Ibratli hayot sohibi

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz bank tizimida çuqur bilimli, yuqori salohiyatli, yaxşi taşkilotçi bir qator bank rahbarlari yetişib çiqdi. Ularning içida bu tizimning tuman, viloyat va respublika darajalarida fidokorona va halol mehnati bilan köpçilikning hurmatini qozongan Latifjon Nabiyeviç Nabiyev ham bor.

Latifjon aka 1956 yil 19 noyabr kuni Andijonning Eski Haqqulobod qişloğida butun umrlarini maorifga bağişlagan, maktab va maktab-internatlarda öqituvçi hamda rahbar bölib işlagan fidoyi Mamadaliyev Abdunabi domla va Suydixon hoji onalar oilasida dunyoga kelgan. Abdunabi domlaning 40 yillik fidokorona va halol mehnatlari inobatga olinib, maktabga u kişining nomlari berilgan, bilim maskani oldiga haykallari örnatilgan.

Domlaning haykallari poyida maktab öquvçilarining umumiy va tantanali yiğilişlarini ötkaziş allaqaçon ibratli bir udumga aylangan.

U yoğini sörasangiz, özbek sanʼatining buyuk namoyandasi, benazir va oltin ovoz sohibi, mumtoz qöşiqlarning atoqli ijroçisi, Özbekiston xalq hofizi Fattohxon Mamadaliyev Abdunabi domlaning ukalari böladi. Latifjon akaga ham Alloh ajoyib ovoz ato etgan. U kişi amakilari Fattohxon hofiz yaratgan va ijro etgan qöşiqlarning aksariyatini baland pardada hamda qiyomiga yetkazib kuylay oladi.

…Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toşkent politexnika institutini muvaffaqiyatli bitirgan yoş Latifjon mehnat faoliyatini sobiq SSSR Quriliş banki (keyinçalik Sanoat-quriliş banki) Andijon viloyati filialida oddiy mutaxassislikdan boşladi. Işda katta muvaffaqiyatlarga erişgan istiqbolli kadrni 1992 yili mustaqil Özbekistonda yangi taşkil etilgan “Özsanoatqurilişbank”ning Asaka filiali boşqaruvi rahbarligiga tayinlaşdi. U Asaka xalqi, mahalliy hokimiyat, taşkilot rahbarlari va mijozlar örtasida obrö-eʼtiborga sazovor böldi hamda 1994 yili Asaka şahar kengaşiga deputat etib saylandi. Bu orada Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutida ham öqidi.

Asakada işlaş jarayonida Latifjon Nabiyeviç mamlakatimiz sanoati tarixida ulkan voqea hisoblangan Özbekiston avtomobilsozlik tarmoğini yaratişda, uning birinçi va asosiy zavodi bölgan “UzDaewooAuto” Özbekiston — Koreya qöşma korxonasi (ayni paytda “UzAuto Motors”) qurilişining hisob-kitoblarini taşkil qiliş va moliyalaştiriş jarayonlarida faol iştirok etdi. Jumladan, butlovçi qismlar yetkazib beriş böyiça uning xorijiy zavodlar bilan bank operatsiyalarini yölga qöydi.

Yangi korxonani barpo etişning moliya-kredit taʼminoti masalalari va şu sohada bank xizmati körsatişning yuksak darajasini taşkil eta olgan 39 yoşli Latifjon Nabiyeviçni 1995 yili “Özsanoatqurilişbank” boşqaruvi raisining örinbosari lavozimiga kötarişdi. Yoş rahbar mazkur lavozimda işlagan paytida bank faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy etiş, hisob-kitoblarni amalga oşirişda “SWIFT” tizimiga ötiş, mamlakatimiz sanoat korxonalarini modernizatsiya qiliş uçun ajratilayotgan yirik xorijiy kreditlarni oqilona taqsimlaş va işlatiş borasida jonbozlik körsatdi.

Keyin “TURON” aksiyadorlik-tijorat banki boşqaruvi raisining birinçi örinbosari va raisi, Özbekiston Respublikasi “Biznes-fondi” boşqaruv raisining örinbosari, “Özuyjoyjamğarmabank”, “SIBNUR” qöşma korxonasi, “ALSKOM” suğurta kompaniyasi, “TOW Ko LTD” qöşma korxonasi kabi taşkilotlarda masʼuliyatli lavozimlarda samarali mehnat qildi. Ayni paytda mamlakatimizga ekskavator, yuklagiç kabi texnikalar importi bilan şuğullanadigan “POWER EQUIPMENT” xorijiy kompaniyasida mehnat qilmoqda.

Bir paytning özida tadbirkorlik bilan ham şuğullanib, tibbiyot va farmatsevtika sohalarida “TIB” va “TIB DARMON” masʼuliyati çeklangan jamiyatlarini taʼsis etdi va ular hozirda muvaffaqiyatli faoliyat körsatmoqda.

U kişining ota-onaga, ini-singillarga, qarindoş-uruğlarga bölgan yuksak silai rahimiga juda köpçilik havas qiladi. Ota-onalariga alohida ehtirom körsatib, hamişa ularning duolarini olişga harakat qilgan. Jumladan, otalari vafotidan keyin onalari Suydixon hoji ayani yeru kökka işonmay, taʼbir joiz bölsa, boşlariga kötarib yurdilar, mamlakatimizning barça viloyatlariga, ziyoratgohlariga sayohatlarga olib bordilar, eng yaxşi kasalxona va sanatoriylarda dam olişiga şaroit yaratib berdilar. Natijada hoji ona uzoq umr kördilar va umrlarining oxirigaça soğlom hayot keçirdilar.

Abdunabi domla sulolasida Latifjon akaning alohida örni bor. U kişi singillar, ukalar, nevaralar, jiyanlar va boşqa qarindoşlarning barça quvonçu taşvişlaridan hamişa xabardor. Zarur bölsa, hamma işlarini taşlab, darhol qarindoşlar taşvişini hal qiliş bilan şuğullanadi va yordam qölini çözadi.

Latifjon aka öz nomiga juda munosib, haqiqatan ham latif, hamişa çehrasi oçiq va dilbar inson. Döstlar va ulfatlar davrasida alohida örni bor, işonçli va oqibatli döst. Birov bilan döstlaşgan bölsa, u bilan, hatto uning farzandlari bilan ham doimo yaqin aloqada böladi. Yaqinlarining boşiga biror taşviş tuşsa, birinçi bölib yetib keladi va zarur bölsa, ulardan yordamini heç qaçon ayamaydi.

Latifjon hoji aka ibratli oila sohibi. Xonadonning farzandlari, nevaralari aqlli, odobli, tarbiyali, aʼloçi bölib, ularga köpçilikning havasi keladi. Katta farzandi Husanjon — tadbirkor, “OIL Gaz Equipment service” MÇJda katta menejer bölib işlaydi. Ikkinçi öğli Xurşidbek “Özmilliybank”da departament direktori, qizi Zarnigor “AURUM MED” MÇJ direktori bölib mehnat qilmoqda. Birodarimizga 2019 yili muqaddas Haj ziyoratini ado etiş ham nasib etdi.

Alloh Latifjon hoji akaga 10 ta nevara ato etgan. Ularning oldi universitetda, qolganlari maktab va boğçalarda taʼlim olmoqda va tarbiyalanmoqda.

Birodarimiz hayotda köp narsalarga erişgan, obröli, katta-katta lavozimlarda işlagan bölişiga qaramasdan, kamtarligi, xuşmuomalaligi va samimiyati bilan köpçilikning havasini keltiradigan inson. Manmanlik, kibr u kişining tabiatiga yot, kattayu kiçik — hamma bilan bir xil muomala qiladi.

Ayni kunlarda Latifjon aka muborak 70 yoşga kirmoqdalar. Lekin u kişining körinişlariga, ğayrat-şijoatlariga qarab, bunga işonging kelmaydi. Kulib turgan, yaşnab yurgan, oçiq, xuşfeʼl inson, taʼblari kelib qolganda mumtoz qöşiqlarni maromiga yetkazib aytadilar ham.

Latifjon akamizni qutluğ yoşlari bilan muborakbod etamiz va Allohdan u kişining umrlariga, rizqlariga, kasb-korlariga barakalar ato etişini söraymiz.

Ahmad AhrorOV.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan