Yangiliklar. Xabarlar. Voqealar
Regbi sport turi rivojlanadi
Toşkent. Kuni keça Prezidentimizning “Özbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori eʼlon qilindi. Unda regbini yanada rivojlantiriş, uşbu sport turini respublika aholisining keng qatlamlari örtasida faol tarğib qiliş va ommalaştiriş haqida söz boradi. Jumladan, qarorda yuqori sifatli öquv-maşq jarayonini taʼminlaş, regbiçilar, trenerlar va hakamlarning mahorat darajasi va malakasini doimiy oşirib boriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga eʼtibor qaratilgan.
Möynoqda yangi obʼyektlar
Qoraqalpoğiston. Möynoqda bir kunda 7 ta yangi obʼyekt foydalanişga topşirildi. Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi taşabbusi bilan yangidan qurilgan «Future Muynak» axborot texnologiyalar markazi va «Vookcafe», zamonaviy tipdagi elektr tarmoqlari majmuasi, 70 örinli “Surxon quyoşi” bolalar boğçasi, Bolalar musiqa va sanʼat maktabi, “Orol dengizi tarixi” muzeyi va boşqa yangi binolar şular jumlasidan.Uşbu obʼyektlar tuman körkiga körk qöşiş barobarida mahalliy aholining turmuşini yaxşilaş, ularni iş bilan taʼminlaş, yoşlarning bilim olişi, hunar örganişi, madaniyat va sanʼatga qiziqişining ortişida muhim ahamiyatga ega.
Gözal Yakudayeva.
Qulaylik
Buxoro. Prezidentimizning 2018 yil 21 iyundagi 461-sonli qarori asosida yaşab turgan uy-joylariga egalik huquqi bölmagan Qoraköl tumanining 6352 nafar fuqarosiga egalik huquqi berildi.
— Şuningdek, yaqinda aholiga qulaylik yaratiş maqsadida hukumatimiz tomonidan eng söngi texnologiyalar bilan jihozlangan şinam maʼmuriy bino foydalanişga topşirildi, — deydi viloyat “Yermulkkadastr” DK boş muhandisi Maʼruf Atakov.
Şavkat Nosirov.
Salomatlik seminari
Samarqand. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Soğliqni saqlaş vazirligi hamkorligida namunali birlamçi tibbiyot muassasalarini taşkil etiş hamda unga qöyiladigan talablarga doir seminar ötkazildi. Marosimda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilovlar sözga çiqib, tibbiyot sohasini rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar xususida töxtaldilar. Tadbir davomida viloyatdagi tez tibbiy yordam şoxobçalariga 20 ta maxsus “Damas” avtomaşinalari topşirildi.
Orif Xoliqulov.
“Yoş qutqaruvçi”
Navoiy. Qiziltepa tumanida maktab öquvçilari örtasida “Yoş qutqaruvçi” musobaqasi ötkazildi. Özbekiston Mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti Qiziltepa tumani ÖSTK, mudofaa, xalq taʼlimi bölimi hamkorligida taşkil etilgan musobaqada hududdagi 4-, 13-, 22-, 33- va 42-umumtaʼlim maktabi jamoalari özaro bellaşdi.
Aholi, ayniqsa, yoşlarni favqulodda vaziyatlarda töğri harakat qilişga tayyorlaş, ularning bilim va malakasini oşiriş, çaqqonlik, çidamlilik va tezkorligini oşiriş maqsadida taşkil etilgan musobaqada iştirokçilar 5 ta şart asosida kuç sinaşdi.
X. Ahmadjonova.
Suv keltirgan elda aziz
Xorazm. Ayni kunlarda hudud ahlining quvonçi çeksiz. Yangi içimlik suv tarmoqlarini quriş va suv tarqatiş inşootlarini rekonstruksiya qiliş işlari yakunlanib, birdaniga 5 ta obʼyekt foydalanişga topşirildi.
Investitsiya hamda Orolböyi mintaqasini rivojlantiriş dasturlari doirasida Xazorasp tumani, Pitnak şahrida “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlariga kiritilgan sutkasiga 4000 m3 içimlik suvini yetkazib beruvçi suv tarmoqlari qurildi. Umumiy qiymati 1,9 mlrd. söm hajmdagi quriliş-montaj işlari bajarilib, foydalanişga topşirildi.
D. Öralova.
