Xalq dardini anglab yaşaş burç yoki birida ön, birida 80 foiz şikoyatçi haq

Jurnalistika sohasidagi ellik yillik tajribamdan kelib çiqib aytişim mumkin, inson şikoyatbozlikka huda-behuda, beasos va noörin qöl urmaydi. Aksariyat fuqarolar şikoyat ortidan turli ovvoragarçilik, sarsongarçilik, yugur-yugur, asabbuzarlikka sabab böladigan izoh va isbottalab jarayonlar boşlanişini yaxşi bilişadi. Oqibatda yozganiga zada va puşaymon bölganlar ham köp uçraydi.

Ayni paytda aytiş kerakki, şikoyat yozişni öziga “kasb-kor” qilib olganlar ham bor. Zamonning şarofati bilan nojoizlikning bunday usulini tanlaganlar soni keyingi paytda bir munça kamaygandek. Ammo… unutmaslik kerak, aksariyat hollarda şikoyat qilayotgan inson, avvalo özining haq-huquqlarini, qonuniy manfaatlarini himoya qiladi. Bu yölda turli idoralarning eşigini qoqadi, xat, arizalar yöllaydi. Şunda ham natija çiqmasa, noiloj, jurnalistdan madad kutadi.

Biroq… şikoyatli murojaatlarning bari nima bölganda ham öz nomi bilan şikoyat-murojaat va uni aynan şu maʼnoda tuşunmoq, joiz bölsa, şu sababdan odilona örganmoq lozim.

Prezidentimizning tegişli farmoniga binoan taşkil etilgan Respublika Xalq qabulxonalari böğini faoliyati haqida söz yuritilsa, Xorazm viloyatida uşbu tizim ötgan qisqa fursat içida inson omiliga munosabat bobida öziga xos ibrat va andoza maktabi maqomiga aylandi.

Şu örinda, mamlakatimiz sud, prokuratura, içki işlar, adliya, soliq organlari va boşqa tegişli muassasalarning asosiy işi qonun nazorati va uning muhofazasini taʼminlaşdan iborat bölsa-da, ular zimmasiga inson arziga quloq tutiş, şikoyatini eşitiş va qonun talabi asosida hal etiş kabi xayrli va savobli vazifalar yuklatilgan. Mazkur muassasalarda bor işi jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini körib çiqiş hamda yeçimini taʼminlaşdan iborat bölgan mutasaddi organ xodimlari faoliyat körsatadi. Ular inson qadrini hurmat qilişda peşqadam bölişi joiz.

Aytaylik, şovotlik M.Matyoqubova va D.Rajabovalar hali ötgan yiliyoq özlariga qaraşli noqonuniy qurilgan uy-joyni davlatimiz rahbari farmoniga köra bir martalik amnistiya tartibida hisobga oliş va egalik huquqini belgilaş yuzasidan Davlat xizmatlari agentliginig Xorazm viloyat boşqarmasiga murojaat qilişgandi. Arizani körib çiqiş va qonunan hal qiliş uçun tezda Yer tuziş va köçmas mulk kadastri Şovot tuman filialiga elektron tarzda yuborildi. Afsus, har ikkala fuqaroning arizasi öziga xon, kölankasi maydon “yoşulli”lar stoli ğaladonida qolib ketdi. Unga qiyo boquvçi vallomat topilmadi. Mahkama arizalarni xizmat vazifasi taqozosiga köra, qonuniy xulosa beriş uçun tuman içki işlar, yonğin xavfsizligi idoralari eʼtiboriga havola etmoği va ular taqdim qilgan hujjat va zimmadagi majburiyat asosida rasmiylaştirişi lozim edi. Ammo bunday bölmadi. Arizani qarab çiqiş yuzasidan belgilangan muddat tugasa hamki, heç eʼtibor berişmadi. Murojaat böyiça mutasaddi mahkamada sodir bölgan loqaydlik yuzaga çiqqani va uni bartaraf etiş uçun yuborilgan taqdimnoma öz kuçini namoyon etganidan sönggina masala  ijobiy yeçimini topdi. Çiğatoyqalʼa qişloğida barpo etilgan imoratga egalik huquqi belgilandi. Bu haqda tuman hokimining qarori qabul qilindi.

Yana bir xunuk holat “Hazorasp kumuş pillasi” masʼuliyati çeklangan jamiyatida röy berdi. Pilla hosilini yiğiş, topşiriş va tayyorlaş mavsumi allaqaçon ötib ketgan, jamiyat esa mavsumiy faoliyatini kelasi yilgaça töxtatgan bölsa-da, masʼuliyatsiz masʼuliyati çeklangan jamiyat bir yöla 31 nafar xodimning iş haqini tölaş majburiyatiga panja orasidan qaradi. Mavsumiy işçilar esa mehnat haqini sörab, MÇJga deyarli har kuni qatnaşdi. Ovvoragarçilikdan çarçagan fuqarolar axiri tuman Adliya bölimiga murojaat qilişdi. Masala zudlik bilan örganilgaç, şikoyatçilar haq, degan xulosaga kelindi. Iş yuzasidan töplangan hujjatlar Fuqarolik işlari böyiça tumanlararo sudi eʼtiboriga havola qilindi. Şikoyatçilarning talabi sudda ijobiy qondirildi. Jamiyat ularning tegişli iş haqini sud qarori bilan tölab berişga majbur böldi. Savol tuğiladi: nega şunday? Masʼuliyati çeklangan jamiyat rahbarlari  qonun ustuvorligini bilmasmidi? Işni sudgaça bormasdan ham hal etsa bölardi-ku!..

Adliya organi faolligi tufayli urgançlik Gulmira Jumagulovaning muşkuli ham oson keçdi. “Xiva maxsus elektromontaj-sozlaş” unitar korxonasi tegişli sud mahkamasining hal qiluv qaroriga binoan unga tegişli 3 million 754 ming sömlik iş haqi va 500 ming söm miqdoridagi maʼnaviy zararni tezda va töla qopladi. Vo ajab, ular şu mamlakat fuqarosi ekanligini yodidan çiqarib qöymaganmidi? Qonun barçaga barobar ekanini nahotki tuşunmasalar…

Uşbu jarayonda yangibozorlik Matluba Abdullayevaning qonuniy talabi ham bajo keltirildi. Uning uşbu tumandagi 19-sonli maktabgaça taʼlim muassasasidan 1 million sömdan ziyod pul undirişga qaratilgan talabi Adliya bölimining taqdimnomasi asosida ijobiy yeçim topdi.

Fuqarolar va jismoniy şaxslarning murojaatlarini örganiş ularni hal etiş va taʼsirçan tadbirlar joylardagi Xalq qabulxonalari tizimi tomonidan amalga oşirilayapti. Masalan, O.Saidov va uning hamqişloqlari tomonidan Xonqa tuman Xalq qabulxonasiga yöllagan murojaati böyiça iş örganildi. Murojaatda Navxos qişloğida 15 mingga yaqin aholi istiqomat qilayotgani, Urganç şahri bilan boğlovçi avtobus yönalişi yopilib qolgani bois viloyat markaziga qatnab işlovçi fuqarolar, şuningdek, talaba-yoşlar, nogiron va qariyalar, ayniqsa, köp aziyat çekayotgani bayon etilgandi. Muammoning yeçimi uçun amaliy yordam söralgandi. Xalq qabulxonasi masalani jiddiy örgandi va tegişli idoralar oldiga muammoni köndalang qöydi. Hozirda avtobuslarning “Urganç — Xonqa — Novxos” yönalişi böylab qatnovi muntazam yölga qöyildi.

Aytiş joizki, ariza va şikoyatlar yuzasidan taʼsirçan, samarali çora-tadbirlarni qöllaşda prokuratura organlarining örni va roli ança katta. Şu bois, maʼlum qiyinçiliklarga röpara kelganlar köpinça uşbu mahkamaga yukinişadi. Ötgan yili fuqarolar, tadbirkorlar va xöjalik yurituvçi boşqa şaxslardan kelib tuşgan murojaatlarning 2 ming 989 tasi bevosita viloyat prokuraturasi tarafidan qanoatlantirildi. Bu — ança salmoqdor raqam va uning ortida muşkuli oson, oğiri yengil, uzoği yaqin bölgan minglab insonlarning keçmişi turibdi. Misol uçun, Pitnak şahrida yaşovçi A.Otajonov niyati ijobat topgan ana şunday fuqarolarning biri. “Özagrosuğurta”ning tuman bölinmasi “mayiblik dardi”ga mubtalo bölgani uçun unga berilişi zarur bölgan 29 million söm miqdoridagi suğurta puli tölovini tegişli hujjatlar taqdim etilganiga qaramay, oylab paysalga solib keldi. Boğot tumanidagi “Nayman binokor” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari T.Otajonovning öziga tegişli yer maydoni hududiga aniqlik kiritiş haqidagi arizasi ham töralarça munosabatga uçradi. Yer tuziş va köçmas mulk kadastri tuman filiali boşliği B.Törayev arizaga qonunda belgilanganidek, 30 emas, balki 44 kun deganda javob berdi.

Qonunning madadi, muruvvati beqiyos, beadad. Biroq uning sörovi, taʼsir va tazyiqi ham bor. Nomi yuqorida zikr etilgan har ikkala mahkama aynan şunisiga röbarö bölişdi. Qonuniy taʼsir çoralari tufayli suğurta taşkiloti fuqaro A.Otajonovga 29 million söm suğurta pulini qurtday sanab bergan bölsa, yer tuziş va kadastr bölimi “Nayman binokor”ning haqli talabini, keçikib bölsa-da, ado etdi. Jamiyatga qaraşli hudud çegarasiga töla aniqlik kiritilgan hujjat murojaat muallifiga taqdim qilindi.

Keyingi bir yil mobaynida uşbu organ tomonidan qarab çiqilgan murojaatlarning umumiy soni 21 ming 36 ga bordi. 4 ming 300 dan ziyod prokurorlik taʼsir çoralari qöllanildi, bu jarayonda 10 ming 616 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi, 15 mingdan ziyod kişi işga joylaştirildi, davlatga qaraşli taşkilotlar mutasaddilari tarafidan 257 ta iş örni yaşirib kelingani aniqlandi, xodimlarning tölovi keçikkanligi bois 4,5 milliard sömlik maoşi undirib berildi, işda boş-boşdoqlikka yöl qöygan 1 ming 745 nafar mansab egasi intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka tortildi, 86 ta jinoyat işi qözğatildi.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va joylardagi Xalq qabulxonalaridan taalluqliligi böyiça yuborilgan murojaatlarning 95 foizi bevosita prokuraturaning özida örganildi. Bu jarayonda jami 1 ming 34 ta murojaatdagi talablar öz tasdiğini topdi.

Şu örinda, maʼlumotlarga qaraganda, faoliyati körsatib ötilgan Xorazm viloyat prokuraturasida ötgan yili jami murojaatlarning salkam 3 ming yoki 13,7 foizi qanoatlantirilgan. Aksariyat murojaatlar yuzasidan tegişli tartibda tuşuntiriş berilgan. Viloyat Soliq boşqarmasi esa barça murojaatlarning teng yarmi, yaʼni 349 tasiga huquqiy yöl-yöriq körsatgan. Tasdiğini topgan va qanoatlantirilgan murojaatlar soni 109 ta, yaʼni 15,8 foizni taşkil etdi. Anonim xatlar salmoği salkam 10 foiz — 49 taga yetgani kişini ajablantiradi.

Viloyat Içki işlar boşqarmasida esa ariza va şikoyatlarni qanoatlantiriş körsatkiçi yil mobaynida 28,7 foizga yetgan. Mazkur mahkama jami murojatlarning qariyb 55 foizi yuzasidan tuşuntiriş bergan, 3 ming 297 ta ariza öz tasdiğini topmagani qayd etilgan. Mazkur boşqarmaning yöl harakati xavfsizligi xodimlari ustidan tuşgan şikoyatlar soni ötgan yilga nisbatan ortgani maʼlum böldi.

Murojaatlarning qanoatlantirilişi böyiça eng past körsatkiç viloyat Bojxona boşqarmasida qayd qilindi. Boş­qarmaga jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan yöllangan 69 ta murojaatning atigi 8 tasi — 11,6 foizi qanoatlantirilgan.

Davlat xizmatlari agentligining viloyat boşqarmasi bu borada nisbatan yaxşi körsatkiçga erişdi, murojaatlarning 30 tasi, yoxud 26,6 foizini asosli, deya etirof etdi. Biroq faoliyatini boşlaboq ayrim eʼtirozlarga duç keldi. Yöl qöyilgan kamçilik va nuqsonlar bir qator hisobot va maʼlumotnomalarda öz aksini topgani açinarli hol, albatta. Tuşuntiriş xatlari soni ortib ketgani esa ularni sinç­kovlik bilan örganiş hamda hal etişga lozim darajada eʼtibor qaratilmaganidan dalolat beradi.

Davlatimiz rahbari oşkor etilmagan qusurlar bolalab ketişi, jamiyatga özini bunday ikir-çikirlardan tozalay oladigan, xalos etadigan tarzda jamiyat farovonlik, tökin-soçinlik, barqarorlikka yuz tutişini dildan anglaydigan rahbar kadrlar kerakligini har doim uqtirib keladilar. Bu aslo bejizga emas!

Prezidentimiz “Insonlarning dardi-taşvişlarini öylab yaşaş — odamiylikning eng oliy mezonidir”, deganlar. Uşbu ğoya bilan yaşamoq va xalq­qa xizmat qilmoq, nainki faoliyati zikr etilgan mahkamalar, balki butun yurt ahli uçun ham farz, ham qarz bölib, işimiz va turmuşimizning mezonini belgilovçi omillardandir.

Abdulla Sobirov,

“HURRIYAT” muxbiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan