Milliy özligimiz va mustaqil davlatçiligimiz timsoli
Prezident Şavkat Mirziyoyevning özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining öttiz yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, muhtaram yurtdoşlar!
Aziz döstlar!
Avvalambor, mana şu quvonçli ayyomda barçangizni azim poytaxtimizning markazida barpo etilgan, kuni keça işga tuşirilgan muhtaşam va uluğvor koşonada xuş kayfiyatda körib, qutlab turganimdan ğoyatda baxtiyorman.
Siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni tarixiy sana — özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining öttiz yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.
Maʼlumki, Özbekistonning zamonaviy qiyofasini yaqqol namoyon etadigan yangi bino va imoratlar bugun barça şahar va viloyatlarimizda köplab qad kötarmoqda.
Albatta, ularning orasida “Toşkent-Siti” işbilarmonlik markazi alohida ajralib turadi.
Guvoh bölib turganingizdek, “Toşkent-Siti” markazi özining meʼmoriy qiyofasida şaharsozlik sanʼatining eng sönggi yutuqlarini, arxitektura, muhandislik va dizaynerlik borasidagi noyob va ulkan salohiyatni yaqqol mujassam etadi.
Maydoni 80 gektardan iborat uşbu markazni qurişdan asosiy maqsad — zamonaviy, “aqlli şahar” barpo etiş, xalqaro, xorijiy va mahalliy bank-moliya tuzilmalari va investorlar uçun jonajon Vatanimiz, birinçi navbatda, gözal poytaxtimiz jozibadorligini oşirişdan iborat.
Biz Özbekiston taraqqiyotini yangi bosqiçga kötariş maqsadida işlab çiqilgan Harakatlar strategiyasini izçil amalga oşirayotganimizdan xalqimiz va xalqaro hamjamiyat yaxşi xabardor, albatta. “Toşkent-Siti” markazini barpo etiş ğoyasi ham aynan öşa strategiya bilan bir paytda tuğilgan edi.
Özbekiston tajribasida birinçi bölgan şunday katta miqyosdagi va noyob loyihani amalga oşiriş uçun köp narsani yangitdan örganişimiz, tinimsiz izlanişga töğri keldi.
Quriliş maydoni 1 million 600 ming kvadrat metrga teng bölgan yangi markazning 30 foizini uy-joylar, 30 foizini ofislar uçun binolar, yana 30 foizini savdo majmualari, 10 foizini mehmonxonalar fondi taşkil etadi.
Barçangiz körib turibsiz, bugun bu hududda ulkan bunyodkorlik işlari jadal davom etmoqda. Nasib etsa, 2021 yilda quriliş işlari töliq yakunlanib, uşbu markaz xalqimizga va poytaxtimiz mehmonlariga xizmat qilişni boşlaydi.
Qisqaça aytganda, “Toşkent-Siti” markazi Özbekistonda quriliş va arxitektura sohasida taraqqiyotning yangi davri boşlangani, bu sohada biz köp narsaga qodir ekanimizni körsatadi, desak, ayni haqiqat böladi.
Hozirgi vaqtda Özbekiston özining oçiq va konstruktiv siyosati bilan mintaqamizdagi yirik siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazga aylanib bormoqda. Jahondagi nufuzli xalqaro taşkilot va tuzilmalar, moliyaviy institutlar, işbilarmon doiralar tomonidan Özbekistonda qator tadbirlar, anjuman va uçraşuvlar ötkazilmoqda. Tabiiyki, kelgusida bu jarayonlar yanada kuçayadi, Özbekiston yana köplab yirik xalqaro sammitlar, forum va simpoziumlarga mezbonlik qiladi.
Şu maʼnoda, uşbu muhtaşam majmua nafaqat davlatimiz, balki xalqaro ahamiyatga ega bölgan yangi ğoya va taşabbuslar tuğiladigan, muhim tarixiy hujjatlar qabul qilinadigan maskanga aylanadi, deb işonamiz.
Fursatdan foydalanib, mana şunday muazzam saroyning bunyodkorlariga — mohir meʼmor va loyihaçilarga, işçi-muhandislarga, çet ellik mutaxassislarga, barça iştirokçilarga öz nomimdan, xalqimiz nomidan çuqur minnatdorçilik bildiraman.
Hurmatli döstlar!
Mamlakatimizda yaratilayotgan yangi tarix, yangi taraqqiyot davrining, xalqimiz bunyodkorlik salohiyatining amaliy ifodasi bölmiş mana şu betakror majmuada birinçi bölib ona tilimizga — davlat tiliga bağişlangan tantanali marosimni ötkazayotganimiz bejiz emas.
Bugun uşbu muhtaşam majmuaga dastlabki aziz mehmonlar sifatida taşrif buyurgan siz, qadrli yurtdoşlarimizni, muhtaram faxriylarimizni, ona tilimizning jonkuyari bölgan ziyolilarimizni, deputat va senatorlarimiz, faol yoşlarimizni, diplomatik korpus vakillarini çin qalbimdan tabriklaş menga katta mamnuniyat bağişlaydi.
Bu muazzam koşona barçamizga, butun xalqimizga muborak bölsin! Xuş kelibsiz, aziz döstlar!
Qadrli vatandoşlar!
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bölgan özbek tili xalqimiz uçun milliy özligimiz va mustaqil davlatçiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir.
Kimda-kim özbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuçini, çeksiz imkoniyatlarini his qilmoqçi bölsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, ölmas maqomlarimizni eşitsin, baxşi va hofizlarimizning sehrli qöşiqlariga quloq tutsin.
Turkiy tillarning katta oilasiga mansub bölgan özbek tilining tarixi xalqimizning köp asrlik keçmişi, uning orzu-intilişlari, dardu armonlari, zafarlari va ğalabalari bilan çambarças boğliqdir.
Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga öz sözini aytib kelganlar. Şu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kaşfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar.
Ötmişda ölkamizni bosib olgan turli yovuz kuçlar bizni avvalo öz tilimizdan, tariximiz va madaniyatimizdan, dinu diyonatimizdan judo qilişga qayta-qayta urindilar. Ular el-yurtimiz boşiga qanday azob-uqubatlar, kulfat va musibatlar solgani tarixdan yaxşi maʼlum.
Ammo jasur va matonatli xalqimiz har qanday oğir sinovlarda ham öz ozodligi va istiqloli uçun mardona kuraşdi. Bu yölda behisob qurbonlar berdi. Har qanday zulm va zöravonliklarga qaramasdan, öz ona tilini — milliy ğururini saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, balki uni har tomonlama rivojlantirib, bugungi avlodlarga bezavol yetkazib berdi.
Bu borada maʼnaviy jasorat va fidoyilik körsatgan buyuk arboblarimiz, adib va olimlarimiz, ulamolarimiz, uluğ sanʼatkorlarimizning xotirasini bugun hurmat va ehtirom bilan yod etamiz.
Uşbu qutluğ ayyomni bayram qilar ekanmiz, avvalo, 1989 yil 21 oktyabr sanasini — “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunni eslaşimiz örinlidir.
Yurtimizda mustabid tuzum hali öz hukmini ötkazib turgan ğoyat oğir şaroitda xalqimizning taqdiri va kelajagini hal qiladigan bu qonunni qabul qiliş biz uçun oson keçmagan edi.
Qonun loyihasi ikki marta umumxalq muhokamasiga qöyilgan edi. Uning atrofida qanday qizğin bahs va tortişuvlar bölib ötganini, öylaymanki, köpçilik yurtdoşlarimiz juda yaxşi eslaydi. Şaxsan men ham öşanda bu tarixiy jarayonlarning bevosita guvohi va iştirokçisi bölganman.
Bu muhim hujjatning qabul qilinişida fidoyi va vatanparvar ziyolilarimiz, keng jamoatçilikning qatʼiy şijoati hamda Birinçi Prezidentimiz muhtaram Islom Abduğaniyeviç Karimovning siyosiy irodasi katta örin tutdi.
Özbek tili davlat tili sifatida xalqimizni birlaştiradigan, jamiyatimizni uluğ maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuç bölib maydonga çiqdi. Ayni vaqtda u Özbekistonning davlat mustaqilligi sari qöyilgan birinçi dadil qadam edi.
Bu qonun xalqimizning öz taqdirini özi belgilaş yölidagi azmu qarorining yorqin namoyoni böldi. Oradan ikki yil ötib, Özbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi aynan ona tilimizda jahonga eʼlon qilindi.
Mamlakatimizning Asosiy qonuni — Konstitutsiyamizning özbek tilida yaratilişi uning nufuzini yanada yuksaltirdi.
Yurtimiz böylab va xalqaro maydonlarda ona tilimizda yangrayotgan Davlat madhiyasi ham qalblarimizda Vatan tuyğusini jöş urdiradi.
Özbek tili ötgan yillar davomida mamlakatimizdagi yuzdan ortiq millat va elat vakillarini özaro boğlaydigan mehr-oqibat tiliga aylandi.
Bundan beş asr muqaddam hazrat Alişer Navoiy:
“Turk nazmida çu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam”, deb yozgan edi. Yaʼni, ul zot ona tili bayroğini baland kötarib, butun el-ulusni, yurtlarni şu bayroq ostida birlaştirdim, deb iftixor qilgan.
Barçamizga yaxşi ayonki, ona tili — millat maʼnaviyatining mustahkam poydevoridir. Uluğ maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy taʼkidlaganidek, har bir millatning dunyoda borligini körsatadigan oyinai hayoti — bu uning milliy tili va adabiyotidir.
Şu maʼnoda dunyo hamjamiyatidan munosib örin egallaşni maqsad qilib qöygan har qaysi davlat, avvalo, öz xalqining milliy tili va madaniyatini asrab-avaylaşga, rivojlantirişga intiladi.
Mustaqillik yillarida ona tilimizni tom maʼnoda davlat tiliga aylantiriş yölida katta çora-tadbirlar amalga oşirildi.
Şu örinda bir fikrga eʼtiboringizni qaratmoqçiman. Hozirgi kunda Yer yuzida 7 mingdan ziyod til mavjud bölsa, ularning faqat 200 ga yaqini davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega.
Şu nuqtai nazardan qaraganda, özbek tiliga davlat tili maqomini huquqiy jihatdan muhrlab bergan mazkur qonunning xalqimiz hayotidagi örni va ahamiyati beqiyosdir.
Bu tarixiy voqeadan söng lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş haqida yana bir muhim qonun qabul qilindi.
Hurmatli vatandoşlar!
Bugun jonajon Özbekistonimiz “Milliy tiklanişdan — milliy yuksaliş sari” degan ustuvor ğoya asosida öz taraqqiyotining yangi bosqiçiga dadil qadam qöymoqda. Barça sohalar bilan birga davlat tilining jamiyatdagi örni va nufuzini oşiriş böyiça keng kölamli işlar qilinmoqda.
Hozirgi kunda özbek tili davlat tili sifatida siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotimizda faol qöllanmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda.
Davlatimiz tomonidan maʼnaviy hayotimizni yanada rivojlantiriş, jumladan, taʼlim-tarbiya işlarini zamon talablari asosida taşkil etiş, madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarini takomillaştiriş, kitobxonlik madaniyatini oşiriş böyiça qabul qilingan önlab farmon va qarorlar özbek tili ravnaqiga bevosita xizmat qilmoqda.
Bu haqda gapirganda, keyingi yillarda ona tilimizda faoliyat yuritadigan yuzlab boğçalar, maktablar, oliy öquv yurtlari, yangi gazeta va jurnallar, tele-radio kanallar, naşriyotlar, madaniy-maʼrifiy muassasalar, kutubxonalar taşkil etilayotganini qayd etiş lozim.
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetining faoliyati yölga qöyildi. Bu yerda folklorşunoslik, dialektologiya, turkologiya, matnşunoslik kabi yönalişlar oçildi.
Bu borada yangi öquv dasturlari yaratilayotgani, darslik va qöllanmalar, risola va monografiyalar naşr etilayotgani, ilmiy anjumanlar, ommaviy axborot vositalarida özbek tilining buguni va istiqboli haqida amaliy taklif va taşabbuslar bildirilayotgani ğoyat muhim ahamiyatga ega.
Xabaringiz bor, azim poytaxtimiz markazidagi Milliy boğ hududida Adiblar xiyoboni bunyod qilinmoqda. Bu gözal maskanda barpo etilayotgan yodgorlik majmualari adabiyotimizning buyuk namoyandalari, özbek tilining çinakam jonkuyarlari xotirasiga bağişlangani, ayniqsa, eʼtiborlidir.
Ona tilimiz va milliy adabiyotimizni uluğlaş, uning boy xazinasi, tarovati va nafosatini yoş avlodimizga yetkaziş maqsadida yurtimizda atoqli şoir va adiblarimiz nomlaridagi ijod maktablarini taşkil etdik. Muhammad Rizo Ogahiy, Ishoqxon Ibrat, Abdulla Qodiriy, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablarida eng avvalo özbek tili va adabiyotini, badiiy ijod sirlarini çuqur örganiş uçun barça şaroit yaratilmoqda.
Hozirgi vaqtda özbek tilida sözlaşuvçilar soni jahon miqyosida 50 million kişiga yaqinlaşib qoldi. Bu ona tilimizning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi.
Bugungi kunda xalqaro maydonda obrö-eʼtibori tobora yuksalib borayotgan Özbekistonimizni dunyoga tarannum etişda ona tilimiz ham katta hissa qöşmoqda.
Özbek tili Amerika Qöşma Ştatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Şvetsiya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, Afğoniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qozoğiston, Turkmaniston, Qirğiziston kabi davlatlarning 60 ga yaqin universiteti va 100 dan ziyod maktabida örganilmoqda. Özbek tili va adabiyoti böyiça ilmiy izlanişlar olib borayotgan çet ellik olim va tadqiqotçilar soni yil sayin köpaymoqda.
Şu borada mamlakatimizning xorijdagi elçixonalari va diplomatik vakolatxonalari qoşida “Özbek tilining döstlari” klublari taşkil etilayotganini biz har tomonlama qöllab-quvvatlaymiz.
Fursatdan foydalanib, bugungi quvonçimizga şerik bölayotgan çet davlatlarning muhtaram elçilariga, xalqaro taşkilotlar vakillariga ularning yurtlarida özbek tiliga körsatilayotgan hurmat va eʼtibor uçun taşakkur izhor etaman. Ayniqsa, Özbekistondagi xizmat faoliyati davomida özbek tilini örganib, faol muloqot qilayotgan xorijiy diplomatlarga alohida minnatdorçilik bildirmoqçiman.
Sizlarga yaxşi maʼlum, yaqinda Özbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşiga aʼzo böldi. Bu, öz navbatida, nafaqat özaro iqtisodiy hamkorlikni kuçaytirişga, balki turkiy tillar, jumladan, özbek tilining xalqaro maqomini yuksaltirişga xizmat qiladi.
Kengaş sammitida bildirgan taşabbuslarimiz, xususan, qardoş xalqlar adabiyotining eng sara namunalari mujassam bölgan yuz jildlik “Turkiy adabiyot xazinasi” kitoblar turkumini aʼzo davlatlarning ona tillarida naşr etiş taklifimiz ijobiy qabul qilindi.
Aziz döstlar!
Davlat tilini rivojlantirişga qaratilgan işlarimizning mantiqiy davomi sifatida bugun mamlakatimizda yana bir muhim qadam qöydik. Men bugun “Özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonga imzo çekdim. Unga binoan “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kunning ulkan tarixiy örni va ahamiyatidan kelib çiqqan holda, 21 oktyabr sanasi yurtimizda “Özbek tili bayrami kuni” deb belgilandi.
Öylaymanki, özbek tili bayramining mamlakatimiz va xalqaro miqyosda keng nişonlanişi xalqimizning milliy ruhi va ğururini yuksaltiriş bilan birga, davlat tilini hayotimizda tölaqonli joriy etişga xizmat qiladi.
Uşbu farmonda ona tilimizning kelgusi taraqqiyotiga oid köplab masalalar qatorida Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantiriş böyiça alohida tuzilma taşkil etilganini ham sizlarga maʼlum qilmoqçiman.
Bu tuzilma davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinişini, sohaga oid muammolarni tahlil etib, bu borada yagona davlat siyosati amalga oşirilişini taʼminlaydi.
Ayni paytda dunyoda ilm-fan va texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib, mamlakatimizning xalqaro hamkorlik aloqalari tobora kengaymoqda. Natijada hayotimizga çetdan köplab yangi tuşunça, söz va iboralar kirib kelmoqda.
Globallaşuv şaroitida milliy tilimizning sofligini saqlaş, uning luğat boyligini oşiriş, turli sohalarda zamonaviy atamalarning özbekça muqobilini yaratiş, ularning bir xil qöllanişini taʼminlaş dolzarb vazifa bölib turibdi.
Töğrisini aytiş kerak, bu masalada ham oqsoqligimiz bor edi. Şu munosabat bilan farmonda yangi söz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritiş borasidagi işlarni tartibga soladigan Atamalar komissiyasini tuziş masalasini ham nazarda tutdik.
Ona tilimiz — milliy maʼnaviyatimizning bitmas-tuganmas buloğidir. Şunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom körsatiş barçamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burçimizdir.
Davlat tiliga bölgan doimiy eʼtibor va ğamxörlik mamlakatimizda bundan buyon ham izçil davom ettiriladi.
Qadrli yurtdoşlar!
Maʼlumki, Vatanimiz neça yuz yillar mobaynida buyuk sivilizatsiya va madaniyat markazlaridan biri bölgan. Qadimdan diyorimizda xalqimiz bilan birga turli millat vakillari yelkadoş, ahil va hamjihat bölib, tinç va osoyişta muhitda yaşab keladilar.
Öz tilini hurmat qilgan maʼrifatli el boşqalarning ona tiliga ham çuqur hurmat bilan qaraydi. Özbekistondagi bağrikenglik siyosati tufayli, hozirda yurtimizda yagona oila bölib yaşayotgan 130 dan ziyod millat va elat vakillariga öz ona tili, urf-odat va qadriyatlarini rivojlantirişi uçun hamma şart-şaroitlar yaratilmoqda. Toşkent şahri va joylarda faoliyat körsatayotgan 140ga yaqin milliy madaniy markaz ayni şu maqsadga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda taʼlim-tarbiya muassasalari va ommaviy axborot vositalari özbek tili bilan birga qoraqalpoq, rus, qozoq, qirğiz, tojik, turkman tillarida faoliyat olib borayotgani xalqaro jamoatçilik tomonidan ijobiy hodisa sifatida eʼtirof etilmoqda.
Dono xalqimiz “Til bilgan — el biladi” deydi. Bu borada buyuk bobolarimiz ibrat va namuna körsatganlar. Xususan, Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy, Ahmad Farğoniy, Mahmud Zamaxşariy, Alişer Navoiy kabi uluğ ajdodlarimiz önlab tillarni puxta bilganlari uçun ham jahon ilm-fanining yuksak çöqqilarini zabt etganlar.
Bugungi kunda yurtimizdagi taʼlim maskanlarida ingliz, rus, nemis, fransuz, ispan, italyan, arab, fors, turk, xitoy, yapon, koreys, hind va urdu tillari çuqur öqitilayotgani bu anʼanalar davom etayotganining yorqin ifodasidir.
Biz yoşlarimizning jahon tillarini egallaşga bölgan ulkan qiziqiş va intilişlarini har doim qöllab-quvvatlaymiz.
Men bugun aziz bolalarimizga murojaat qilib, uluğ alloma, XX asr boşida olti tilli — özbek, arab, fors, hind, turk va rus tillarida luğat tuzgan Ishoqxon Ibratning mana bu hikmatli sözlarini eslatmoqçiman: “Bizning yoşlar albatta boşqa tilni biliş uçun saʼy-harakat qilsinlar, lekin avval öz ona tilini közlariga tötiyo qilib, ehtirom körsatsinlar. Zero, öz tiliga sadoqat — bu vataniy işdir”.
Öylaymanki, bu sözlarga ortiqça izohning hojati yöq.
Hurmatli anjuman qatnaşçilari!
Ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi taʼsiri va mavqeini yanada oşiriş böyiça oldimizda öta muhim va dolzarb vazifalar turibdi.
Avvalo, bundan öttiz yil muqaddam qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi qonunni bugungi kun talablari nuqtai nazaridan har tomonlama çuqur tahlil qilib, takomillaştiriş zarurati sezilmoqda.
Yana bir muhim vazifa fundamental tadqiqotlar, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, harbiy iş, tibbiyot va boşqa tarmoqlarda davlat tilini tölaqonli qöllaş bilan boğliq.
Özbek tilining qöllaniş doirasini kengaytiriş, mamlakatimizda yaşayotgan turli millatlarga mansub vatandoşlarimizning davlat tilini örganişlari uçun tegişli şaroit yaratib beriş, yurtimizda va xorijda özbek tilini örgatadigan öquv markazlarini köpaytiriş zarur.
Şu maqsadda yangi darsliklar, qiyosiy va turli sohalarga oid luğatlar, iş yuritiş va sözlaşuv qöllanmalari naşr etiş, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştiriş, bu tizimga töliq ötiş böyiça hali köp iş qilişimiz kerak.
Şuningdek, özbek tilining öziga xos xususiyatlari, şevalari, tarixiy taraqqiyoti, uning istiqboli bilan boğliq ilmiy tadqiqotlar samarasini oşiriş, kadrlar tayyorlaş sifatini tubdan yaxşilaşga erişmoğimiz zarur. Bu işlar uçun moliyaviy resurslar va mablağlarni aslo ayamasligimiz kerak.
Özining bebaho asarlari bilan ona tilimizning qadrini va qaddini tiklagan buyuk mutafakkir ajdodimiz Alişer Navoiy hayoti va ijodining mukammal ensiklopediyasini yaratiş ham oldimizda turgan dolzarb vazifalardan biridir.
Ayni paytda aholi, ayniqsa, yoşlarimiz turli maʼlumotlarni asosan, Internet va ijtimoiy tarmoqlardan olmoqda. Binobarin, ona tilimizni jozibali va qiziqarli tarzda taqdim etiş, buning uçun özbek tilining kompyuter dasturlarini, onlayn darsliklar, elektron luğatlarni yaratiş kerak. Internet imkoniyatlaridan töliq foydalanib, özbek tilini keng tarğib etiş böyiça işlarimizni kuçaytirişimiz lozim.
Davlat tili masalasi milliy ğoyamizning asosiy tamoyillaridan biri bölişi zarur. Yoş avlod qalbiga ona tilimizni bolalikdan singdiriş maqsadida taʼlimning barça bosqiçlarida özbek tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal örgatişga alohida eʼtibor qaratişimiz lozim. Toki, bolalarimiz özbek tilida ravon öqiydigan, ravon yozadigan va teran fikrlaydigan insonlar bölib yetişsin.
Jamiyatimizda til bilan boğliq eng köp muhokama qilinayotgan, haqli eʼtirozlarga sabab bölayotgan mavzu — bu joy nomlarini belgilaş masalasi, desak, xato bölmaydi.
Afsuski, jamoat joylarida, köçalarda, binolar peştoqida toponimik belgilar, turli lavha va reklamalar köpinça xorijiy tillarda, maʼnaviyatimizga yot mazmun va şakllarda aks ettirilmoqda. Bu davlat tili talablariga, milliy madaniyat va qadriyatlarimizga bepisandlikdan, umumiy savodxonlik darajasi esa tuşib ketayotganidan dalolat beradi.
Şu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasi Atamalar komissiyasi bilan birgalikda uşbu masalalarni keng jamoatçilik iştirokida jiddiy örganib çiqişi va tartibga solişi zarur.
Çunki ijtimoiy obʼyektlarga nom beriş — bu şunçaki şaxsiy yoki xususiy iş emas. Bu barçamizning vatanparvarlik va maʼnaviy saviyamizni yaqqol körsatadigan öziga xos mezondir. Buni heç kim, heç qaçon unutmasligi kerak.
Biz xalqimizning taqdiri, ertangi kuni haqida öylar ekanmiz, eng avvalo, millatimizning asl fazilatlarini, gözal urf-odatlarimiz, betakror sanʼatimiz va adabiyotimizni, ona tilimizni köz qoraçiğiday saqlaşimiz zarur.
Muxtasar aytganda, har birimiz davlat tiliga bölgan eʼtiborni mustaqillikka bölgan eʼtibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilişimiz, şunday qaraşni hayotimiz qoidasiga aylantirişimiz lozim.
Bu olijanob harakatni barçamiz özimizdan, öz oilamiz va jamoamizdan boşlaşimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etişimiz kerak.
Muhtaram vatandoşlar!
Sizlarni va butun xalqimizni özbek tili bayrami bilan yana bir bor çin qalbimdan tabriklayman.
Barçangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga fayzu baraka, baxtu saodat tilayman.
Özbek tili — ona tilimizning nufuzi, obrö-eʼtibori yanada ziyoda bölsin!
Şunday bebaho boylik sohibi bölgan, uni hamişa asrab-avaylab kelayotgan aziz xalqimiz omon bölsin!
Eʼtiboringiz uçun rahmat.
