Qaror ijrosi qay ahvolda?
Inson salomatligi har narsadan ustun. Soğlom insongina jamiyatda öz örnini topib yurtga, xalqqa naf keltiradi. Uşbu masala hamişa davlatimiz va hukumatimizning diqqat-eʼtiborida.
Prezidentimizning 2018 yilning 14 fevralida “Farmatsevtika tarmoğini jadal rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori eʼlon qilingan edi. Soha xodimlari mazkur qaror ijrosini taʼminlaşga yakdillik bilan kirişib, ötgan yilning mart oyidanoq, tuman tibbiyot birlaşmalariga qaraşli oilaviy poliklinikalar, qişloq oilaviy poliklinikalari, qişloq vraçlik punktlari binolarida yangitdan 88 ta ijtimoiy dorixonalar taşkil etdi. Viloyat miqyosida oldindan faoliyat yuritib kelayotgan 114 ta dorixona ham ijtimoiy dorixonalarga aylantirilib, ular soni 202 taga yetkazildi.
— Dori vositalarining uzluksizligini taʼminlaş maqsadida, 20 dan ortiq “Damas”, “Isuzu” rusumidagi avtoulovlar jalb qilindi. Viloyat radiusi böylab, çekka hududlar — Romitan tumanining “Yaxşiobod”, Peşku tumanining “Varaxşa”, “Jongeldi”, Ğijduvon tumanining “Kökça”, “Oğitma” aholi punktlarida dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosini amalga oşiriş yölga qöyilgan. Bitta “Isuzu” avtofurgoni va 12 ta “Damas” avtomobili bazasida taşkil qilingan “Köçma dorixona” şoxobçalari belgilangan grafik asosida işlay boşladi, — deydi “Buxoro dori-darmon” masʼuliyati çeklangan jamiyat raisi Dilmurod Axatov. — Sir emaski, har bir korxonaning “nafas olişi” iqtisodiy ahvoli bilan baholanadi. Ayniqsa, tibbiyot tizimida. Çunki bemorlar salomatligini saqlaşda, ularning umrini uzaytirişda dori vositalarining sifatliligi hamda zarur paytda yetkazib berilişi muhimdir.
“Buxoro dori-darmon” MÇJning (2017 yil 1 avgust hisobida) çet el dori işlab çiqaruvçi korxonalardan qarzdorligi 630 756.68 AQŞ dollarni taşkil etardi. 2018 yilda jamiyatimizda aniq va maqsadli strategiya belgilab olingandan söng uşbu qarzdorlikka barham berilib, korxona yilni foyda bilan yakunladi. Jamiyat maʼmuriy binosi taʼmirdan çiqarildi. Vobkent tumanida yangi zamonaviy ijtimoiy dorixona qurildi. Qoraköl tumanidagi 5-sonli markaziy dorixona kapital taʼmirlandi. Bugungi kunda ijtimoiy dorixonalarda naqd pul tuşumini oşiriş maqsadida Buxoro, Qoraköl tuman tibbiyot birlaşmalari hududidan dorixonalar quriş uçun yer maydoni ajratiş uçun, tuman hokimlarining qarorlari asosida, hujjatlar rasmiylaştirilmoqda.
— Ijtimoiy dorixonalarda bugun malakali provizor, farmatsevt hamda örta maʼlumotli tibbiyot xodimlari faoliyat yuritmoqda. 45 nafar örta maʼlumotli tibbiy xodim farmatsevtika yönalişi böyiça malaka oşirdi. Ijtimoiy dorixonalarning qişloq joylarida taşkil etilişi natijasida 100 dan ortiq yangi iş örinlari yaratildi. Ularda bölişi majburiy bölgan 32 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan töliq taʼminlangan, — deydi jamiyat raisi Dilmurod Axatov sözini davom ettirib. — Ijtimoiy dorixonalar faoliyatini bugungi kun talabiga mos keladigan darajada olib borişda jamiyat oldida köndalang bölib turgan muammolardan biri yana şu mablağ masalasi. Prezidentimizning mazkur tarmoqni rivojlantiriş borasidagi saʼy-harakatlarini quvvatlagan holda taşkil etilgan ijtimoiy dorixonalarni dori-darmon bilan taʼminlaş uçun past foizli va uzoq muddatli kreditlarga ehtiyoj sezmoqdamiz. Öylaymizki, sohaga daxldor bölgan mutasaddi vazirliklar bir töxtamga kelişadi…
Darvoqe, mazkur korxonaning iqtisodiy jihatdan rivojlanişiga tösqinlik qilib, etagidan ortga tortayotgan narsa korxonaning debitorlik qarzdorligi ekan. Uşbu masʼuliyati çeklangan jamiyat bilan imzolangan özaro şartnoma asosida hamkorlik qilayotgan korxona va taşkilotlar olgan dori-darmon mahsulotlarining mablaği tölovini öz vaqtida amalga oşirsalar, şak-şubhasiz, mazkur korxona yanada oyoqqa turadi, iqtisodiy rivoj topadi. Yangi-yangi iş örinlari yaratişga erişiş bilan birga, tizimda faoliyat körsatayotgan işçi-xodimlarning turmuş farovonligi yaxşilangan bölardi.
Şavkat Nosirov,
“Hurriyat” muxbiri.
