Yasama qöğirçoqlar sahnani bosdi
Keyingi paytlarda “Oynai jahon”ni xorij seriallari biroz tark etgaç, özimizning milliy seriallarimizni köra boşladik. Milliy qadriyatlarimizni qadrlaşga örgatadigan seriallarning köpaygani yaxşi albatta, ammo oçiq va dangal aytaman: ayrim aktrisalarning holati taʼbimni xira qildi.
Negadir ekranda baʼzi aktrisalarni bir-biridan farqlaş qiyin. Töğriroği, inkubatordan çiqqandek qoş-közi, labining şakli bir xil. Obdon kuzatsangiz özingiz ham yoqa uşlaysiz. Sanʼatkorlarning şişirilgan lablari-yu, ulama soç va kipriklariga könikkandik, endilikda yoş-yoş aktrisalarda ham bu holat uçrayotgani, özbek qizlarida tabiiylikdan asar qolmayotganini bildiradi. Bugungi seriallardagi aktrisalarning deyarli hammasi yasama “qöğirçoq” göyo. Ammo gözallikning soxtasi ham insonni çarçatar ekan!
Xabaringiz bor, xonanda Ozoda Nursaidovaning litsenziyasi yaqinda qaytarib berildi. Katta sahnaga qaytgan xonanda muxlislari uçun “Ajdodlar” deb nomlangan qöşiği va unga işlangan klipni taqdim etdi. Şunça yillik tanaffusdan keyin ilk klip qanaqa çiqibdi deya, körişga çoğlandim. Yaşirmayman, klipni tarixiy film tomoşa qilgandek kördim. Klip uçun tanlangan aktyorlar jamoasi, dekoratsiya va işlatilgan jang qurollari va kiyimlar ötmiş davri ruhiyatini oçib bera olgan. Biroq… boş rolda Tömaris obrazini öynagan xonandaning “botoks” labi va “rastuşovka” qilingan qoş-kipriklari klip qiyofasiga soxtalik berib turibdi. Axir, qadimda “botoks” va şişirilgan lablar bölmagan-ku! Mayli, bu endi bir sanʼat asari, klip deb çalğirmiz, ammo hozirgi kunda hatto kollej öquvçilarining ham soxta gözallik ortidan quvib ketayotgani odamni jiddiy muşohada qilişga çorlaydi.
Yaqinda feysbuk ijtimoiy tarmoğida internet foydalanuvçilaridan biri öz sahifasida qoldirgan “Zamona zayli bilan çiroyli qizlarning husniga ham işonib bölmay qoldi…” degan fikriga közim tuşgandi. Buni hazil tariqasida aytilgan, ammo aççiq haqiqat zamirida yotgan iqror deyiş mumkin. Özbek qizlari nafaqat ibo-hayosi, andişasi, balki tabiiy çiroyi bilan azaldan maqtalib, madh etib kelingan. Afsuski, ayni kunda tabiiy çiroy bilan kifoyalanib qolayotganlarga nisbatan “zamondan orqada qolgan”, degan oşkora nopisand qaraş paydo bölgan. Bu tuşunça ayniqsa, şou-biznesda ijod qilayotgan xotin-qizlar orasida keng yoyilganidan har qadamda ularning tabiiylikdan yiroq, yasama gözalligi aks etgan suratlariga duç keladigan bölib qoldik. Eng yomoni, bu toifadagi yulduzlar köpçilikni, ayniqsa, ösib kelayotgan yoşlarni soxtalikka, sunʼiylikka örgatib, köniktirib qöyayotganidir. Axir muxlislar orasida ularga mahliyo bölib, husnu jamolini maqtab, olqişlayotganlar, hatto salkam gözallik maʼbudasiga aylantirib qöyyayotganlar kammi? Ha, maşhurlarimizning oçiq-oydin ğarb yulduzlariga ergaşayotgani sir emas. Ammo biznikilar öz taqlidi bilan xorijlik hamkasblarini yölda qoldirib ketayotganiga nima deysiz?
Oddiygina misol, ayni paytda barça telekanallarda namoyiş etilayotgan turk seriallarida rol ijro etgan aktrisalar bilan özimizning kinoyulduzlarni bir taqqoslab köring: şişirilgan lablar, sunʼiyligini beş metr uzoqda turib ham seziş mumkin bölgan ulama kipriklar va çizilgan qoşlar kimda? Albatta, özimiznikilarda!
Siz ham eʼtibor bergan bölsangiz, turk aktrisalarining hatto ayrimlari tatuaj u yoqda tursin, qoşini termagan. Yana bir aççiq savol tuğiladi: kiyinişu muomala-munosabatda, yaşaş tarzida ovropalaşib ketgan turk xonimlari özining tabiiy gözalligi bilan dunyoni mahv eta olayotganda, nega bizning aktrisalar soxta gözallik taʼsiriga bu qadar berilib ketişmoqda?
Eng açinarlisi, voyaga yetib kelayotgan qizlarning şu aktrisa va qöşiqçilarga havas qilib, kerak bölsa taqlid qilib hali turmuşga çiqmayoq bu “amaliyot”ni qöllayotgani açinarli emasmi?
Uzoqqa bormay, bundan ikki yil ilgari bir tanişim töyidan oldin kiprik “ektirib” keldi. Ammo töydan uç oy vaqt ötmay oğir ahvolda şifoxonaga tuşdi. Aniqlanişiça, kiprik “ekayotgan”da salon xodimlari gigiyena qoidalariga amal qilmagan va oqibatda unga gepatit S kasalini yuqtirişgan. Yaşirin tarzda organizmda uşbu xastalik rivojlanib, qisqa muddat içida tanişimni “yiqitgan”. Xullas, uni yana soğlom turmuş tarziga qaytariş oson keçmadi.
Maqolada ismini sir tutişni istagan rejissyorning fikri:
— Film suratga olayotganda, imkon qadar hammaning meʼdasiga tekkan soxta “qöğirçoqlar”ni olib çiqmaslikka harakat qilamiz. Ammo har doim ham tabiiy çiroyli va iqtidorli aktrisani topa olmaymiz. «Bizning «yulduz»lar ğarbga ergaşyapti» degan fikringizga unça qöşilmayman. Ğarbliklar ham bunçalik kilolab çaplamaydi. Gollivud kinolarida çehralar obrazlarga mos. Bizda esa… hatto serial qahramoni reanimatsiyada yotsayam pardozi dahşat. Bunda rejissyorlarni ayblaşadi, tabiiysini topolmasak nima qilaylik?
Film suratga oladigan rejissyorning bu gapidan söng hafsalam yanada pir böldi. Gapga qarang-a? “Tabiiysini topolmasak nima qilaylik” emiş.
“Baliq boşidan…”, deganlaridek, kinoni oluvçi boşliqning ahvoli şu bölgaç, yana kimdan öpkalaysiz! Qani bu yerda haqiqiy sanʼat, qatʼiy talab va iroda?..
Nima ham derdim: yasama, böyama kinolaringizni olavering, tomoşabin asabini qaqşatavering, janob rejissyor!
Feruza Rahimova,
jurnalist.
