Öqituvçilik şarafli kasb, ammo…
Ustoz, murabbiy, öqituvçi deya taʼrif etilgan insonlar jamiyatning kelajagi va işonçi bölgan yoş avlodni tarbiyalaydi. Mamlakatimizda öqituvçi kasbiga alohida eʼtibor va ğamxörlik körsatilayotgani şundan. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimiz taʼlim tizimida yangi bosqiç boşlandi.
Endi öqituvçi imtiyozli ravişda uy va maşina olişi mumkin. Prezidentimizning “Yoşlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalaş, ularga taʼlim-tarbiya beriş tizimini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori öqituvçilar uçun juda keng imkoniyatlar yaratdi. Endilikda, bilimlarimizni yanada oşirib, yuksak maʼnaviyatli, qatʼi hayotiy pozitsiya, keng dunyoqaraşga ega bölgan fidoyi va vatanparvar yoşlarni tarbiyalaş asosiy vazifamizga aylanişi kerak.
Har qanday odam öqituvçi böla olmasligini hayot tajribasi körsatmoqda. Bu kasbni egallaş uçun kişida qobiliyat, muayyan ijtimoiy-psixologik malaka va maʼlum tayyorgarlik bölişi lozim. Aslida, öqituvçilik kasbiga havas bolaning yoşlik davridan uyğonadi. Yillar davomida uşbu kasbning talablari, murakkab tomonlari, maşaqqatlari uqtirib boriladi.
Hozirgi davr rivojlanişida öziga xos jihatlar mavjud. Axborot oqimi nihoyatda kuçaygan, fan sohasida muttasil yangiliklar yuz berayotgan, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda özgarişlar bölib turgan davrda yaşayotganligimiz har bir kişidan faollik, eʼtibor, voqea va özgarişlarga ziyoli darajasida munosabat bildirişni talab etadi. Ayniqsa, axborot oliş imkoniyatlarining kengayganligi, yaʼni ommaviy axborot vositalarining nihoyatda köpaygani, internet orqali muloqot jarayonining şiddat bilan rivojlanayotganligi öqituvçining öz ustida doimo işlab, bilimini oşirib borişi lozimligini körsatadi. Aks holda, barça axborot kommunikatsiya imkoniyatlaridan bemalol foydalanayotgan öquvçilarning talabiga javob beriş qiyin keçadi, eng muhimi, öqituvçi öz obrö-eʼtiborini yöqota boşlaydi.
Afsuski, oliy öquv yurtida olgan bilimi bilan çeklanayotgan, bilim doirasi darslikdan nariga ötmaydigan, yangiliklarga befarq, öz ustida işlamaydigan öqituvçilar ham oramizda bor. Bunday öqituvçi öz öquvçilaridan orqada qoladi.
Öqituvçining bilim saviyasi uning pedagogik mahorati orqali yuzaga çiqadi. Şuning uçun mahoratni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklarni dars jarayonida qöllaş, puxta özlaştirişga eʼtibor beriş lozim.
Pedagogik amaliyotning samarali bölişi yetarli salohiyatga ega bölgan öquv maskanlarini tanlaşga ham boğliq. Malakali, tajribali ustozlar faoliyat körsatayotgan, zamonaviy texnik va boşqa vositalar bilan jihozlangan bilim maskanlarida amaliyot ötaş bölajak öqituvçi uçun muhim bosqiç hisoblanadi.
Pedagogik mahoratning yana bir körsatkiçi nutq madaniyatidir. Sözni öz örnida qöllaş, mantiqli va izçil jumlalar tuziş, matnni boğlab bayon qila oliş qobiliyati eng zarur sifatdir. Buning uçun öqituvçi öz nutqi ustida muttasil işlaşi, qisqa ifodada köp fikr ayta biliş mahoratini egallaşi zarur. Afsuski, bölajak öqituvçilarning ayrimlari nutq madaniyatining oddiy qoidalariga rioya etmayotganligi, nutqi ustida işlamayotganligi uçun amaliyot davrida ança murakkab vaziyatlarga tuşib qolmoqdalar.
Öqituvçi jamiyatning ziyoli insoni sifatida ommaviy axborot vositalari, yaʼni gazeta va jurnallarni doimiy mutolaa qilib borişi, radio tinglaşi va telekörsatuvlardan xabardor bölişi, şuningdek, internetdan foydalanişi ham nihoyatda muhim. Bular öziga xos axborot manbai sifatida öqituvçining jamiyat hayotidan xabardorligi, özgarişlarni tezda anglab olişi, jamiyat turmuşidagi islohotlarni öquvçilarga töğri yetkazib berişi muvaffaqiyatda asosiy manba hisoblanadi.
Ustozlar turmuşidan örnak olib, muallim avvalo öz oilasidagi mavqei va hurmati bilan ham elga örnak bölişi lozim. Maʼnaviy gözal, axloqi pok, taʼlim va tarbiyani çuqur egallagan öqituvçi faqat öz oilasininggina emas, balki hamma ota-onalarning ham eng yaqin maslahatgöyi va sodiq döstiga aylanadi.
Gulşod Şaripova,
Samarqand şahridagi 54-umumtaʼlim maktabi direktori.
Iroda Orifjonova,
maktabning iqtisod va geografiya fani öqituvçisi.
