Jinoyatga jazo muqarrar
Joriy yil 5 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi 23-umumtaʼlim maktabida jinoyat sodir böldi. Fuqaro B.Yu. (1982 y.t., işsiz) şu yerda işlaydigan turmuş örtoği bilan özaro janjallaşib qoladi. Oqibatda oşxona piçoği bilan unga jarohat yetkazgan. Ularni ajratmoqçi bölgan maktab direktorini ham tanasining turli qismlariga uç marotaba piçoq urib, har ikkalasining joniga suiqasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan şu kuni tuman prokuraturasi B.Yu.ga nisbatan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatgan va u protsessual tartibda uşlangan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
* * *
Andijondagi maktabda esa pedagoglar kaltaklangan. Uşbu hodisa ham aynan 5 oktyabr kuni sodir bölgan. Fuqaro U.T. va boşqalar jamoat joyi, taʼlim-tarbiya maskani – 50-umumtaʼlim maktabi hududiga kelib, jamiyatda yuriş-turiş qoidasini mensimasdan turli beöxşov harakatlar qilişgan. Ular mazkur maktab direktori örinbosarlari lavozimida işlovçi Ş.Örmonov hamda G.Aşurovlar bilan heç bir asossiz özaro janjallaşişgan. Janjal vaqtida ular pedagoglarga tan jarohati yetkazişgan.
Bunga maktab direktori örinbosarlari T.U.ning turmuş örtoği, mazkur maktabda öqituvçi vazifasida işlovçi Yu.D.ni kiyiniş madaniyatiga rioya qilmagani bois tanbeh berganlari sabab bölganligi aytilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Andijon şahar IIB tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.
* * *
Fuqaro S.T. (1956 y.t. işsiz) Afğoniston fuqarosi (1989 y.t. MÇJ rahbari) N.G.ga Yunusobod tumanida joylaşgan «Oloy dehqon bozori» AJ yonida quriliş uçun yer maydoni va Toşkent şahridan 2 xonali uy olib berişni vaʼda qilib, undan 10.000 AQŞ dollarini olib, özlaştirgan.
Mazkur holat yuzasidan şu yil 7 oktyabrda Boş prokuratura Departamentining Şayxontohur tumani bölimi fuqaro S.T.ga nisbatan JKning 168-moddasi bilan jinoyat işi qözğatgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
* * *
Maʼlumki, ayni paytda paxta yiğim-terim mavsumi davom etmoqda. Jarayonda paxta qabul qiliş maskanlarida ham turli darajadagi jinoyat işlari kuzatilmoqda.
Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Şumanay tuman bölimi ötkazgan tekşiruvda, “Şumanay paxta qabul qiliş maskani” mansabdor şaxslarining jinoiy qilmişi aniqlandi. “J” fermer xöjaligi tomonidan joriy yilning 13-15 sentyabr kunlari 2.580 kg. paxta xomaşyosi topşirilgan, lekin yuk xatlari va “ECAS” elektron dasturiga soxta maʼlumotlar kiritilib, umumiy qiymati 20,8 mln. söm bölgan 5.940 kg. xomaşyoni qöşib yoziş holati kuzatildi. Yaʼni, jamiyat pul mablağlarini talon-toroj qiliş maqsadida hujjatlar soxtalaştirilgan.
Mazkur holat yuzasidan “Şumanay paxta qabul qiliş maskani” mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boş prokuratura
matbuot xizmati.
