Navoiy viloyati: işonçli va yoruğ qadamlar

Navoiy viloyatiga yengil maşina yaqinlaşgani sayin havoga kötarilayotgan iliq haroratli rango-rang oqiş bulutlar sanoat korxonalarining uzluksiz işlayotganini anglatib turardi.

Navoiy şahri ixçam bölsa-da, juda körkam, şahar ahlining madaniy dam olişlariga möljallab barpo etilgan boğlar, xiyobonlarda yaratilgan şaroitlar, köp qavatli uy-joylarning öziga xos uslubda qad rostlagani, möʼjaz köçalarning ravonligi közni quvnatsa, piyodalar yölkasi qoidalariga haydovçi va yölovçilarning qatʼiy rioya qilişi bu yerda tartib-qoida amalda ekanligini körsatadi.

Xizmat safarimiz davomida Navoiydagi izçil islohotlar keçayotganiga guvoh böldik. Albatta, bu yerda respublikamizga maʼlum bölgan bir qator yirik sanoat obyektlari, jumladan, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot”, “Qizilqumsement” singari yetakçi korxonalar faoliyat yuritadi. Ammo biz viloyatdagi boşqa tizimlar – matbuot, adliya, taʼlim-tarbiya muassasalarida olib borilayotgan yangilaniş, özgarişlar bilan tanişişni niyat qildik.

Yangiça işlaş vaqti keldi

Özbekiston Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi Navoiy vi­loyati bölimi raisi Otabek Aslonov iş uslubida yangiça tadbir joriy etganini quyidagiça gapirdi:

— Uşbu yilning avgust oyi­dan boşlab hokimlik vakillari, taşkilot va boşqarmalar rahbarlari hamda jurnalistlar iştirokida Press-tur (matbuot anjumani) taşkil etdik. Tadbirlarda taşkilot rahbarlari öz faoliyatlari yuzasidan OAV vakillari bilan fikr almaşadi. Jurnalistlar sohalar kesimida maʼlumotga ega bölişadi. Şuningdek, özlarini qiziqtirgan savollarga bevosita mutasaddilarning özidan javob oliş imkoni mavjud. Bunday tadbirlar rahbarlarda jurnalistlar bilan muloqot ötkaza oliş, axborot beriş könikmasini şakllantiradi.

— Viloyatimizda baʼzan quriliş yoki buziş işlari kutilmaganda boşlanib ketadi, — deydi viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Dilşod Mamarajabov. — Tabiiyki, bu jarayon köpçilikda norozilik uyğotadi. Navbatdagi Press-tur viloyat quriliş boş boşqarmasi bilan ötkazilganda ayni şu masala muhokama qilinganidan xabarim bor. Natijada, OAV vakillari viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini tubdan yangilaş sari qadam qöyilayotganiga guvoh bölişdi. Deylik, Navoiy şahrida yaqinda foydalanişga topşirilgan “Yoşlar xiyoboni”ning barpo etilişi oldidan boşlangan buzilişlar ijtimoiy tarmoqlarda ançagaça tanqidga uçradi. Bugunga kelib esa mazkur xiyobon, uning tungi körinişi gözal manzara kasb etgani, nafaqat viloyatdoşlarimiz, balki vohamizga taşrif buyurgan mehmonlarni ham befarq qoldirmayapti.

Albatta, OAVlari bilan mamlakatimizdagi mavjud rasmiy idoralar hamkorlikda faoliyat yuritişsagina ijobiy natijaga erişiş mumkin. Buning uçun, avvalo rahbar gazeta öqişi, tanqidiy yoki öta maqtov bitilgan maqolalarga öz munosabatini bildirib borişi kerak. Markaziy naşrlarga barmoq uçidan qaraş mamlakatda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy yuksalişlarni xaspöşlayotgan, tirnoq orasidan kir qidirişga intilayotgan “kuç”larga katta maydon yaratişini unutmasligimiz lozim.

Demak, OAVlariga obuna böliş masalasi faqat tahririyatlarda emas, balki hukumat doirasida qöllab-quvvatlanişi lozimligini davr taqozo etmoqda.

Dunyo tanigan, tan olgan yurtimiz bor

Bugungi kunda Navoiy viloyatiga “Erkin iqtisodiy zona” maqomi berilgani xorij inves­torlarida özgaça qiziqiş uyğotdi. Ayni paytda viloyatga taşrif buyurayotgan çet ellik investorlar oqimi kuçaygani mavjud mehmonxonalarda tölov narxi xorij valyutasi kursida belgilanganidan ham sezildi.

— Maʼlumki, Konimex çorvaçilikka ixtisoslaşgan tuman edi. Yaqin yillar içida sanoatlaşgan hududga aylanadi, deb heç kim öylamagandi, — deydi viloyat hokimi örinbosari Faxriddin Soliyev. — 2019-2020 yillarda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturiga asosan 25 ta loyiha amalga oşiriladi. Mahalliy tadbirkorlarning taşabbuskorligi oşayotgani, tumanga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarning jalb etilgani natijalar rejadan köra salmoqli bölişini vaʼda qilmoqda. Xususan, bugungi kunda viloyatimizga Kanada, Ukraina, Gretsiya, Xitoy va Hindiston kabi davlatlarning bir qator kompaniyalari muzokaralar olib boriş uçun taşrif buyurişdi.

Ayni paytda Konimex tumanida öz faoliyatini boşlagan “Konimex Nasl Chorva” MÇJ bunga misol böla oladi. Mazkur jamiyat Özbekiston — Eron qöşma korxonasi hisoblanib, loyiha qiymati 1,5 million AQŞ dollarini taşkil etdi.

Bugungi kunda korxonada 121 boş “Golşteyn” zotli qoramol parvarişlanmoqda. Yaqin kelajakda qoramollar sonini ming­taga yetkaziş hamda xöjalik qoşida sut mahsulotlarini qayta işlaş va qadoqlaş sexini işga tuşiriş rejalaştirilgan. Uşbu maqsadda quriliş işlari jadal olib borilmoqda.

Hammamizga ayonki, bugun dunyo tijoratçilari mamlakatimizga bejizga intilayotgani yöq, ularning maqsadi yangi bozorda özining qöşimça işlab çiqarişini taşkil etiş, evaziga mömay daromad köriş ekani maʼlum. Şunday ekan, bundan avval LUKOIL singari xorij investorlari bilan tuzilgan şartnomalardagi xatolik röy bermasligi uçun endigi özaro bitimlarda zarraça kamçilikka yöl qöymaslik zarur ekanligini davr isbotladi. Puxta reja asosida ertangi kun istiqbolini yaratiş ham farz, ham xalqimiz oldidagi qarzimizdir.

Şu kunlarda dunyo investorlarining maʼlum qismi viloyatdagi şart-şaroitlar bilan tanişiş, öz loyihalari asosida hamkorlik faoliyatini yölga qöyiş istagini bildirişayapti. Mazkur yilning 8 oktyabrida Hindistonning “Delhi International Airport limited” (DIAL) kompaniyasi tijorat direktori Sanjiv Edvard bilan Navoiy viloyati hokimligi mutasaddilari özaro hamkorlik töğrisida suhbat ötkazişdi.

Mazkur kompaniya aeroportlar hamda qayta tiklanuvçi energiya manbalari, avtomagistrallar quriş işlari bilan şuğullanadi. Şuning­dek, şahar infrastrukturasini yangi şaklda barpo etiş loyihalarini amalga oşiradi. Bu kompaniya dunyodagi yirik tijoratçi korçalonlar orasida törtinçi örinni band etib turibdi. DIALning Nepal, Indoneziya, Singapur, Filippin va Gretsiya singari mamlakatlarda faoliyatdagi aktivlari va loyihalari mavjud.

Sanjiv Edvard janoblari Navoiy xalqaro aeroporti va Xalqaro intermodel logistika markazi bilan tanişarkan, özaro hamkorlik qilişdan mamnun ekanini bildirdi. Viloyatda amalga oşirilayotgan keng kölamdagi islohotlar bu yurtning poydevori mustaham, kelajagi barqaror ekanini anglatadi.

— Bugungi kunda viloyatning barça tumanlarida xorijiy investorlarni uçratiş mumkin. Ular, asosan, xomaşyodan tayyor mahsulot işlab çiqaradigan korxonalarni barpo etiş, ularni eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlaş loyihalarini taqdim etişmayapti, — deydi F.Soliyev. — Şuningdek, quritilgan meva mahsulotlarini qayta işlaş, paxta tolasidan turli kiyim-keçaklar tayyorlaş hamda sanoatning boşqa sohalariga ham investitsiya kiritişga tayyor ekanini bildirişayapti. Viloyatimizda xorijlik işbilarmonlarning erkin faoliyat yurtişiga barça qulayliklar yaratilgan.

Tarozining adl pallasi

Şerzod Bahromov,

Navoiy viloyati adliya boşqarmasi boşliği:

— Prezidentimizning 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltiriş tizimini tubdan takomillaştiriş töğrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlaş maqsadida içki tartibda iş reja işlab çiqdik. Belgilangan vazifalarni adolat tarozisiga qöyib, xolis amalga oşirişda aholi bilan Navoiy televideniyesi orqali qilinayotgan jonli muloqot asqotayapti. Bundan taşqari, “Adliya minbari” telekörsatuvi jonli tarzda efirga uzatilayapti. “Şaxs – oila — mahalla — taʼlim muassasasi — taşkilot — jamiyat” tizimida hamkorlikni yölga qöydik.

Albatta, Adliya tizimida qonun buzilişi holatlarini bartaraf etiş, odamlarni rozi qiliş boş masala hisoblanadi. Şu kungaça taşkilot va idoralarga 105 ta taqdimnoma, 24 ta maʼmuriy javobgarlikka tortiş böyiça takliflar kiritilgani, taqdimnomalarga asosan 72 nafar şaxslar intizomiy javobgarlikka tortilib, 2 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgani sohada amaliy işlar qilinayotganini körsatadi. Bundan taşqari, 23 nafar şaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilib, sudlarga kiritilgan 7 milliard 400 million sömga yaqin daʼvo arizalari qanoatlantirilgan. Şunday paytda tarozining adl pallasi kimning qölida ekanligi bilinib qoladi.

— Bizda jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlariga jiddiy eʼtibor qaratiladi, ularni öz vaqtida örganib çiqiş çoralari körilib, eʼtibor takroriy murojaatlarning oldini olişga qaratiladi, — deydi Ş.Bahromov.

Taʼlim yangilaniş pallasida

Nurbek Uluğberdiyev,

Navoiy viloyati xalq taʼlimi boşqarmasi boşliği:

— Navoiy viloyatidagi taʼlim-tarbiya muassasalarida öqiş 5 tilda, yaʼni özbek, rus, qoraqalpoq, qozoq va tojik tillarida olib boriladi.

2018 yil yakunida mahalliy byudjet qöşimça orttirilgan mablağlar hisobidan maktablarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlaş va quriliş-taʼmirlaş işlari uçun 39,3 mlrd. söm ajratilgan va bu körsatkiç Respublikada har bir öquvçiga ajratilgan mablağlar böyiça viloyat hokimligi eng yuqori reytingni egalladi.

Boşqarma taşabbusi bilan şahar va tumanlarda “Iqtidorli yoşlar klubi” taşkil etildi. Klubga iqtidorli va isteʼdodli öquvçi-yoşlar qamrab olindi. Natijalar esa yomon emas — 2019 yil 30 mayda umumtaʼlim maktablari örtasida ötkazilgan “Eng obod maktab” tanlovining Respublika bosqiçida Navoiy şahar 13-umumiy örta taʼlim maktabi ğolib böldi. Şuningdek, aniq fanlar olimpiadasining Respublika bosqiçida Navoiy şahar 8-umumiy örta taʼlim maktabi 11-sinf öquvçisi Parizoda Axatova Rus tili va adabiyoti (milliy sinflarda) fanidan 1-örinni, Xatirçi tumanidagi 6-umumiy örta taʼlim maktabi 11-sinf öquvçisi Durdona Olimova Davlat va huquq asoslari fanidan 2-örinni, Uçquduq tumani 9-umumiy örta taʼlim maktabi 11-sinf öquvçisi Gulperizat Qonarbayeva Qozoq tili va adabiyoti fanidan 3-örinni qölga kiritdi.

Şuningdek, 2019 yilning yanvar oyida Qozoğistonda Jautikov nomidagi 15-Xalqaro olimpiadada Zarafşon şahar 12-umumiy örta taʼlim maktabining 11-sinf öquvçisi Soliboy Razzoqov fizika fanidan iştirok etib, 3-örinni egalladi va bronza medali sohibi böldi.

Bunday misollarni köplab keltiriş mumkin. Viloyatimizda taʼlimga alohida eʼtibor qaratilgan, iqtidorli, yaʼni barça fanlarni aʼlo özlaştirgan öquvçilar taqdirlanib kelinadi. Bu öquvçi-yoşlarning ötilgan darslarni özlaştirişida kötarinki kayfiyat bağişlaydi.

Bizda kuçlilar tarbiyalanadi

— Bizda sport turlari böyiça federatsiyalar soni 44 ta bölib, 23 ta olimpiya, 5 ta milliy va 16 noolimpiya sport turlari böyiça 632 ta murabbiylar maşğulotlar olib borişadi. Murabbiylarning 186 nafari ayol murabbiylardir, — deydi viloyat jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi boşliği Şahlo Narziyeva. — Seksiyalarda sport bilan muntazam şuğullanuvçilar soni 90647 nafarni taşkil etdi.

Men faxr bilan aytişim mumkin, uşbu yilning 9 oyi davomida viloyatimiz 18 marta Respublika çempionati va kuboklariga mezbonlik qildi. Bunga sabab, viloyatimizda sport musobaqalarini ötkaziş öyingohlari talabga javob bera olişini doim nazorat qilamiz. Yil boşidan 986 ta omma­viy sport tadbirlari ötkazilgan bölsa, unda iştirok etgan 114092 nafar yoşlarning şikast topmasligi, birinçi nav­batda, eʼtiborimizda böldi.

Bizni quvontirgani sportçilarimiz Jahon çempionatida 29, Osiyo çempionati va kuboklarida 71 ta, Xalqaro sport musobaqalarida 94 ta, Özbekiston Respublikasi çempionati va kubogi musobaqalarida 725 ta medalni qölga kiritgan bölsa, şundan 195 ta oltin, 206 ta kumuş, 324 ta bronza medallaridir.

Bolalarga berilgan dunyo

Prezidentimizning 2019 yil 14 maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş va himoya qiliş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonidagi belgilangan vazifalarni amalga oşiriş yuzasidan Qiziltepa tumanida yil yakuniga qadar kiçik biznes subʼyektini 1007 taga, qöşma va xorijiy korxonalar sonini esa 20 taga yetkaziş ustida iş olib borilayapti.

Tumanda bölganimizda bizning eʼtiborimizni Davlat xususiy-şerikçilik asosida qad rostlayotgan maktabgaça taʼlim muassasalari öziga tortdi. Ularning soni hozirça törtta ekan. Mazkur bolalar muassasasida yaratilgan şaroitlar köngilni quvontiradi. Bolalarning barkamol ruhda tarbiya topişida maxsus tarbiya maskani öquv-özlaştiruv, rasmçilik, kaştaçilik, badiiy gimnastikasi xonalari kerakli qöllanma va şuğullaniş uskunalari bilan jihozlangan. Taşqi hovlisi kamalak rangda tovlanuvçi bolalar öyingohi, favvora va landşaft bilan bezatilgandir.

— 2019 yil 11 oktyabrda tumanda yana bir davlat xususiy-şerikçilik asosidagi maktabgaça taʼlim taşkiloti oçildi, — deydi Qiziltepa tuman Maktabgaça taʼlim bölimining Davlat xususiy-şerikçilik asosidagi maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyatini taşkil etiş şöʼbasi metodisti Zulxumor Ismoilova. — 75 öringa möljallangan uşbu maskan “Camomile” (ingliz tilidan tarjima qilganda “Boyçeçak” maʼnosini beradi) deb ataladi. Bundan Malikobod ahlining quvonçi çeksiz. Sababi, tadbirkor Sarvinoz Rahmonova tomonidan işga tuşirilgan “Camo­mile” bolalar boğçasi öziga xos dizayn uslubida barpo etildi. Bu yerda bolalar özlarini erkin his qilişi, har bir daqiqalarni mazmunli ötkazişi uçun barça qulayliklar yaratilgan. Boğça öquv va maş­ğulotlar ötkaziş uçun kerakli xonalar va jihozlar bilan taʼminlandi, rassomçilik, intellektual şou öyinlari va sport musobaqalari muntazam ötkaziladi. Yuviniş xonalari, basketbol va futbol öyingohlari, basseyn va attraksion maydonçalari mavjud.

Qiziltepa tumanida barpo etilayotgan şinam hamda zamonaviy öquv jihozlari bilan taʼminlangan DXŞlarida bilim va tarbiya olgan bolajonlar kun kelib, yurt ravnaqiga hissa qöşadigan yetuk kadrlar bölib yetişib çiqişiga işonçimiz ortdi. Bu yerda taʼlim özbek tilidan taşqari, ingliz va rus tilida va mental arifmetika örgatiladi. Badiiy gimnastika tögaragi taşkil qilingan.

Yana navoiy eʼtirofda

Mamlakatimizda maktabgaça taʼlim sohasi rivojiga jiddiy eʼtibor qaratilayapti. Zamonaviy uslubda barpo etilayotgan bolalar boğçalarida tarbiya­lanayotganlar nafaqat ona tili qoidalarini, balki, ingliz, rus va boşqa tillarni ham örganişayapti.

Navoiy viloyatida qad rostlayotgan hukumatga qaraşli va davlat xususiy-şerikçilik, nodavlat — xususiy boğçalariga viloyat aholisi özgaça hurmat bilan qarayotganida sabab bor, albatta. Kun tartibiga kiritilgan maşğulotlar öz kasbining bilimdonlari tomonidan olib boriladi. Soha mutaxassislari til örgatiş, rasmçilik, kubiklardan turli şakl­lar yasaş soatlarida bolalarga bolalarça munosabat bildirişadi, yaʼni ularning ongi qabul qila oladigan öqitiş, örgatiş uslubidan foydalanişadi.

Misol uçun, Navoiy şahridagi 26-sonli “Turnaxon” maktabgaça taʼlim muassasasasi tarbiyalovçisi Mavluda Kubayeva nainki, viloyatda, balki respublikada ham yetakçi-tarbiyaçi ekanini isbotladi. U uşbu yilning avgust oyida ötkazilgan “Yilning eng yaxşi tarbiyaçisi” körik-tanlovining Respublika bosqiçida “Eng ijodkor tarbiyaçi” nominatsiyasi yönalişida 1-örinni qölga kiritdi.

— Albatta, bundan butun jamoamiz bilan birgalikda faxr­landik. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va viloyatlar içida bizning viloyatning eʼtirof etilişi qançalik hayajonli ekanini yurak-yurakdan his qildik. Axir bundan faxrlanmay böladimi?! — deydi Navoiy viloyati maktabgaça taʼlim boşqarmasi boşliği Ötkir Tillayev.

Viloyatning nufuzi yildan- yilga oşib borayapti. Erişilayotgan muvaffaqiyatlarda hududda sanoat korxonalarining tez taraqqiy etayotgani, xorij texnologiyasining eng zamonaviy uskunalari işlab çiqarişga tatbiq etilayotgani, qolaversa, xomaşyodan tayyor mahsulotni çetga eksport qiliş imkoniyati oşgani ham madad bölmoqda.

Mahalliy buyudjetga tuşum köpaysa, odamlar turmuşida farovonlik böladi. Oiladan xotirjam odam jamiyat haqida öylay boşlaydi. Xalqimiz bolajon bölgani uçun, birinçi nav­batda, maktabgaça taʼlim tizimiga, maktabga mablağ yönaltiradi. Viloyatdagi maktabgaça taʼlim taşkilotlarining yutuği ham ana şunda.

— Men ğolib bölaman, deb heç öylamagan edim. Tanlovda iştirok etayotganlarning barçasi ğolib bölişga loyiq edi. Sahnadan turib, ismi şarifimni öqişganida hayajondan yiğlab yubordim. Hali-hali eslasam, közimga yoş keladi. Davlatimiz bizlarning yetakçi tarbiyaçi bölişimiz uçun barça şaroitlarni yaratib qöygan. Faqat biz öz ustimizda işlab, bolajonlarni öz bolamizdek körib, taʼlim-tarbiya berişimiz kerak, — deydi “Yilning eng yaxşi tarbiyaçisi” Respublika körik-tanlovi ğolibi Mavluda Kubayeva.

Yusuf Jörayev,

Ubaydullo Xöjaniyozov,

“Hurriyat” muxbirlari.

Siroj Aslonov (ÖzA) olgan suratlar.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan