaydi: özimizning qahramonlarimiz bölmas ekan, ularning örnini xorijning ana şunday şoumenlari osongina egallab olaveradi.
Eng açinarlisi, “MrBeast” bunday olomon xurujiga hatto Hindistondek aholisi öta ziç mamlakatda ham duç kelmagan edi. Biz esa özimizni şunday tutib berdikki, mehmonning özi şaxsiy sahifasida oçiqçasiga şunday yozişga majbur böldi: “Rostini aytsam, Özbekiston men körgan eng aşaddiy muxlislar bazasiga ega ekan. Bu aql bovar qilmas holat. Menimça, bu yerda ön mingdan ortiq odam bor. Ular şunçaki maşinamiz ortidan ergaşib kelişyapti. Signal ovozi heç tinmayapti… Balki, mening bu yerda bölişim mamlakat uçun ortiqça bosim tuğdirayotgandir. Hattoki qöriqçim ham xavotirga tuşib qoldi. Ehtimol, ketişimizga töğri kelar…”
Mehmon andişa qilib, muloyimroq gapirdi. Aslida, u “Bu yerda aqlini yöqotgan olomon yurgan ekan” demadi, xolos. Natija nima böldi? Samarqand köçalarida maşinasidan tuşganida özi va rafiqasiga odamlar talon-toroj qilgudek yopişgani, qöllari tilingani haqidagi xabarlar ham quloğimizga çalindi. U Buxoro va Xivaga möljallangan safarini bekor qilib, aniqroği, qoçib ketdi. Biz esa bitta selfi, bitta video uçun millatning mehmondöstlik madaniyatini, şaʼni va maʼnaviyatini oyoqosti qilganimiz bilan qoldik. Kimdir ijtimoiy tarmoqda: “MrBeast” menga layk bosdi, obunamni qabul qildi!” — deb kökragiga urib maqtanyapti. Nahotki bugungi avlodning eng oliy orzusi va yutuği şu darajaga tuşib qolgan bölsa?
Agar vaziyatga çuqurroq va falsafiy-diniy nuqtai nazardan qarasak, odamni dahşat bosadi. Agar bugun odamlar internetda pul tarqatadigan bitta oddiy blogerning ortidan şunçalik siğinib, aql-huşini yöqotib ergaşsa, ertaga… ertaga öliklarni tiriltiradigan, qurib yotgan daştlarni yaşnatib, osmondan yomğir yoğdiradigan Dajjol kelsa, bu olomon nima qiladi? Bitta layk va surat uçun özligini unutayotgan bu manqurtlaşgan qatlam Dajjolning “karomat”larini körgaç, iymonini bir lahzada sotib yubormaydimi? Şunçalik xorlikka yuz tutyapmizmi?
Bu voqea ota-onalar uçun juda katta bong qönğiroği bölişi şart. Bir bolaga qaysidir internet qahramoni şu darajada ilohiylaşib, fanatlik darajasiga yetişi uçun uning videosini bir-ikki marta köriş kamlik qiladi. Demak, yoşlar yillar davomida uning kontenti bilan yaşamoqda. Bu esa bugungi ota-onalar farzandi virtual makonda kimni kuzatayotgani, kimga ergaşayotgani va kimni öziga ideal bilayotganidan mutlaqo bexabar ekanini anglatadi. Biz şu keça-kunduzda farzandlarimizning ongu tafakkurini yönaltirmayapmiz, ularning şuurini begona qöllar, yot algoritmlar boşqarmoqda.
Öşa Samarqand köçalarida blogerning maşinasiga taşlangan yoşlarning aksariyati, işonçim komilki, öz otasi uzoq safardan yoki işdan qaytganida bu qadar hayrat va hayajon bilan unga peşvoz çiqmaydi, otasining böyniga osilmaydi. Agar şu yoşlar bugun blogerning orqasidan çopgandek ilmning, hunarning, mehnatning orqasidan quvganida edi, ehtimol, ularning özi dunyo taniydigan şaxslarga aylangan bölardi.
Biz keyingi avlodning qornini töyğaziş, egnini but qiliş yölida tinimsiz mehnat qilyapmiz. Biroq ularning nafsini, maʼnaviyatini va tafakkurini töq qilmas ekanmiz, yaqin kelajakda bundan-da battar, boşqariluvçi “zombilar” avlodiga duç kelamiz.
“MrBeast” ertami-keçmi Özbekistonni unutar. Lekin uning videolari va öşa şarmandali kadrlar global tarmoqda yillar mobaynida saqlanib qoladi. Maʼnaviyat va maʼrifatning beşigi bölgan yurtda bunday tanazzulning yuz berişi şunçaki kulgili emas, bu — fojia. Endi özimizga savol beraylik: biz kimlarning avlodi edik va bugun kimlarning orqasidan ergaşyapmiz?
Azim AXTAMOV.
