Taklif özimizdan çiqişi kerak
Bu maydonda nima gaplar?
Keyingi vaqtda özbek media muhitida noaniq va bahsli holatlar tobora köpaymoqda. Ayniqsa, tuman va mahalla darajasida professional jurnalistika zaiflaşib, böşab qolgan axborot maydonini heç kim oldida kasbiy masʼuliyati bölmagan manbalar egallayotgani taşvişlidir.
2019-2026 yillarda Toşkent viloyati hokimining matbuot kotibi — maslahatçisi lavozimida işlab, bir qonuniyatga duç keldim: jamoatçilikni çalğituvçi, asossiz çiqişlari bilan tanilgan blogerlar aynan mahalliy naşr zaiflaşgan, tahririyat muhiti buzilgan hududlardan yetişib çiqmoqda.
Masalaning axborot xavfsizligiga bevosita daxldor tomonlari borligini, muttasil davom etib kelayotgan ayrim mojarolar davlatimiz imijiga salbiy taʼsir körsatayotganini salmoqlab körib, axborot muhitini içidan biladigan soha vakili sifatida tahlil qilib, vaziyatni eng quyi böğindan boşlab bartaraf etişga doir öz takliflarimni bildirmoqçiman. Men ilgari surayotgan yeçimlar OAV faoliyatiga aralaşişni emas, aksinça, tahririyatlarni şaxsga qaramlikdan institut darajasiga kötarişni hamda axborot maydonida professional, masʼuliyatli jurnalistika mavqeini tiklaşni nazarda tutadi.
Eʼtiborli jihati, uşbu takliflarni joriy etiş katta moliyaviy xarajat talab qilmaydi. Qonunosti hujjatlari tartibga solinib, şunday iş olib borişga muassislar tomonidan ruxsat berilsa, 2027 yilda tajriba-sinov (pilot) loyihasi sifatida muayyan viloyatning bir tumani miqyosida sinab köriş mumkin.
Keyingi uç-tört yilda Toşkent viloyatining Qibray va Örta Çirçiq tumanlari, Çirçiq, Nurafşon, Yangiyöl hamda Olmaliq şaharlaridan media maydonida nomaqbul çiqişlar, öylamasdan aytilgan gaplar bilan jamoatçilikni çalğituvçi ayrim blogerlar paydo böldi. Nega aynan şu hududlar? Nega boşqalarida emas? Şu savolga javob izlab, vaziyatni örganişga harakat qildik. Qiziği, ularning barçasida bir umumiy manzarani kördik: mahalliy naşr atrofidagi axborot muhiti inqirozga uçragan. Qayerdadir sobiq muharrir öz lavozimini öğliga topşirgan, yana bir şaharda esa muharrir öz örniga gazetada bir kun ham işlamagan qizini tayinlatişga erişgan. Uçinçi joyda esa yillar davomida muharrir va jamoa örtasida nizoli holat hukm surgan. Oqibatda muharrir işdan ketsa-da, biroq soğlom ijodiy muhit allaqaçon boy berilgan edi. Boşqalarida esa qarindoş-uruğçilik, oilaviy boşqaruv hamda muassis va muharrir qarama-qarşiligi saqlanib qolmoqda.
Bu tasodif emas. Zanjir şunday işlaydi: muharrir lavozimi kasbiy mezon bilan emas, oşna-oğaynigarçilik va qarindoşlik riştalari bilan egallansa, tahririyatga jasoratli va malakali jurnalist kelmaydi. Malakali jurnalisti bölmagan tahririyat hududdagi muammoni birinçi bölib kötarib çiqa olmaydi, öz şahri yoki tumanidagi notöğri gapga öz vaqtida dalil bilan raddiya berolmaydi. Aholining savoli javobsiz qoladi. Javobsiz qolgan savolni esa media maydoniga endi kirib kelayotgan soxta haqiqatparvar ilib oladi.
Davlat axborot siyosatining tuman böğini bunday kuçlar qarşisida ojiz qoldi, ayrim hollarda esa ular bilan çatişib ketdi. Oqibatda aynan şu hududlardan keyinçalik viloyat va respublika miqyosida şov-şuvli, asossiz çiqişlari bilan tanilgan media şaxslar yetişib çiqdi.
Şunday qilib, umumiy mulohazalardan amaliy takliflarga ötaylik.
Muharrir lavozimi şaxsiy vazifaga aylanmasin…
Raqamli davrda mahalliy muharrir ixtiyorida gazeta brendi, sayt, ijtimoiy tarmoqlar, auditoriya, axborot manbalari va reklama bozoriga çiqiş imkoniyati jamlanadi. Uning ahamiyati pasaymadi, aksinça, ortdi. Lekin ayni şu taʼsir vositasi tobora şaxsiylaşib ketmoqda. Yuqoridagi misollar körsatganidek, lavozim meros sifatida farzandga ötadigan joyda tahririyat mustaqil institut emas, balki oilaviy xöjalikka aylanadi.
Axborot maktabi yaratiş boşqa, axborot maydonini öz mulkidek tasarruf etiş tamomila boşqa. Kuçli muharrir öz atrofida şogirdlar, yangi jurnalistlar, tahlilçilar yetiştirsa, haqiqiy ijodiy maktab yaratadi. Agar u ketganda ortidan na kadr, na akkaunt, na manba va na auditoriya qolsa, demak, institut emas, şaxsiy manfaat tizimi şakllangan böladi.
Biroq muammoni “hammani almaştiramiz” degan maʼmuriy rotatsiya bilan hal qiliş xavfli: bu muharrirni öz sözi va nuqtai nazariga ega rahbardan jazodan qörqadigan itoatkor ijroçiga aylantirib qöyadi. Rotatsiya jazo quroli emas, yangilaniş mexanizmi bölişi kerak.
Yeçim. Mahalliy tahririyatlar rahbarlarining faoliyati mustaqil soha ekspertlari iştirokida xolis örganilişi kerak. Muharrir lavozimiga oçiq tanlov orqali tayinlaş, manfaatlar töqnaşuvini oşkor qiliş va istiqbolli kadrlar zaxirasini şakllantiriş tartibi joriy etilsa. Muharrir işini baholaş mezoni esa “hokimiyat haqida neçta ijobiy material çiqardi?” degan yondaşuv bilan emas, balki “tahririyat qanday iqtidorli kadrlarni kamolga yetkazdi, auditoriya işonçi oşdimi, tuşumlar va raqamli aktivlar şaffofmi?” degan talablar bölişi lozim.
Raqamli audit ehtiyoji
Köpgina tahririyatlarda “Instagram”, “Facebook”, “YouTube” tarmoqlaridagi sahifalar muharrir yoki biror xodimning şaxsiy telefon raqami va poçtasiga oçilgan. Sahifaning nomi — gazetaning rasmiy nomi. Kontentni butun jamoa tayyorlaydi. Auditoriya naşrning obrö-eʼtibori hisobiga töplanadi. Ammo parolni tiklaş uçun tasdiqlovçi SMS bir kişining şaxsiy telefoniga keladi.
Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan bu — jiddiy zaiflik. Davlat muassisligidagi naşrning minglab obunaçiga ega rasmiy resursi birgina şaxsning qurilmasiga boğliq bölib qolmoqda. Öşa xodim işdan ketsa, tahririyat bilan nizolaşsa yoki uning qurilmasi buzib kirilsa, kanal bilan birga yiğilgan ulkan auditoriya ham yöqoladi yoxud begona qöllarga ötadi.
Buning uçun barça muharrirlarni ayblaş adolatdan emas: agar rasmiy tartib noqulay bölib, norasmiy yöl qulayroq qilib qöyilgan bölsa, muammo alohida şaxslardan köra kengroq kölamga ega böladi. Vaholanki, platformalarning özida tayyor texnik imkoniyatlar mavjud: “Meta” ham, “YouTube” ham sahifani bir neça xodim turli boşqaruv huquqi bilan yuritişiga şaroit yaratgan. Demak, muammo texnologiyada emas, balki boşqaruv madaniyatida.
Yeçim. Davlat muassisligidagi naşrlarning barça raqamli aktivlari xatlovdan ötkazilib, tahririyatning xizmat poçtasi va telefon raqamiga qayta biriktirilişi kerak. Har bir akkauntda kamida ikki nafar administrator va ikki bosqiçli himoya tizimi joriy qilinsa, maqsadga molik bölar edi. Xodim işdan böşaganda, uning tizimga kiriş huquqi şu kunning özidayoq rasmiy qabul qiliş-topşiriş dalolatnomasi asosida töxtatiladi. Şunda muharrir ketadi — institut esa yaşayveradi.
Tahririyat nomi bilan yiğilgan auditoriya muharrirning şaxsiy merosi emas. U jamoatçilik axborot institutining qimmatli raqamli aktividir.
Noqulay qoidalar
Oqqörğon tumani gazetasi qoşida 12 900 nafar obunaçiga ega kanalimiz bölar edi, unda bir martalik reklama narxi 400 ming sömgaça yetgan. Xaridor tölovni plastik kartaga ötkaziş taklifini berdi. Biz esa davlat muassasasi faoliyatini şaxsiy bank kartasi orqali yuritişni istamadik. Kanal faoliyatini vaqtinça töxtatdik. Garçi auditoriya bor edi, tayyor mahsulot bor edi, talab bor edi. Biroq institutsional, rasmiy hisob-kitob mexanizmi yöq edi.
Bu yerdagi mantiq juda oddiy: qonuniy yöl bölmasa, halol odam işni töxtatadi, noxolisi esa xufiya davom ettiraveradi. Mablağ şaxsiy kartalarga tuşadi, asta-sekin “iş içida iş” şakllanadi, tahririyat esa yana “mablağ yöq” deb qöl qovuştirib ötiraveradi. Holbuki, tölov infratuzilmasi allaqaçon mavjud: 2026 yil 1 iyuldan yuridik şaxslar uçun yagona “UzQR” tizimi amaliyotga kiritilgan. Faqatgina mahalliy tahririyatning ustavi, faoliyat yönalişlari va hisob-kitob tartibini uşbu zamonaviy imkoniyatlarga moslaştiriş talab etiladi, xolos.
Yeçim. Mahalliy OAV uçun reklama va raqamli xizmatlardan keladigan tuşumlarni rasmiy hisobvaraq orqali qabul qiliş hamda tahririyat moddiy-texnik bazasini rivojlantirişga yönaltirişning namunaviy modeli işlab çiqilişi kerak. Unda reklama mahsulotlarini tahririy kontentdan aniq ajratib körsatiş talabi ham qatʼiy belgilanişi lozim. Maqsad naşrni oddiy savdo nuqtasiga aylantiriş emas, balki allaqaçon şakllangan mahalliy media bozorini şaxsiy kartalardan rasmiy tahririyat iqtisodiyotiga ötkazişdir.
Matbuotga dalillarni qaytariş kerak
Tuman jurnalisti (boşqa jurnalistlar ham — B.Q.) bevosita odamlar bilan işlaydi, ammo oçiq raqamlar va aniq dalillar bilan işlaşning tizimli könikmasiga ega emas. Statistika idorasida ham, hokimlikda ham maʼlumotlar yetarli, biroq ular jurnalistning kundalik iş quroliga aylanmagan. Prezidentimizning 2026 yil 10 sentyabrdagi PF-190-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Statistikani rivojlantiriş — 2030” milliy strategiyasi aynan maʼlumotlar oçiqligi va işonçliligini oşirişni maqsad qilgan. Demak, markazda siyosiy iroda va tizim bor, tumanda esa uni jurnalistga yetkazib beruvçi işçi zanjir yöq.
Buning oqibati axborot maydonida yaqqol körinadi. Raqam va faktlarga tayanmagan jurnalist faqat his-tuyğu va taassurot bilan çeklanadi, taassurotlar maydonida esa doimo arzon şov-şuv ustalari ğolib çiqadi. Soxta haqiqatparvarning kuçi dalilda emas, balki rasmiy dalillarning yöqligidadir. “Tuman sanoati ösdi” degan quruq raqamning özi hali tölaqonli material emas; biroq uning ortida qaysi yangi korxona, neçta yangi iş örni va qança oilaning farovonligi turganini tahlil qilib bergan mahalliy jurnalist har qanday asossiz iddaodan ustun turadi.
Yeçim. Tuman statistika bölimi tomonidan har oylik, çoraklik va yarim yillik statistik körsatkiçlarni mahalliy naşrga majburiy tarzda taqdim etib boriş tartibi joriy etilişi zarur. Şuningdek, viloyat statistika boşqarmasi çorakda bir marta hududiy muharrirlar uçun viloyatning umumiy iqtisodiy-ijtimoiy statistikasini muntazam yetkazib turişi lozim. Zero, har bir hodisaning mohiyati qiyoslaganda körinadi. Muharrir qöşni hududlar bilan ahvolni qiyosiy tahlil qilib, çuqur kontent tayyorlaşi uçun bu muhim omildir. Bu tartib jurnalistni har bir raqamni rasmiy xat orqali sörab yuriş ovoragarçiligidan xalos qiladi hamda mahalliy axborot muhitiga dalillar ustuvorligini qaytaradi.
Hududlarda islohotlar arxivi izsiz yöqolmoqda
Bitta tuman matbuot kotibining telefonida bir yil içida minglab foto va videomateriallar jamlanadi: yöl qurilişi, yangi maktab binosi, mahalla köçasining avvalgi qiyofasi, keksa avlod vakillari bilan suhbatlar… Bugun bular faqat ijtimoiy tarmoq kontenti bölsa, öttiz yildan söng bebaho tarixiy hujjatga aylanadi. Ammo telefon almaşadi, matbuot kotibi işdan ketadi; ijtimoiy tarmoqda post qolsa-da, uning yuqori sifatli asl fayli, muallifi, olingan sanasi va aniq joyi yöqoladi.
Huquqiy asos mavjud: 2025 yil 24 noyabrdagi PF-228-son Farmon arxiv işini raqamlaştirişni, Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 30 iyundagi 352-son qarori esa arxiv hujjatlarini Yagona milliy arxiv axborot tizimida saqlaşni belgilab bergan. Demak, muammo qonunçilikda emas, kundalik amaliy mexanizmning yöqligida. Elektron materiallarni arxivga topşiriş muddatining uzoqligi (yillik davriylik) ham qimmatli tarixiy kadrlarning şaxsiy telefon xotirasidan öçib ketişiga sabab bölmoqda.
Yeçim. “Özarxiv” agentligi bilan hamkorlikda matbuot xizmatlari va tahririyatlar uçun ixçam “raqamli xotira” tartibi işlab çiqilsa, olam guliston: qimmatli materiallar saralab olinadi, sanasi, joyi, muallifi hamda mualliflik huquqi egasi qayd etiladi va asl nusxa belgilangan qisqa muddatlarda arxivga topşiriladi. Şunda matbuot kotibi faqat bugungi kun posti uçun emas, ertangi tarix uçun ham xizmat qilgan böladi.
Mahalla mediasi bor, lekin…
Bir vaqtlar qişloq va tuman radiouzellari faoliyat yuritgan. Ular asosan tarğibot vazifasini bajargan va bugungi kunda bu eski modelni qayta tiklaşga ehtiyoj yöq. Lekin öşa tizimning bitta katta yutuği bor edi: mahalliy axborot mahalliy aholiga tez va bevosita yetib borardi. Bugun mahalla miqyosida bu vazifa qanday bajarilayotganini heç kim nazorat qilmaydi — köpinça bu maydonni heç kim oldida masʼuliyati bölmagan tarmoq sahifalari egallab olgan.
Har bir mahallaga davlat byudjeti hisobidan bloger ştatini kiritiş samara bermaydi: bu yana quruq hisobot uçun rasmiyatçilik kontentini işlab çiqaradigan tizimni paydo qiladi, aholi esa bunday sunʼiy tarğibotga işonmaydi. Işonçli tarmoq ştat birliklari bilan emas, ijodiy maktab orqali şakllantiriladi.
Yeçim. Tuman tahririyati huzurida mahalla jamoatçi muxbirlari (mediakorrespondentlari) tarmoği taşkil etilsa. Professional muharrir 20-50 nafar faol yoş, öqituvçi va kutubxonaçilar bilan işlab, ularni birlamçi manba bilan işlaş, faktçeking (faktlarni tekşiriş), mediaetika va sunʼiy intellekt yaratgan kontentni farqlaşga örgatadi. Hududlarga doir “Telegram” kanallar şu yöl orqali professional tarmoqqa aylanadi va mahallaga qöşimça daromad keltiradi. Bugungi kunda mahalliy qişloq “Telegram” va “Instagram” kanallarida 3 mingdan 15 ming nafargaça faol auditoriya bor. Ularda reklama va eʼlonlar beriş pulli xizmati yölga qöyilgan bölib, oylik daromad örtaça 3-5 million sömni taşkil etmoqda.
Bu tarmoqning tabiiy tayançi mahalladagi yoşlar yetakçisidir. Yangi ştat oçiş yoki uning vazifalarini qayta belgilaş şart emas: yetakçi faol yoşlarni jarayonga jalb qiladi, tahririyat esa ularni kasbiy jihatdan tayyorlaydi. Bunga ehtiyoj ham, salohiyat ham yetarli. Oqqörğon tumanining Hamid Olimjon nomli mahallasida ötkazilgan dastlabki örganişda “YouTube”, “Instagram” va “TikTok” orqali daromad topayotgan 22 nafar fuqaro aniqlandi; tuman böyiça esa “Instagram” tarmoğida 3 mingdan ziyod obunaçiga ega 100 dan ortiq faol akkaunt işlab turibdi. Bu — videomontaj, dizayn, reklama va “SMM” xizmatlari orqali yoşlar bandligini taʼminlaş uçun tayyor zamin demakdir.
Sunʼiy intellekt keng kirib kelayotgan hozirgi davrda bu ayniqsa muhim. Oddiy kontentni yaratiş arzonlaşgani sari muharrirning qadr-qimmati tez yozişda emas, balki axborotni çuqur tekşiriş, xolis kontekst beriş va yangi avlodni tarbiyalaşda namoyon böladi. Yangi davr tuman muharriri faqat gazeta çiqaruvçi şaxs emas, u tumanning yaxlit axborot maktabini boşqaruvçi soha yetakçisiga aylanişi zarur.
Huquq va axborot
Oxirgi ön yilda axborot sohasidagi qonunçilik tubdan yangilandi. Konstitutsiya yangi tahrirda qabul qilindi, söz erkinligi va OAV kafolatlari kengaytirildi; şaxsga doir maʼlumotlar, blogerlar faoliyati, reklama, OAVni davlat röyxatidan ötkaziş va nazorat qiliş tartiblari bir neça bor takomillaştirilib, vakolatli idoralar qayta taşkil etildi. Biroq uşbu muhim yangilanişlar tahririyatlar va mustaqil kontent yaratuvçilarga sodda, tuşunarli tilda yetkazib berilmadi. Ular uçun yaxlit va qulay amaliy qöllanma tayyorlanmadi.
Oqibat köz oldimizda. Tuman rasmiy axborot böğini rahbari, yaʼni muharrir nimani yoziş mumkin-u, nimani yoziş mumkin emasligini aniq tasavvur qilolmagani bois har qanday ötkir mavzudan özini olib qoçadi, sukut saqlaşni maʼqul köradi. Yoş bloger esa huquqiy çegaralarni bilmagani uçun ularni osongina buzib ötadi: şaxsning şaxsiy maʼlumotlarini oşkor qiladi, tasdiqlanmagan taxminlarni tarqatadi, reklamani xolis yangilik sifatida taqdim etadi. Biri qörquvdan, ikkinçisi bilimsizlikdan xatoga yöl qöyadi. Huquqiy savodsizlik esa ziddiyatlarni kuçaytiradi: sud mojarolari, özaro ayblovlar va media maydonidagi keskinliklar aynan şuning oqibatidir.
Masalaning ikkinçi jihati ham bor: ijtimoiy tarmoqlardagi bahs-munozaralarning aksariyati aniq raqamlarsiz keçmoqda. Aholi, hatto ziyolilar ham viloyatda qanday obʼyektlar bunyod etilganini, iqtisodiy körsatkiçlar qay darajada ösganini va strategik rejalar nimaga qaratilganini yetarliça bilmaydi. Raqam va fakt bölmagan joyda muhokamalar subʼyektiv taassurotga, taassurotlar esa quruq tanqidga aylanib qolaveradi.
Yeçim. Axborot sohasidagi amaldagi qonunçilik normalari böyiça tahririyatlar, matbuot kotiblari va blogerlar uçun qisqa, tuşunarli tildagi amaliy qöllanma tayyorlanib, bepul tarqatilişi, qonunçilikdagi har bir muhim özgarişdan söng yangilab borilişi kerak.
Uşbu qöllanmani kundalik amaliyotga tatbiq etişning samarali şakli — “Viloyat maʼlumotnoma-bloknoti”ni joriy qilişdir. Har bir viloyat özining maxsus bloknotini naşr etadi. Uning muqova va kiriş qismida hududning yillik asosiy ijtimoiy-iqtisodiy körsatkiçlari, ösiş surʼatlari va istiqbolli rejalari aks etadi.
* * *
Uşbu yeçimlarni bir-biridan ayro holda emas, balki yaxlit tizim sifatida, avvalo, bir-ikkita tumanda tajriba tariqasida sinab köriş maqsadga muvofiq bölardi. Çunki ular — yagona zanjirning ajralmas böğinlari: statistika aniq raqamlarni taqdim etadi, jurnalist ularga mantiqiy maʼno bağişlaydi, mahalla muxbiri jonli insonlar va aniq manzillarni topadi, raqamli kanallar materialni keng auditoriyaga yetkazadi, arxiv tizimi uni tarix uçun asrab qoladi, qonuniy daromadlar tizimni moliyaviy jihatdan mustahkamlaydi, muharrir esa butun jarayonning yuksak kasbiy standartini uşlab turadi.
Aytmoqçimanki, bugun bizga navbatdagi rasmiy qaror bilan gazetalarni sunʼiy ravişda saqlab turiş emas, balki ularning erkin ijodiy va iqtisodiy faoliyat yuritişiga şaroit yaratib beriş kerak. Agar muharrirga öz auditoriyasi bilan qonuniy asosda işlaş imkoni yaratilsa, jamiyatda soğlom axborot muhiti qaror topadi, milliy media segmentidagi matnlarning badiiy-estetik va intellektual saviyasi tuşib ketmaydi.
Şu bois maqsad faqat gazetalarni zörma-zöraki tarzda saqlab qoliş emas, balki mahalliy axborot infratuzilmasini tubdan soğlomlaştiriş va tiklaş kerakdir.
Behzod QOBULOV.
