Şarafli kasb sohibasi
Dilbar Abdullayeva yoş avlodga ilm-fan sirlarini puxta örgatayotgan şarafli kasb egalaridan.
Muallima Termiz şahridagi 12-umumtaʼlim maktabida geografiya fanidan saboq beradi. Yoş pedagoglar taʼlim jarayonida ilğor pedagogik usullarni qöllaş böyiça uning tajribasidan unumli foydalanadi.
– Keyingi yillarda taʼlim tizimini tubdan takomillaştirişga qaratilgan islohotlar samarasida yoşlar zamon talablari asosida puxta bilim egallamoqda, — deydi Xalq taʼlimi aʼloçisi Dilbar Abdullayeva. — 23 avgust kuni davlatimiz rahbari raisligida xalq taʼlimi tizimini rivojlantiriş, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oşiriş, yoş avlod maʼnaviyatini yuksaltiriş masalalariga bağişlab ötkazilgan videoselektor yiğilişida öqituvçilarning maqomi va nufuzini oşiriş, huquq va imtiyozlarini kengaytirişga alohida eʼtibor qaratildi. Bunday yuksak eʼtibor bizni ruhlantiriş barobarida yanada izlanişga undamoqda.
