Kimyo kengliklariga talpingan yurak (Akademik Tölqin Mirkomilov yodi)
Turfa sohalarga qiziqişi bilan Tölqin Mirkomilov hayotsevar kişilar sirasiga kirardi. Olimning inson kamoloti adabiyot va sanʼatga oşnolikda deb bilgani va bunga qatʼiy amal qilgani erişgan yutuqlariga qanot bölgan, desak xato qilmaymiz.
Yigirmançi asrning zabardast ijodkorlaridan biri Rasul Hamzatov özining maşhur «Doğistonim» asarida el oğziga tuşgan yozuvçi, şoir, rassom, olim, davlat rahbari yo sarkardaning nufuzi, rutbasini, şoirona ehtiros bilan, u qaysi millat, qaysi mamlakatga mansub bölsa, majoziy maʼnoda, öşa millat, öşa mamlakatning pasportiga qiyoslagan edi.
Jahon miqyosida tan olingan alloma ajdodlarimiz anʼanasini munosib davom ettiriş muddaosi bilan öz umrini ilmu ziyoga bağişlagan, fan, madaniyat va maʼnaviyatimiz ravnaqiga munosib hissa qöşgan hamda ayni şu fazilati bilan xalqimiz ardoğiga sazovor bölgan olim, Özbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi, texnika fanlari doktori, professor Tölqin Mirkomilov haqida fikr yuritganda, beixtiyor Rasul Hamzatovning yuqoridagi qiyosi yodga tuşadi.
Olimning taqdiri, faoliyati, sermazmun hayot yöli yoşlarimiz uçun öziga xos ibrat maktabidir. Öz sohasining yuksak bilimdoni bölgan alloma badiiy adabiyot va sanʼatni ham teran his etar, bu borada sohaning nomdor vakillari bilan tengma-teng muloqotga kirişib ketaverar edi. Taniqli adib, qator xalqaro mukofotlar sohibi Çingiz Aytmatov bilan olimning Özbekiston xalq yozuvçisi Odil Yoqubov iştirokidagi dilkaş suhbati pirovardida Çingiz oğa suhbatdoşi, garçi kimyogar bölsa-da, nafis adabiyot oşuftasi, çuqur tafakkur, teran fikr-mulohazali inson ekanligiga tan berib, unga tasanno aytgan ekan. Binobarin, Tölqin Mirkomilov ikki yirik turkiy adabiyot namoyandalarini inja maʼrifati, qomusiy dunyoqaraşi bilan maftun etib, ularning samimiy eʼtirofiga sazovor bölgan. Elimiz, yurtimiz, millatimiz şuhratini dunyoga tanita olgan, bir umr bilimga, ilğor ilmiy tafakkurning oldingi marralarida bölişga intilgan.
Yozuvçi Luqmon Börixon Tölqin Mirkomilov hayoti haqida qariyb 160 sahifadan ziyodroq “Şamoldek şoşqin umr” deb nomlangan ajoyib hujjatli qissa yozdi.
Unda uluğ olim hayoti, uning bolaligi, ösmirlik yillari, talabalik çoğlari va aytiş mumkinki, butun umr pillapoyalari qalamga olinadi. Juda öqişli, taʼsirçan asar. Bemalol uşbu qissa asosida badiiy film yaratsa ham böladi. Mana undan bir parça:
Ming töqqiz yuz oltmiş ikkinçi yilning qaynoq yozida Toşkent politexnika institutining kimyo texnologiyasi fakultetini aʼlo baholar bilan bitirgan ikki döst, Tölqin Mirkomilov va Ğaffor Rahmonberdiyev Özbekiston fanlar akademiyasiga qaraşli Polimerlar institutiga yöllanma olişdi. Bu yerda laborant sifatida iş boşlaşdi.
Muhabbat ismli suluvgina qiz ham şu yerda işlar ekan. Uni körib Tölqinning közlari çaqnab ketdi. Oradan köp ötmay ikki döst Leningrad şahriga maqsadli aspiranturaga öqişga yuborildi. Qarangki, Muhabbatxon ham xuddi şunday muddao bilan Moskvada ekan. Yulduzi Yulduziga töğri keldimi yo taqdiri ilohiy izmimi, xullas, Tölqin va Muhabbatxon Neva köpriklari ustida bir umr birga bölişga axdu paymon qilişdi. Azim rus daryosi sokin, tinç, bir maromda oqib yotardi. Köprikdan ötib-qaytguvçilar siyrak. Bir-biriga termulganiça mutaassirlikda qolgan ikki yoşning yoniga soç-soqollari ösiq, şirakayf bir qariya yaqinlaşib öz-öziça gap boşladi.
— Bu köprik qirğoqlarni bir-biriga tutaştiradi, qalblarni emas! Yaxşisi, boşqa yerda sirlaşganlaring maʼqul. Irimi şunaqa…
Çol şunday ğudraganiça nari ketdi. Işqning oniy baxtidan sarmast ikki yoş uning ğalati gaplariga kulibgina qöya qolişdi. Oldda hali nelar kutib turganini bilişmas edi ular. Qiz bilan uçraşuvdan qaytgan Tölqin ahdu paymon haqida, ğalati çolning ğalati sözlari haqida Ğafforga gapirib berarkan, zavq-şavqdan közlari porlab turardi. Oradan köp ötmay, Toşkentga qaytişgaç, Tölqin va Muhabbat oila qurişdi.
Tölqin Mirkomilovni Moskva, Leningrad, Kiyev kabi katta şaharlardagi yirik institutlar köp bor işga taklif etişgan. Ammo yoş olim bunday xayrixohliklarni rad etgan. Çunki u butun borliği bilan Özbekistonga boğlangan edi. Özi unib-ösgan zaminga köproq nafi tegişini istardi. Jonajon yurtining salohiyatini, imkoniyatlarini öşa talabalik davrlaridayoq köra bilgan, uning şunçaki xom aşyo yetkazib beruvçi agrar hudud bölib qolişini istamas edi. Bu yerdagi mavjud şart-şaroitlar, imkoniyatlar doirasida sanoatni, işlab çiqarişni rivojlantiriş tarafdori edi. Şuning uçun ham ilk ilmiy işini paxta tolasi çiqitlaridan sellyuloza oliş masalalariga qaratadi.
Tölqin Mirkomilov kimyo texnologiyasini, xususan, Özbekistonimizda paxta tolasi va uning lint, çigit tuki, mayda tolalar singari çiqindilarini sanoat asosida kimyoviy qayta işlaşni rivojlantirişni, yurtimizda ekologik toza mahsulot işlab çiqarişni yölga qöyişni közlab umr böyi tinimsiz izlandi…
Mana bu sözlar esa Özbekiston xalq yozuvçisi Tohir Malikning akademik Tölqin Mirkomilov hayoti haqida “Komillik pillapoyalari” xotira kitobiga yozgan sözboşisidan olindi:
Odatda diyorimizning dunyo xalqlari tamadduniga qöşgan hissasi Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Uluğbek kabi buyuk siymolar nomi bilan boğlanadi. Alişer Navoiy, Zahiriddin Bobur, Ogahiylar jahon söz sanʼati merosini noyob injular bilan boyitgan şoirlar qatorida munosib öringa ega. Ammo hozirgi davrda milliy ğururimizni tiklaşda öz xizmati, iqtidori, ixtiro va izlanişlari bilan hissa qöşayotgan zamondoş olimlar ham borligi kam tilga olinadi. Goh-gohida Habib Abdullayev, Obid Sodiqov, Sobir Yunusov, Toşmuhammad Sarimsoqov, Saʼdi Sirojiddinov va XX asrda yaşagan boşqa ayrim olimlar nomlari esga olib ötiladi, xolos. Aslida özbek xalqi avvallari qay darajada olamga maşhur farzandlarni yetkazgan bölsa, hozir ham bu jabhadagi burçini muayyan darajada amalga oşirib kelayotir deb dadil aytiş mumkin. Faqat globallaşuv jarayonida özbek olimlari kaşfiyotlari qadimgi zamonlarda bölganidek çaraqlab şuhrat topmayotganini tan olişga majburmiz.
Özingiz öylab köring, studentlik paytida tergan paxtasining momiğini ajratib, çigitida qolgan kalta-kulta, çiqindi tuklarni xalq xöjaligida qöllaş haqida xayol surgan yigitçaning orzusi yillar ötib zör yangilikka asos bölibdi: paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi ilmida katta sifat özgarişini taʼminlabdi. Avval Sankt-Peterburg, Kiyev, Riga olimlari, köp ötmay Gavaya Pasifik universiteti, San-Diyego davlat universiteti (AQŞ), Gamburg — Garburg texnika universiteti (Germaniya), Pyer va Mariya Kyuri nomidagi Parij universiteti (Fransiya), Pekin texnologiya universiteti (Xitoy), Zakarjik, Qohira va Iskandariya texnologiya universiteti (Misr Arab Respublikasi), Afina taʼlim texnologiya instituti (Gretsiya), Xasayeva Kiyang Xi Seul universiteti (Janubiy Koreya), Lazanna Kiyang texnika universiteti (Şveysariya) kabi Yer kurrasidagi yirik oliy ilm dargohlarining yetuk mutaxassislari Toşkentdagi Olça köçalik ziyoli Miromil akaning öğli Tölqinjonning kimyo sohasidagi ixtiro va izlanişlariga yuqori baho berib tursalar, özbek ğururlanmaydi, deysizmi?! Uning ustiga AQŞ Industriya, taʼlim, madaniyat va fan xalqaro akademiyasi uning ilmiy salohiyatini tan olib, akademiklikka saylasa, “nur ustiga nur”, demaymizmi, axir. Maʼlum bölyaptiki, Tölqin Mirkomilov millatimiz şuhratini keng miqyosda dunyoga tanitgan el farzandi edi, şunday bölib qoladi.
Baxtiyorlik osoyişta qalbga ega böliş bilan, qalb osoyiştaligi esa ilm oliş bilan vujudga keladi. Hozir “baxt” deb öylayotgan boylik, mansab, hatto oila quvonçi — barçasi ötkinçi. Yoşlik kunlarini ilm olişga sarf etayotgan kişining baxtigina boqiydir. Ilm oliş baxtiga yetgan odamning işlari uni ikki dunyo saodatiga yetaklaydi. Akademik Tölqin Mirkomilovning hayot yöli fikrimizga dalil böla oladi.
Olimning ilmiy yönalişi, yuqorida taʼkidlanganidek, köproq mahalliy resurslardan oqilona foydalanişga, ekologik tomondan zamon talablariga mos yangi texnologiyalarni işlab çiqişga, paxta sanoati mahsulotlari çiqindilarini sifatli qayta işlaş, mahalliy xomaşyolardan unumli foydalanişga qaratilgandi. Ustoz rahbarligida tarkibida sellyulozasi bölgan xomaşyolarning tuzilişi bilan ularning fizik-kimyoviy xossalari örtasida özaro muştaraklik örganildi. Sorbitlar, ionitlar va fiziologik faol polimerlar oliş maqsadida sellyulozani köp funksional organik kislotalar bilan modifikatsiyalaş usullari keng örganildi. Bu borada olingan natijalar, ilmiy yutuqlar asosida tarkibida sellyulozasi bölgan sanoat çiqindilaridan yuqori sifatli sellyuloza oliş texnologiyasi yaratilib, işlab çiqarişga tatbiq qilindi. Yangi oligomer va polimerlarning hayotda, amaliyotda qöllaniş sohalari aniqlandi. Kimyoning mazkur yönalişida milliy ilmiy maktabga asos solindi.
Akademik Tölqin Miromiloviçning serqirra faoliyati qiyosan örganilganda, katta hajmdagi ilmiy va amaliy işlar köz öngimizda namoyon böladi. Uning qalamiga mansub 9 ta darslik, 6 ta monografiya, 400 dan ortiq ilmiy maqola, qator risolalar, turli ixtirolari uçun olingan qirqqa yaqin patent va guvohnomalar bunga yaqqol dalolatdir. Ilm-fanga qöşgan ulkan hissasi eʼtirof etilib, Tölqin Miromiloviç Mirkomilov 1995 yili Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi etib saylandi.
Tölqin Mirkomilov 1992 yili Toşkent kimyo texnologiyasi institutiga rektor etib tayinlanadi. Kimyogar ustoz mazkur öquv dargohi öz nomiga munosib bölişi, har tomonlama yuksalişi yölida jonbozlik körsatdi. Öşa paytda global muammo bölgan ekologiya masalasiga alohida eʼtibor qaratib, «Sanoat ekologiyasi» kafedrasi taşkil etilişiga erişdi. Şu asosda bir qator yangi yönalişlar oçilişiga imkon yaratdi.
Taşabbuskor, omilkor, ayni paytda izlanuvçan, oliy taʼlim sohasiga doir masala va muammolarni hal etişning yangi, innovatsion yeçimini topa biladigan, yuqori taşkilotçilik qobiliyatiga ega Tölqin Mirkomilov 1994 yili mamlakatimizning texnika sohasidagi yetakçi oliy taʼlim muassasasi — Toşkent davlat texnika universitetiga rektor etib tayinlandi. Şu bilan birga, 1994-2001 yillar davomida Özbekiston Respublikasi Oliy öquv yurtlari rektorlarining jamoatçilik asosidagi kengaşiga raislik qildi. Qalbida ezgulik barq urib turgan inson qayerda bölmasin, qanaqa mansabda ötirmasin, hamişa odamlarga yaxşilik qilişni, özgalar yukini imkon qadar yengillatişni öylaydi.
Şu maʼnoda, yangi rahbar oliy öquv yurtlari nufuzini kötariş, professor-öqituvçilarning ilmiy-madaniy saviyasi va moddiy farovonligini oşirişga, ularni ijtimoiy jihatdan himoya qilişga eʼtiborni kuçaytirdi, boşqalarni ham şunga daʼvat etdi. Tölqin Mirkomilov özi rahbarlik qilgan universitet xalqaro aloqalarini kengaytiriş masalasiga alohida eʼtibor qaratdi. Jahonning bir qança nufuzli ilm maskanlari, universitet va institutlari bilan ilmiy hamkorlik riştalarini puxtaladi. Jumladan, «Siemens» firmasi va Gamburg texnika universiteti taşabbusi bilan taşkil etilgan xalqaro videokonferensiya işida faol iştirok etib, fanlarni masofadan turib öqitiş texnologiyasi böyiça hamkorlik işlari yölga qöyilişini taʼminladi. «Cofutis» Fransiya — Özbekiston ilmiy markazida kosmogeologiya, ekologiya, qişloq xöjaligi, geotektonika sohalarida yangi texnologiyalarni sinovdan ötkaziş va tarğib etiş işlarida ham jonbozlik körsatdi. 1996-1998 yillarda Rossiya, Gretsiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Fransiya, Angliya, Belgiya, Misr davlatlarida xizmat safarida bölib, ilmiy-texnika anjumanlari va konferensiyalarida faol qatnaşdi. Xorij oliy öquv yurtlari bilan döstlik va hamkorlik riştalari, xalqaro munosabatlarni mustahkamlaş yölida izlandi.
Turfa sohalarga qiziqişi bilan Tölqin Mirkomilov hayotsevar kişilar sirasiga kirardi. Olimning inson kamoloti adabiyot va sanʼatga oşnolikda deb bilgani va bunga qatʼiy amal qilgani erişgan yutuqlariga qanot bölgan, desak xato qilmaymiz. Ötgan asrning 70-yillarida Özbekiston xalq artisti Qudrat Xöjayev rahbarligida Politexnika institutida havaskorlik drama tögaragi taşkil etilganda, Tölqin aka bu taşabbusni birinçilardan bölib qöllab-quvvatlagandi. Keyinçalik jahonning manaman degan teatrlari uçun mahorat mezoni bölib kelgan «Otello», şuningdek, Izzat Sulton va Uyğun qalamiga mansub «Alişer Navoiy» spektakllari ana şu havaskorlik tögaragida sahnalaştirilib, Özbekiston teatr tarixiga yangi sahifa bölib kirdi. Tölqin Mirkomilov «Otello»da Yago obrazini, «Alişer Navoiy»da esa uluğ şoir obrazini professional aktyorlardan qolişmaydigan darajada, yuksak mahorat bilan ijro etib, muxlisu sanʼatsevarlar olqişiga sazovor böldi.
Har ikkala spektakl ham hozirgi Özbek Milliy drama teatri sahnasida namoyiş etildi va köplab sanʼatimiz darğalarining nazariga tuşdi. Özbekiston xalq artisti, Yago rolining qoyilmaqom ijroçisi sifatida tan olingan buyuk aktyor Nabi Rahimov: «Tölqin Mirkomilovga tasanno. U sahna sanʼatining kimyo sohasida adaşib yurgan öğli ekan», deya lutf etgan edi öziga xos mutoyiba bilan. Darhaqiqat, Tölqin aka qalban, ruhan sanʼatga yaqin inson, sohaning professional vakillari tili bilan aytganda, katta iqtidor egasi edi. Bunga “Bobur” videofilmida Umarşayx Mirzo, “Alişer Navoiy” videofilmida Samarqand hokimi obrazlarining Tölqin Mirkomilov ijrosidagi betakror talqinlari misol böla oladi.
Özbekiston fan arbobi, texnika fanlari doktori, professor Erkin Qosimov öz xotiralarida şunday yozadi:
Özbekning çin öğloni, mehribon oğa, sadoqatli döst Tölqin Mirkomilov çinakam vatanparvar inson edi.
Haq çizib qöygan yönaliş böylab borib, taqdir taqozosi ila kimyogar olim böldi. Akademiklik unvoniga erişdi. Respublikamizdagi eng yirik oliy öquv yurtlaridan biri, Toşkent texnika universiteti rektori lavozimida köp yillar samarali mehnat qildi. Oliy Majlis deputati böldi.
Sen bilan zamondoş, nomi, tarjimai holi katta harflar bilan yozilişiga, özgalarga namuna qilib körsatişga arziydigan şaxslar qatoriga, mening nazarimda, Tölqin Mirkomilov kiradi. Ayniqsa, uning bir xislati menga köp yoqardi.
“Biz qayerda bölmaylik, özbek degan faxrli nomni kökka kötarişimiz, örnak bölişimiz kerak”, — deb tez-tez takrorlardi u.
Ha, maqsad sari qatʼiyat va sobitlik körsatgan, ğayratli, şijoatli insongina tanlagan yölidagi ğov-tösiqlarni yengib ötib, ilm fidoyisi, fan peşvosi bölib yetişadi. Şu maʼnoda, qadimiy va navqiron, ayni çoğda öta murakkab kimyo fanida yangi söqmoqlar kaşf etiş va yuriş oson emas edi. Tölqin Mirkomilov ana şunday murakkab sohani tanlab, «Bilim qayda bölsa, buyuklik şunda bölur» degan purhikmat sözga amal qildi: buloqdek jöş urgan faoliyati, ilmiy, ilmiy-pedagogik, madaniy va maʼrifiy yönalişdagi uzluksiz izlanişlari, betimsol ilmiy asarlari va fundamental tadqiqotlari bilan buyuk mutafakkir ajdodlarimizga munosib izdoş böla oldi.
Sirojiddin Rauf,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
