Qalbaki pul “ixtiroçisi” qölga tuşdi
Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan şahar bölimi tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi organlari xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. har biri 100 AQŞ dollari kupyurasidagi 21 dona 2.100 AQŞ dollari miqdoridagi qalbaki valyuta qimmatliklarini fuqaro U.T.ga 1.000 AQŞ dollariga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M.ga nisbatan JKning 176-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Soliq tölamaslik holatlari aniqlandi
Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, “W.T.” MÇJ mansabdor şaxslari 2019 yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan import qilingan 61,1 mlrd. sömlik yuqori likvidli mahsulotlardan 44,9 mlrd. sömligini naqd pulga sotib, savdo tuşumini bank muassasasiga kirim qilmasdan, 2019 yil 2-çorak yakuni böyiça hisobotlardan yaşirib, byudjetga tölanişi lozim bölgan qariyb 9 mlrd. söm qöşilgan qiymat soliğini tölaşdan qasddan böyin tovlab kelganliklari aniqlangan.
Vaholanki, korxona mansabdor şaxslariga, bir oy muddat içida soliq tölovlarini byudjetga tölaşi lozimligi tuşuntirilib, rasman ogohlantirilgan.
Ammo … şaxsiy nafs ustun kelgan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor şaxslariga nisbatan JKning 184 va 189-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Boş prokuratura
matbuot xizmati.
