Soğlom ona — soğlom bola

Kelajak avlod haqida qayğuriş, har tomonlama soğlom va barkamol avlodni tarbiyalab, voyaga yetkaziş azaldan xalqimizga xos xususiyatlar bölib kelgan. Şu bois yurtimizda soğlom ona — soğlom bola dasturi doirasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Şu maqsadda tibbiyot sohasining ilğor mutaxassislari “Ayol Care” — ayollar salomatlik markazini oçişga qaror qilişdi. Zamonaviy tibbiyot markazining oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov va Prezidentimiz rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva iştirok etdi.

— Oxirgi uç yilda mamlakatimizda xususiy tibbiyot rivoji uçun yöl oçildi. Bugun yurtimizda yuqori texnologiyaga asoslangan yana bir markaz iş boşlayotgani ğoyat quvonarlidir, — dedi Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov. — Mana şunday markazlarning köpayişi sohada soğlom raqobatni vujudga keltiradi hamda xotin-qizlar salomatligi yölida qulaylik yaratadi, — dedi tibbiy maskan direktori Dilorom Davletova. — Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 8 noyabrda imzolangan “Reproduktiv yoşdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga körsatiladigan tibbiy yordam sifatini oşiriş va kölamini yanada kengaytiriş töğrisida”gi qaror kelajak avlodni dunyo­ga keltiradigan ayollar hamda hayotimiz davomçilari bolalarga körsatiladigan tibbiy yordam sifatini yanada yuqori poğonalarga kötaradi.

Ayollar markazida turli xil tadqiqot usullari yordamida rentgenografiya, mammografiya, tananing barça aʼzolari va tizimlarini ultratovuş tekşiruvi, elektrokardiografiya (EKG va qon bosimining kunlik monitoringi) kardiotokografiya yordamida ayolning soğliğini tölaqonli baholaş mumkin.

Uşbu markaz Turkiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Hindiston, Rossiya va Xitoyning turli xalqaro tibbiyot markazlari bilan masofadan turib teletibbiyot böyiça maslahat oliş bazasiga ega. Uşbu tizim yordamida biz şifokorlarga ginekologiyada jarrohlik, davolaşning yangi innovatsion usullarini örgatiş böyiça mahorat darslari va seminarlar ötkaziş mumkin.

Soğliqni saqlaş vazirligining Özbekiston ayollarining reproduktiv salomatligi dasturi doirasidagi baçadon böyni saratoni, kökrak saratoniga qarşi kuraşiş loyihasida Rossiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreyadagi bir qator xalqaro markazlar bilan birgalikda iştirok etişni rejalaştirmoqda.

Bugungi kunda uşbu tibbiy muassasada 80 ga yaqin mutaxassis iş bilan taʼminlangan. Tibbiy muassasa jahon tibbiyo­tining eng sönggi diagnostika texnologiyalari bilan jihozlangan.

— Markaz ayollar xastaligiga taşxis qöyiş, ularni davolaş hamda murakkab operatsiyalar ötkazişga ixtisoslaştirilgan. Yaʼni, maqsad — reproduktiv yoşdagi ayollar salomatligini saqlaş, mustahkamlaşdan iborat. Buning uçun markazda turli tadqiqot usullaridan foydalangan holda xotin-qizlar soğliğini töliq baholaş imkoniyati mavjud. Bu yerdagi jarrohlik xonalari va tibbiy asbob-uskunalar xalqaro standartlarga töliq javob beradi. Xususan, rentgen va mammograf, endoskop, ginekologik va avtomatik örindiq va kolposkop, avtomatik rejimdagi laboratoriya jihozlari, plazmali sterilizator uskunalari yordamida barça turdagi jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli ötkaziş imkoniyati bor, — deydi akuşer-ginekolog, professor Saidnozim Sultonov. — Bepuştlik, ikkilamçi bepuştlik va ayollarda keçadigan boşqa kasalliklar böyiça ham taşxis qöyiş va samarali davolaş işlari yölga qöyilgan.

Markaz faoliyati bilan tanişiş çoğida, yana bir ahamiyatli jihat eʼtiborimizni qaratdi. Maskanda ijtimoiy himoyaga muhtoj va oğir şaroitdagi ayollarni bepul körikdan ötkaziş, konsultatsiyalar beriş yölga qöyilgan.

Feruza Rahimova,

“Hurriyat” muxbiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan