Adolat avvalo qonun ustuvorligida
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltiriş, xususan, Konstitutsiyamizning muhim jihatlarini yoşlarimizga örgatiş bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Oliy sud sudyalari va xodimlari iştirokida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligiga bağişlab ötkazilgan tantanali tadbirda şu haqda söz bordi.
— Bundan 27 yil muqaddam mustaqil Özbekistonimizning Konstitutsiyasi qabul qilingan edi. Albatta, bu davr tarix uçun juda qisqa fursat. Ammo ötgan vaqtda Özbekiston mustaqil va suveren davlat sifatida şakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib örin egalladi, tom maʼnoda ulkan taraqqiyot yölini bosib ötdi. Bu maşaqqatli yölda erişgan barça yutuqlarimiz, eng avvalo, Konstitutsiyada belgilangan tamoyillarni hayotga qatʼiyat ila joriy etişimiz bilan boğliqdir. Çunki aynan Konstitutsiyamizda xalqimiz uzoq yillar orzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlaniş yölimiz, inson huquq va erkinliklari kafolatlari belgilab berilgan. Konstitutsiyamiz heç kimga qaram bölmasdan, erkin va ozod, tinç va osoyişta, farovon yaşaşning qonuniy kafolati bölib kelmoqda. Bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuçli fuqarolik jamiyati barpo etiş borasida mustahkam poydevor bölib xizmat qilmoqda, — dedi tadbirda sözga çiqqan Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov.
Tadbir davomida sözga çiqqanlar Boş Qomusimizda har kim erkinlik va şaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekani, jinoyat sodir etişda ayblanayotgan şaxsning aybi sudda aniq bölmagunça u aybdor hisoblanmasligi töğrisidagi normalar belgilab qöyilgani alohida taʼkidlandi.
— Uşbu konstitutsiyaviy qoidani amalda töliq taʼminlaş maqsadida keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning bevosita taşabbusi va rahbarligida sud-huquq tizimida tom maʼnoda tarixiy islohotlar qatʼiyat bilan amalga oşirilayotganiga har birimiz guvoh bölib turibmiz,— deydi Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov.
Tadbir doirasida Özbekiston Respublikasi Oliy sudi, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi hamda AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining “Özbekistonda qonun ustuvorligi yölida hamkorlik” qöşma loyihasi tomonidan ötkazib kelinayotgan “Adolat – qonun ustuvorligida” tanlovi ğoliblarini taqdirlaşga bağişlangan marosim ham bölib ötdi.
— Uşbu tanlovni taşkil etişdan közlangan maqsad — sud hokimiyati va ommaviy axborot vositalari örtasidagi özaro hamkorlikni mustahkamlaş, sudlar faoliyati töğrisida keng jamoatçilikka xolis va haqqoniy axborot yetkazayotgan jurnalistlarni rağbatlantirişdan iborat, — dedi Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi Saʼdulla Hakimov.
— Tanlovda “Televideniye va radio yönalişida eng faol jurnalist” nominatsiyasida 2-örin bilan taqdirlandim, — deb quvonçini biz bilan bölişdi “Sevimli” telekanali muxbiri Möʼtabar Nurmuhammedova. — Ğoliblar safida bölganimdan ğoyat mamnunman. Men “Sevimli” telekanalida sud-huquq tizimini köp yillardan beri yoritib kelayapman. Iş jarayonimda huquqiy bilimimni oşirişga imkon yaratildi. Bugun sudyalarning iş faoliyati keçagidan tubdan farq qilayotganiga guvoh bölyapmiz. Avvallari jurnalistlar sudlarning eşigidan hatto möralaşi ham oson emas edi. Bugun bu özgarişlarni gapirmaslikning iloji yöq.
Tanlovga 2019 yil 1 yanvardan 15 noyabrgaça respublika miqyosidagi gazeta, jurnallarda çop etilgan, internetda yoritilgan, televideniye va radioda berilgan sud tizimidagi islohotlarni hamda normativ-huquqiy hujjatlarni tarğib qilişga, aholining bu boradagi huquqiy savodxonligini oşirişga, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirişga yönaltirilgan maqolalar, internet materiallari, körsatuvlar, eşittirişlar qabul qilingan.
Tanlov ğoliblariga diplom va esdalik sovğalari tantanali topşirildi.
Feruza Rahimova,
“Hurriyat” muxbiri.
