Raqamli dunyodagi yolğizlik

Agar atrofga diqqat bilan nazar taşlasangiz, nafaqat Toşkentda, balki hamma joyda bir xil manzaraga duç kelasiz: köçada, kafeda yoki xiyobonlardagi örindiqlarda tört-beş nafar döst birga ötiribdi-yu, ammo hammaning nigohi qöl telefonida. Yoxud yoşlar soatlab bitta qahva ustida noutbukka tikilib ötirişadi. Ular yonidagi hamrohi bilan emas, balki virtual dunyo bilan band.

Bularni kuzatib, bir narsa haqida öylab qoldim: biz qaçondan beri jonli muloqotdan köra telefon ekranlariga bunçalik boğlanib qoldik? Internet bizni uzoqdagi insonlar bilan boğladi-yu, biroq yonimizda turgan yaqinlarimizdan uzib qöygandek.

Ilgari odamlar uçraşganda bir-birining yuziga qarab, çin dildan suhbatlaşardi. Hozir esa döstlar yiğilsa ham, taom kelişi bilan uni rasmga olib, “Instagram”ga joylaşadi. Keyin esa sukunat boşlanadi — hamma telefon titkilaşga tuşadi. Dasturxon atrofidagi jonli gurung örnini sovuqlik egallaydi.

Eng açinarlisi, bu holat uyimizga ham kirib keldi. Öqiş yoki işdan qaytgaç, oila davrasida ötirib diydorlaşiş örniga, har kim öz xonasiga kirib, telefonga termiladi. Ota-onamiz yoki bobo-buvilarimiz bilan dildan suhbatlaşişga vaqt topmaymiz-u, lekin internetdagi bekorçi narsalarga soatlab vaqt sarflaymiz. Natijada ijtimoiy tarmoqlarda minglab “dösti” bölgan, ammo hayotda dardlaşişga sirdoşi yöq yolğiz insonga aylanib boryapmiz.

Bundan qutuliş yöli, aslida, juda oddiy: telefonni bir çekkaga qöyib, yonimizdagi inson bilan çin dildan gaplaşiş. Keling, yaqinlarimiz bizga gapirayotganda, közimizni ekrandan uzib, ularning yuziga qaraylik. Çunki heç qanday zamonaviy texnologiya insonning jonli mehri va issiq tabassumi örnini bosa olmaydi.

Oyişa ABDURAHIMOVA,

Özbekiston Milliy

universiteti talabasi.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan