Mehnat besamar bölmadi
“Yer bilan tillaşiş”ning hadisini olgan va qişloq xöjaligining paxtaçilik agrokompleksida katta tajriba orttirgan Vobkent tumani mirişkorlari oldilariga qöyilgan maqsadga erişib, yana bir mehnat zafarini tantana qildi.
Hududda davlat şartnoma rejasida belgilangan 34 ming 702 tonnalik paxta xirmoni bunyod etildi. Quvonarlisi, sanoat uçun qimmatbaho xomaşyo yetiştirişga ixtisoslaşgan 370 ta fermer xöjaligining aksariyatida yil boşidan közlangan marra egallanib, xöjaliklarning moddiy manfaatdorligi oşib borayapti.
Qişloq xöjaligining ğallaçilik, pillaçilik va boşqa sohalarida davlat şartnoma rejalarini uddalab kelayotgan tumanimizda bultur paxtaçilik tarmoği nihoyatda oğir kelgandi. Şunga qaramay, belgilangan 33 ming 958 tonna örniga 32 923 tonna “oq oltin” topşirib, rejani 97 foizga yetkazganda, arzimas misqollar tufayli közlangan marraga yetolmay qolganimiz ham bizga aççiq saboq bölgan edi. Bu yil erta bahordan 10 ming 370 gektar yerga “Buxoro-6” va “Buxoro-8” navli baraka uruğini qadagandik, har bir kontur parvarişi, agrotexnik tadbirlar va mineral öğit taʼminotiga alohida eʼtibor qaratildi. Yerni “obi hayot”ga qondirişdan tortib, çekanka va boşqa işlovni keçiktirmay, dehqonçilikda katta tajribaga ega oqsoqollarimizga tayanib, mehnat qilganimiz natijasida bugun elimiz oldida yuzimiz yoruğ böldi.
25 sentyabrdan uyuşqoqlik bilan boşlangan yiğim-terim mavsumida 16 ming 900 nafar ixtiyoriy yollangan terimçining 206 ta otryadga birikkan holda safarbarlikka jalb qilingani, qolaversa, ularga hududdagi tijorat banklari tomonidan umumiy qiymati 30 milliard sömga yaqin paxta puli dalada, tarozi boşida tarqatilgani yakunda katta muvaffaqiyatni taʼminladi.
Bir söz bilan aytganda, bugun Vobkent tumanida ham katta mehnat bayrami boşlandi. Bunday tantanalar esa halol-pok mehnat sururi, farovon turmuş naşidasi, zahmat çekib tökilgan peşona terining huzurbaxş rohati natijasi hisoblanadi.
Bahodir Bafoyev,
Vobkent tuman hokimi.
