HINDISTON VA MARKAZIY OSIYO ÖRTASIDAGI ADABIY KÖPRIK
Baʼzi safarlar faqat yangi manzillarni köriş va yangi insonlar bilan tanişiş imkoniyatigina emas, balki tarix, madaniyat, til va adabiyotni anglaş uçun yangiça nigoh ham baxş etadi. Bunday safarlarda yuz bergan ayrim uçraşuvlar yillar ötsa-da, özining samimiyati va yoqimli taassurotlari bilan xotira qaʼrida yaşayveradi. Markaziy Osiyoga qilgan safarim hamda Toşkentda professor Ulfat Muhibova bilan uçraşuvim men uçun ana şunday unutilmas, qalbga yaqin voqealardan biridir.
2019 yilda Toşkent şarqşunoslik institutida — bugungi Toşkent davlat şarqşunoslik universitetida — taşrif buyurgan professor sifatida faoliyat yuritiş imkoniga ega böldim. Öşa paytda professor Ulfat Muhibova kafedra mudiri edi. U kişining mehr, samimiyat va iliq ehtirom bilan kutib olganlari hamon yodimda. Ularning muomalasida yetuk olimaga xos salobat, noziktaʼb muallimaga xos kamtarlik va mehmonga nisbatan çin dildan izzat-ikrom uyğunlaşgan edi. Şu uçraşuv orqali men u zot şaxsiyatining ilmiy masʼuliyat bilan insoniy munosabatlardagi samimiyat bir-biriga gözal tarzda tutaşgan yorqin qirrasini kaşf etdim.
Professor Ulfat Muhibova yetmiş yillik tavallud ayyomi munosabati bilan kafedra ustozlari tantanali tadbir taşkil etişni niyat qilganlar. Bu anjuman u kişining ilmiy va adabiy xizmatlariga körsatilayotgan hurmat hamda minnatdorlik ifodasi böladi. Şu munosabat bilan yozilgan uşbu dil sözlarimni ham ularga ezgu tilaklarimning izhori sifatida taqdim etaman. Şu örinda bir jihatni qayd etmoqçiman: bu yurtda ustozlar belgilangan yoşga yetişi bilanoq ilm dargohidan çekinmaydilar; istaklari va salomatliklari imkon bergan muddatgaça dars berişda davom etişlari mumkin. Şu bois professor Ulfat Muhibova bugun ham mazkur muassasada taʼlim faoliyatini davom ettirmoqda.
Toşkentdagi safarim davomida uşbu ilm maskani, uning ustoz va talabalari, şuningdek, hindiy va urdu tillarini örganiş hamda öqitiş anʼanalari bilan yaqindan tanişiş baxtiga muyassar böldim. Kuzatiş va taassurotlarimni “Örta Şarqda Toşkent — urdu va hindiy tillarining yirik markazi” nomli maqolamda jamlaganman. Unda Toşkentning ilmiy muhiti, hindiy va urdu tillarini örganiş orqali Hindiston bilan Markaziy Osiyo örtasida tobora rivojlanib borayotgan adabiy-madaniy muloqotni yoritişga intilganman. Şu safar bilan “Imom Buxoriy yurtida bir neça kun” nomli sayohatnomam ham boğliq. Unda Markaziy Osiyo zamini, uning boy madaniy merosi va safar çoğidagi turfa taassurotlar tasvirlangan. Mazkur sayohat menga Markaziy Osiyoni şunçaki geografik hudud emas, balki jonli va serqirra madaniy olam sifatida idrok etiş imkonini berdi. Buning muhim sabablaridan biri ham uşbu diyor bilan Hindiston örtasida qadimdan mustahkam tarixiy va madaniy riştalar mavjudligidir.
Bugun professor Ulfat Muhibovaning ilmiy faoliyati va adabiyot yölidagi xizmatlari haqida qalam tebratar ekanman, 2019 yildagi öşa uçraşuv beixtiyor yodimga tuşadi. Öşanda kafedra mudiri sifatida namoyon bölgan ğayratli va mehribon siymolari, u kişining ilmiy hayoti hamda adabiy merosini örganar ekanman, yanada teran maʼno kasb etadi. Hindiy tili va hind adabiyotiga muhabbatlari faqat dars beriş bilan çegaralanmagan. Ular ilmiy izlanişlar, ijodiy faoliyat, darsliklar yaratiş va tarjima orqali Hindiston bilan Markaziy Osiyo örtasidagi adabiy aloqalarni mustahkamlaşga ham salmoqli hissa qöşganlar.
Olimning qadr-qimmatini faqat çop etilgan kitoblari, ilmiy maqolalari yoki egallagan lavozimlari bilangina ölçab bölmaydi. Uning faoliyati ortidagi keng madaniy zamin, turli tillar va jamiyatlar örtasida aloqa hamda muloqot örnatişdagi örni ham şunçalik muhimdir. Şu nuqtai nazardan professor Ulfat Muhibovaning uzoq yillik ilmiy yöli alohida eʼtiborga loyiq. Ular hindiy tili va hind adabiyotini öqitişni şunçaki tirikçilik manbai deb bilmay, uni yuksak madaniy masʼuliyat sifatida qabul qilganlar.
Professor Ulfat Muhibovaning ilmiy hayoti hindiy tili va hind adabiyotiga uzoq yillar davomida sadoqat bilan xizmat qilişning yorqin namunasidir. U kişining xizmatlari, bir tomondan, Markaziy Osiyoda hindiy tilini örganiş anʼanalarining davomiyligini taʼminlagani, ikkinçi tomondan esa, hind adabiy merosini Özbekiston kitobxonlari va talabalariga yetkazişga izçil intilganida namoyon böladi. Faoliyatlari til öqitiş, adabiyotşunoslik tadqiqotlari, tarjima va öquv qöllanmalari yaratiş kabi köplab sohalarni qamrab oladi.
Ularning ilmiy yölini tuşunişda şuni unutmaslik kerakki, çet tilini öqitiş faqat grammatika, söz boyligi va nutq malakalarini şakllantiriş bilangina çeklanmaydi. Til orqali talaba öşa tilda sözlaşuvçi jamiyatning tuyğulari, tarixiy tajribasi, madaniy qadriyatlari va adabiy anʼanalari bilan ham tanişadi. Professor Ulfat ustozning xizmatlarini aynan mana şu keng maʼnaviy ufq doirasida baholaş lozim.
Toşkentda hindiy tilini öqitiş va ommalaştiriş borasida professor Ulfat Muhibovaning örni eʼtiborga molik. Ular taʼlim beriş bilan birga muassasa zimmasidagi vazifalarni ado etib, hindiy tili va adabiyotini örganiş uçun qulay ilmiy muhit yaratişga hissa qöşganlar. Kafedra mudiri sifatidagi faoliyatlari faqat maʼmuriy yumuşlardan iborat emas edi; ilmiy tadbirlarni taşkil qiliş, talabalarga yöl-yöriq körsatiş va hind adabiyotini örganişni rağbatlantiriş ham bu vazifalarning ajralmas qismi bölgan.
2019 yilda u kişi bilan bölgan muloqotim menga bir haqiqatni şaxsan his ettirdi: taʼlim muassasalarining asl qudrati ustozlarning jiddiyati, özaro hamkorligi va ilmga beğaraz fidoyiligida mujassam. Şu jihatdan ularning insoniy fazilatlari ilmiy xizmatlarini anglaş uçun ham muhim mezon bölib xizmat qiladi.
Professor Ulfat Muhibovaning adabiy qiziqişlaridagi öziga xos jihatlardan biri hind adabiyoti, ayniqsa, bhakti anʼanasi va Braj adabiyotiga bölgan eʼtiboridir. Hind adabiyotining bu anʼanalari faqat diniy keçinma va tuyğular ifodasi emas; ularda xalq tillarining taraqqiyoti, ijtimoiy ong, insoniy his-tuyğular va madaniy uyğunlikning turli qirralari ham mujassam. Ularni örganiş Markaziy Osiyo talabalari va tadqiqotçilariga hind jamiyati hamda uning adabiy merosini çuqurroq anglaş imkonini beradi.
Bhakti adabiyotining şeʼriy anʼanalarini tadqiq etiş hind adabiyotining til soddaligi, tuyğular teranligi va umuminsoniy dunyoqaraş alohida qadrlanadigan jihatlarini oçib beradi. Professor Ulfat Muhibovaning bu sohaga qiziqişlari hind adabiyotini örganişni Hindistonning keng madaniy manzarasi bilan boğlaydi.
Hindiston va Markaziy Osiyo munosabatlari tarixi köp qirralidir. Savdo-sotiq, safarlar, din, falsafa, tasviriy sanʼat, musiqa va adabiyot ikki mintaqa örtasida uzluksiz aloqalar hamda fikr almaşinuviga zamin yaratgan. Bu riştalarning mohiyati va ahamiyatini tuşunişda tillar hamda adabiy anʼanalarni örganiş alohida örin tutadi.
Maʼlumki, tilning xalqaro miqyosda yoyilişida tarjima va öquv adabiyotlarining ahamiyati nihoyatda katta. Tarjima tufayli adabiy asar bir til kitobxonlari doirasidan çiqib, boşqa til va madaniyat vakillarining qalbiga yöl topadi. Darslik va luğatlar esa til örganuvçilarga zarur tayanç yaratib, taʼlim jarayonini yanada izçil va samarali qiladi.
Zahmatkaş ustozning naşr etilgan asarlari orasida monografiyalar, darsliklar, luğatlar, tarjimalar va ilmiy maqolalar mavjud. Ilmiy faoliyatlaridagi bu rang-baranglik xizmatlari birgina yönaliş bilan çegaralanmaganini körsatadi. Ular hindiy tilini örganiş va öqitiş, adabiy tafakkurni rivojlantiriş hamda hind adabiyotini keng kitobxonlar ommasiga yetkaziş uçun turli vositalardan foydalanganlar. Tadqiqotlarining ahamiyati şundaki, ular hindiy tili va hind adabiyoti tadqiqini Markaziy Osiyo ilmiy muhiti bilan boğlaydi. Şu tariqa ularning ilmiy asarlari va tarjimalari tilşunoslik izlanişlari bilan bir qatorda madaniyatlararo muloqot vositasiga ham aylanadi.
Professor Ulfat Muhibovaning şaxsiyati va ilmiy merosini Hindiston bilan Markaziy Osiyo örtasidagi adabiy hamda madaniy munosabatlarning muhim boğlovçi halqasi sifatida baholaş mumkin. Hindiy tiliga uzoq yillik sadoqati, hind adabiyotiga teran qiziqişlari, ilmiy va ijodiy faoliyatdagi serğayratliklari, tarjima sohasidagi xizmatlari u kişini nufuzli olima sifatida tanitdi. Bu xizmatlari uçun ular milliy va xalqaro miqyosda eʼtirof etilib, munosib taqdirlangan. Professor Ulfat Muhibova hindiy tili muallimasi va tadqiqotçisigina emas, balki Hindiston bilan Markaziy Osiyo örtasidagi adabiy-madaniy riştalarni mustahkamlayotgan çinakam maʼnaviy köprik bunyodkorlaridan biridir, desak, haq sözni aytgan bölamiz.
Xoja Muhammad IKROMUDDIN,
Hind tillari markazi, Javoharlaʼl
Neru universiteti professori.
Yangi Dehli
