NOBEL MUKOFOTI: ŞON-ŞARAF, EʼTIROF VA… UNI RAD ETGANLAR

Insoniyat sivilizatsiyasi, fan va madaniyatiga bebaho hissa qöşgan eng munosib vakillarga 2026 yilgi Nobel mukofotining barça laureatlari eʼlon qilib bölindi.

Bu mukofotning tarixi 1895 yilga borib taqaladi. Şved ixtiroçisi va sanoatçisi Alfred Nobel öz vasiyatida qariyb butun boyligini insoniyatga eng katta naf keltirgan şaxslarni taqdirlaş uçun maxsus jamğarmaga qoldirdi. Pul mukofoti, oltin medal va diplomni öz içiga olgan uşbu nufuzli mukofot ilk bor 1901 yilda topşirilgan. Ğoliblar ismi oktyabr oyida eʼlon qilinsa-da, tantanali topşiriş marosimi Alfred Nobel vafot etgan 10 dekabr kuni Stokgolm va Oslo şaharlarida ötadi.

Aksariyat olimlar, yozuvçilar va jamoat arboblari uçun Nobel mukofotiga sazovor böliş faoliyatining eng yuqori çöqqisi va jahon miqyosidagi eʼtirof hisoblanadi. Ammo mukofotning yuz yildan ortiq tarixida şunday favqulodda holatlar ham yuz berganki, ayrim laureatlar uşbu oliy eʼtirofdan va unga qöşib beriladigan katta miqdordagi mablağdan voz keçişgan.

Xöş, insoniyatning eng nufuzli mukofotini olişni kimlar va nima sababdan rad etgan?

Öz xohişi bilan töliq voz keçiş

Nobel mukofoti tarixida laureatlarning öz xohişi bilan yoki hukumatlar bosimi ostida uşbu mukofotni olişni rad etgan holatlari bor.

Jan-Pol Sartrning (Fransiya) prinsipial ravişda har qanday rasmiy mukofot va unvonlardan voz keçiş odati bölgan. 1964 yilda adabiyot böyiça mukofotga sazovorligi eʼlon qilingaç, tarixda birinçilardan bölib bu mukofotni qabul qilib olişdan voz keçadi. Adib özini “institut”ga aylantirib qöyişga yöl qöymasligi kerakligini, mukofotni qabul qiliş esa uni Nobel qömitasi bilan boğlab qöyib, erkinligiga putur yetkazişini taʼkidlagan.

Fransiya va Yevropada bu voqea qizğin bahs-munozaralarga sabab böladi. Ziyolilar va söl aʼzolar Sartrning bu qadamini öz prinsiplariga sodiqlik, erkinlik va aksilburjuaziya pozitsiyasining namoyişi deb hisoblab, uni qöllab-quvvatlaydilar.

Aksariyat OAV va tanqidçilar uning bu harakatini takabburlik va ataylab qilingan teatrlaştirilgan namoyiş deb baholaydi. Nobel qömitasi munosabatlarga afsus bildirib, mukofot beriş haqidagi qarori özgartirilmasligini maʼlum qiladi.

1973 yilda Vyetnamda öt oçişni töxtatiş töğrisidagi Parij bitimi imzolagani uçun AQŞ Davlat kotibi Genri Kissinjer bilan birga Tinçlik mukofotiga Le Dik Txo (haqiqiy ismi-şarifi — Fan Din Txo, 1911-1990, Vyetnam) nomi eʼlon qilinadi.

Vyetnamning yirik davlat va siyosiy arbobi, Kompartiya asosçisi va yetakçilaridan biri bölgan diplomat mamlakati zaminida hanuz tinçlik qaror topmagani, AQŞ qöşinlari va uning ittifoqçilari bitim şartlarini buzişda davom etayotganini aytib, mukofotdan voz keçadi.

Osiyo mamlakatlarida va uruşga qarşi harakatlar orasida uning bu qarorini töğri anglab, unga hurmat körsatiladi. AQŞ va Janubiy Vyetnam rejimi tomonidan tinçlik bitimiga rioya qilinmayotgani haqidagi vaji frontdagi real vaziyatni aks ettirgan edi.

Hukumatlar bosimi ostida voz keçiş

Laureatlar öz mamlakatlaridagi siyosiy rejim sababli mukofotni rad etişga majbur bölişgani töğrisida misollar bor. 1958 yilda Adabiyot böyiça mukofotga Boris Pasternak (SSSR) loyiq köriladi.

Mukofot xorijda çop etilgan “Doktor Jivago” romani uçun beriladi. U avvaliga mukofotni qabul qiladi. Sovet Ittifoqida yozuvçiga qarşi keng kölamli taʼqib va tahqirlaş kampaniyasidan keyin uni rad etişga majbur böladi.

Şafqatsiz tanqidiy maqolalardan söng Yozuvçilar uyuşmasidan haydaladi, mamlakatdan badarğa qiliniş hamda fuqarolikdan mahrum etiliş bilan tahdid qilinadi. Juda katta ruhiy bosim ötkaziladi.

Ğarbda esa Pasternakning bosim ostida voz keçişi norozilik tölqinini va muallifga nisbatan hamdardlikni keltirib çiqaradi. Bu voqea sovuq uruş davrining eng yirik madaniy-siyosiy janjallaridan biriga aylanadi.

1989 yilda öğli Yevgeniy medal va diplomni qabul qilib oladi.

1935 yilda Nobel tinçlik mukofoti natsistlarning konslagerida bölgan nemis patsifisti va aksilfaşisti Karl fon Osetskiyga nasib etadi. Şundan keyin Adolf Gitler Germaniyaning barça fuqarolariga Nobel mukofotlarini qabul qilişni taqiqlab qöyadi.

Kimyo böyiça mukofotga loyiq körilgan germaniyalik Rixard Kun (1938), Adolf Butenandt (1939) hamda Fiziologiya va tibbiyot böyiça mukofot laureati Gerxard Domagk (1939) ham rasmiy ravişda taşkiliy qömitalarga mukofotlardan voz keçiş xatini yuborişga majbur bölişadi.

Ikkinçi jahon uruşidan söng 1947-1949 yillarda ularning barçasiga oltin medal va diplom topşiriladi, ammo muddat ötgani sababli mukofot pulini olişolmaydi.

Uçinçi reyxning siyosiy matbuoti Gitlerning taqiqi va olimlarning majburiy voz keçişini Nobel qömitasining “aksilnatsist va yahudiy taʼsiri”dan “nemis ğururini himoya qiliş” sifatida talqin etadi.

Xalqaro ilmiy hamjamiyat olimlarning mukofotdan voz keçişlarini Gestapo tomonidan böladigan töğridan-töğri qatağon va hibsga oliş xavfi ostida qolişdan himoya ekanini juda yaxşi tuşunişlarini eʼtirof etib, tadqiqotçilarning ilmiy dunyodagi obrö-eʼtiboriga heç qanday putur yetmaganini maʼlum qiladi.

Donald Tramp va Nobel mukofoti

AQŞ prezidenti Donald Tramp özining diplomatik harakatlari uçun Nobel tinçlik mukofotiga loyiqligini bir neça bor taʼkidlagan edi. 2026 yilda ham bundan benasib qoldi. “Men sakkizta uruşni töxtatdim, mukofot esa heç kim tanimagan odamga berildi”.

Oq uy sohibi, xususan, “Ibrohim kelişuvlari”ning imzolanişi (Isroilning bir qator arab mamlakatlari — BAA, Bahrayn, Sudan, Marokaş bilan munosabatlarini normallaştiriş), Kim Çen In bilan olib borilgan muzokaralar, mintaqaviy mojarolarni hal qilişdagi faolligi va diplomatik bosim orqali uruşlarni töxtatiş qobiliyati haqidagi bayonotlari va boşqa “xizmat”lari haqida jar solişdan toymaydi.

Tramp 2009 yilda Barak Obama lavozimga kirişganidan bor-yöği töqqiz oy ötib, tinçlik mukofotiga sazovor bölganini ğayirlik bilan köp eslab, bu mukofotni “heç narsa uçun” olganini taʼkidlaşdan tinmaydi.

Rostdan ham uning nomzodi Tinçlik mukofoti uçun körsatilgan. Bu degani Nobel qömitasining maʼqullaşini anglatmaydi. Dunyo böylab minglab odamlar: parlament deputatlari va universitet professorlaridan tortib, davlat rahbarlarigaça ariza topşiriş huquqiga ega.

Tramp mukofot unga faqat siyosiy sabablarga köra berilmayapti, deb yana xafa böladi. Uning fikriça, qömita xolis emas va faqat “söl-liberal isteblişment”ga xayrixohlik qiladi.

Nima uçun Nobel qömitasi unga mukofot berişga şoşilmayapti? Yetakçi ekspertlar va xalqaro tahlilçilar bir qança omillarni ajratib körsatişadi. Tanqidçilar Trampning bitimlari uzoq muddatli xalqaro institutlarga emas, balki köpinça şaxsiyati bilan boğliq va qisqa muddatli kelişuvlarga tayanişini taʼkidlaydilar.

Uning birinçi prezidentlik davrida asosiy xalqaro bitimlar — Iqlim böyiça Parij bitimi, Eron böyiça yadroviy kelişuvdan çiqişi Nobelning global hamkorlik va qurolsizlaniş haqidagi ğoyalariga zid kelgani aytiladi.

AQŞ prezidentlari va Nobel tinçlik mukofoti

Butun tarix davomida Nobel tinçlik mukofoti AQŞning tört nafar prezidentiga nasib qilgan. Ulardan uç nafari lavozimda ötirgan vaqtida, biri esa lavozimdan ayrilgaç taqdirlangan.

Prezident Teodor Ruzvelt 1904-1905 yillardagi rus-yapon uruşiga çek qöygan Portsmut tinçlik şartnomasini (1906) tuzişda vositaçiligi uçun taqdirlangan. Ruzvelt Nobel tinçlik mukofotini olgan birinçi amerikalik edi.

Vudro Vilson (1919) prezidentlik davrida Millatlar Ligasi — BMTning ötmişdoşini taşkil etişga qöşgan hal qiluvçi hissasi va Birinçi jahon uruşi tugaganidan keyin tinçlik tartibini örnatişdagi harakatlari uçun Nobel mukofotiga munosib körilgan.

Jimmi Karter prezidentlik muddatidan söng 21 yil ötgaç, 2002 yilda xalqaro mojarolarni tinç yöl bilan hal qiliş, demokratiyani mustahkamlaş, inson huquqlarini himoya qiliş va özi asos solgan “Karter markazi” orqali rivojlaniş yölidagi ön yillik harakatlari uçun mukofotlangan.

1978 yilda prezident bölib turgan paytida u Misr va Isroil örtasidagi tarixiy Kemp-Devid kelişuvlarida vositaçilik qilgan bölsa-da, mukofot öşanda Anvar Sadat va Menaxem Beginga beriladi.

Barak Obama prezidentlik faoliyatini davom ettirar ekan, “xalqaro diplomatiya va xalqlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşdagi favqulodda harakatlari”, şuningdek, yadro qurolidan xoli dunyo ğoyasini ilgari surgani uçun 2009 yilda yuksak mukofotga loyiq köriladi.

Nobel mukofotiga sazovor bölganlar orasida AQŞ vitse-prezidenti Albert Gorga 2007 yilda Iqlim özgarişi böyiça hukumatlararo ekspertlar guruhi bilan birgalikda global isiş haqidagi bilimlarni tadqiq qiliş va tarqatiş böyiça qilgan mehnatlari uçun berilgan.

Zamonaviy dunyoda  ahvol qanday?

Bugun dunyoda avtoritar tendensiyalarning ortişi kuzatilmoqda. Nobel tinçlik yoki adabiyot mukofoti dissidentlar, inson huquqlari himoyaçilari yoki muxolifatçilarga berilganda, avtoritar rejimlar bunga xuddi SSSR yoki natsistlar Germaniyasi kabi munosabat bildirmoqda.

Xitoylik inson huquqlari himoyaçisi Lyu Syaobo qamoqda bölgan paytida Tinçlik mukofoti (2010) bilan taqdirlanadi. Pekin Nobel qömitasiga juda katta bosim ötkazib, milliy OAVda bu mavzuning yoritilişini töxtatib qöyadi, laureatning qarindoşlariga esa mamlakatdan çiqib ketiş taqiqi qöyiladi. Oslodagi taqdirlaş marosimida uning kursisi böş qoladi.

Zamonaviy laureat, agar xalqaro institutlar real harbiy mojaroni töxtatişga qodir emas deb hisoblasa yoki Nobel qömitasi jamiyatni parçalaydigan qarorlar qabul qilayotgan bölsa, norozilik belgisi sifatida Tinçlik mukofotidan voz keçişi mumkin.

XX asr örtalaridan farqli ölaroq, Nobel qömitalari öz qoidalarini moslaştirib olganlar. Laureat rad etişini maʼlum qilsa ham, Nobel qömitasi uni baribir mukofotning rasmiy egasi deb hisoblaydi. Qaror qayta körib çiqilmaydi.

Agar laureat medal va diplomni oliş uçun marosimga kela olmasa yoki xohlamasa, ular laureatning özi yoki uning qonuniy vakillari olib ketgunga qadar Nobel fondida saqlanadi.

Şunday qilib, Nobel mukofoti ­dunyodagi eng asosiy mukofot maqomini saqlab qolar ekan va ötkir siyosiy hamda inson huquqlariga oid mavzularga töxtalar ekan, hokimiyat organlari tomonidan tösqinlik qiliş urinişlari va şov-şuvli siyosiy voz keçişlar muqarrardir.

Abror XON.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan