Aholi uçun zamonaviy qulayliklar
Mamlakatimizda plastik kartalar orqali naqd pulsiz tölovlarni amalga oşiriş aholi uçun qulay bölib qoldi. “Asaka” bank ham öz mijozlariga yengillik yaratiş maqsadida plastik kartalardan foydalanişda tez va oson usullarni joriy etmoqda.
Yaqinda bank muassasasida “Plastik kartalarga xizmat körsatiş, ularning turlari va afzalliklari” mavzuida matbuot anjumani bölib ötdi.
Bugunga kelib, bank muomalaga çiqargan plastik kartalar soni 2.0 mln. donani taşkil etadi, örnatilgan terminallar soni esa 12 mingtadan oşdi. Tölovlar tizimini rivojlantirişda jami 2,5 ming dona “Xumo” terminallari örnatilib, 51 ming dona “Xumo” tölov kartalari muomalaga çiqarildi. 2019 yilning sentyabridan boşlab uşbu kartalarga overdraft kreditlarini ajratiş joriy qilindi.
— Bankimizning barça filiallarida tunu-kun işlaydigan 20 ta — 24/7 şoxobçalar va turli mehmonxonalarda 189 ta bankomat hamda infokioskalar mijozlarga xizmat körsatib kelmoqda, — dedi bank boşqaruvi raisi örinbosari Boboxon Abdullayev. — Joriy yilning 31 dekabriga qadar 24/7 şoxobçalarining sonini 40 taga, bankomat va infokioskalarni esa 266 taga yetkaziş rejalaştirilgan. Mijozlarga qulaylik yaratiş va masofaviy xizmatlar kölamini kengaytiriş maqsadida bankimiz tomonidan “Asaka mobile” mobil ilovasi joriy qilingan. Uşbu ilova orqali kartadan kartaga pul ötkaziş, onlayn omonat oçiş, onlayn konversiya amaliyotini ötkaziş, kreditlarni söndiriş, kommunal, byudjet, soliq, internet va boşqa xizmatlar böyiça tölovlarni ötkaziş imkoniyati mavjud.
Respublikamizda turizmni rivojlantiriş va turistlarga qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida “Asaka” bank tijorat banklar örtasida birinçilardan bölib “Master Card”, “Union Pay” va “UzCard” tölov tizimlariga bankomat yoki terminalda xizmat körsatiş amaliyotini joriy qildi. Bankomatlar “HUMO” hamda “VISA” kartalariga xizmat körsatadi.
Nargiza Bobomurodova,
“Hurriyat” muxbiri.
