Bekatni şaxsiy qilgan kim?

Dökonning peştoqida kimga qaraşli dökon, qanday faoliyat turi bilan şuğullanişini yozib qöyiş u yoqda tursin, atrofda töplanib qoladigan çiqindilar (dökondan çiqadigan) uçun hatto temir quti ham qöymagan.

Suratda: “şaxsiylaştirilgan” bekatning körinişi

Yurtimizda tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişni istovçilarga davlatimiz tomonidan bir qator imtiyoz va qulayliklar yaratib berilmoqda. Lekin ana şu imtiyozlardan notöğri foydalanib, tartib-qoidalarga amal qilmayotganlar ham bor.

Toşkent davlat Agrar universitetining röparasida joylaşgan Qibray tumani hududiga qaraşli avtobekatni xususiylaştirib, savdo faoliyati bilan şuğullanayotgan tadbirkor bir qarasang “bir zumda” lavaş yemakxonasi, biroz fursatdan söng kompyuter xizmati xonasiga aylantirdi. Bugunga kelib maişiy texnikalarni kreditga beriş dökonçasi taşkil etib, bekatni butkul “öziniki” qilib olgani ajablanarli.

Aholiga maişiy texnikalarni kreditga berayotgani yaxşi, lekin bekatni batamom yopiq holga keltirib, yölovçilar uçun qilingan şaroitni unutib qöyganligini tuşuniş qiyin. Bekatni xohlasa oçadi, xohlaganda qulf­laydi. Yölovçilar bekat içkarisiga kira olmaydi. Qişning qahratonida qariyalar, yoş bolali onalar tik oyoqda avtobus kutişga majbur bölişmoqda.

Dökonning peştoqida kimga qaraşli dökon, qanday faoliyat turi bilan şuğullanişini yozib qöyiş u yoqda tursin, atrofda töplanib qoladigan çiqindilar (dökondan çiqadigan) uçun hatto temir quti ham qöyilmagan. Axir bekatlarda savdo faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorga mutasaddilar avval zarur qoidalarga amal qilişi lozimligini tuşuntirişmaydimi?

“Tuşuniş”ni istamagan yoki xohlamaydigan bunday şovvozlarga tegişli çora körilmaydimi?

Umuman, faqat öz manfaati yölida aholiga noqulayliklar keltirayotgan, bekatni “şaxsiylaştirgan” bu özboşimça kim? Qibray tuman hokimligi  va Isteʼmolçilar huquqini himoya qiliş jamiyati masʼullarining bundan xabarlari yöqmi? Yoki özlari bunga ruxsat berib qöyibdilarmi?

Hikmatullo Qodirov.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan