Tavakkal Qodirov bilan uçraşuvim
Birinçimi, ikkinçimi kursda öqir edim. Qişki kanikulda qişloqqa kelgandim. Bizning qişloqlarda töylar aksariyat qişda bölardi. Bahorda, yozda dala, iş — töyga ruxsat berilmasdi. Xullas, öşa kuni ham töy bor ekan. Bir-ikki sinfdoşlar bilan töyga bordik. Qiş, qor, sovuq. Örtada katta tönkalar yoqib qöyilgan, çarsillab olov çiqadi. Öyinga tuşadiganlar ana şu olovni aylanib gala-gala bölib öynayveradi. Töy egalariga yaqinroq bölsa, 1 söm-2 söm pul qistirişadi, ayollar tomonidan bir belboğ yelkaga taşlab qöyiladi. Xonandaning qöllari, ayniqsa, burni sovuqdan qizarib ketadi. Lekin töxtamay aşula aytadi.
Ne baxtki, öşa töyga Marğilondan, kimsan, Özbekiston xalq artisti, “vodiy bulbuli” Tavakkal Qodirov xizmatga kelgan ekan. Qiziq, öşa vaqtlarda mikrofon bir joyga maxsus örnatilmasmidi yo sanʼatkorlar xalqni aylanib yurib aşula aytarmidi, har qalay, tumonat odam, örtada olov yoqib qöyilgan, sanʼatkor doiraçisi bilan olovni aylanib qöşiq aytardi, “qistir-qistir” ham şu doira atrofida davom etardi. Şunda bir muammo çiqdi: kimdir mikrofonni uşlab turişi kerak, hofiz qayoqqa qarab yursa, şuni möljallab, u ham mikrofon bilan yurarkan. Şunda “kim bu işni qiladi?” degan savol paydo böldi çoği, töyboşi bir lahza öylanib, közlari menga tuşdimi yo kimdir aytdimi, “Toşkentda öqiydi”, degan gapni özim ham eşitdim. Davradan sekin sirğalib çiqa boşlovdim, kattalardan biri: “Ana, ana, ketyaptimi, çaqiring!” deb uşlab qoldi. “Men bunaqa işni heç qilmaganman, ertaga Toşkentga ketişim kerak”, degan gapim ötmadi. Qaytanga, töy egalari xafa böla boşladi. Xullas, davraga çiqib, mikrofonni tutib, hofizning davra aylanişiga mos qilib, men ham sekingina aylana boşladim. Xijolat qilganimdan odamlarga qaramayman, dam yerga, dam hofizning oyoq olişiga mos yurib, mikrofonni oğizlariga yaqin tutib yuraman, bir yaqinlaştirib, bir uzoqlaştirib, oxiri bir meʼyorda uşlay boşladim. Qiziq, men qöllarim muzlab, mikrofonni biridan ikkinçi qölimga olaman, hofiz parvo ham qilmay, bir qöli bilan torni uşlagan, yana bir qölida torni çalgan, bir tekis davra aylanadi. “Sovqotmaydimi, qöli muzlamaydimi?” deb öylab qolaman. Yöq, bemalol, xotirjam qöşiq aytadi.
Şunday qilib, töy çiroyli ötdi. Men ham yengil tortib, mikrofonni topşirib, uyga çopmoqçi edim, avvalo, töy egasi, qolaversa, Tavakkal aka: “Iye, şunça xizmat qildingiz, hozir içkariga kirib, issiq-issiq çoy içib, ovqatlanib ketasiz”, deb meni yetaklab “mehmon uy”ga boşladilar. Çolğuçilar, mezbonlardan 1-2 kişi qöşilib, dasturxonga ötirdik. Men xijolat tortib, tezroq ketiş payidaman. Lekin katta hofiz mezbonlarning iltifotlariga unça eʼtibor qilmay, negadir menga tez-tez qarab qöyardi. Öqişimdan söradi, “Jurnalistikada”, dedim xijolat bilan. Hofizga jon kirdi.
— Iye, özimiz qatori ekansiz-ku. Sanʼat bilan jurnalistika yaqin kasb. Biz haqimizda ham biror narsa yozing, — dedilar kulib.
— Xöp, — dedim ovozim çiqar-çiqmas.
Ketarda çöntaklaridan 1 dona 25 sömlik pul çiqarib, menga uzatdilar. Men xijolat bölib, nimagadir örnimdan turib ketganligimni hozir eslab, kulgim qistaydi.
— Iye, jiyan, qiziq ekansiz-ku! Sovuqda mikrofon uşlaş özi bölmaydi. Bizniki ham tabarruk, keyin gapirib yurasiz, oling, — deb kurtkamning çöntagiga tiqib qöydilar. Xayrlaşişda: — Yaxşi öqing, kasbni yaxşi tanlabsiz, lekin oğir kasb. Köz köp, quloq köp, toza yuring, — dedilar.
Öşanda tuşunmadim-u, keyin yillar asnosida anglab yetdim. Şunga amal qildim. Hali-hali bu buyuk zotni eslayman, xotiralariga duo qilaman. Darvoqe, bu yil Tavakkal Qodirov tavalludining yuz yilligi ekan, oxiratlari obod bölsin!
Ahror AHMEDOV,
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist.
