Köçada nima gaplar?
Til departamenti tuzildi. Boşimiz hatto yetttinçi osmonga çiqib ketdi. Bayram qildik. Ijodkor döstlar bilan sof özbekça gaplaşib yurişga kelişdik. Agar suhbatimizga birorta ajnabiy söz qöşilsa, jarima belgiladik. Eng sergap jöralarimiz ham kamgap bölib qoldi. Özaro davramizda ahdimiz mustahkamlanib borayotganidan şod yuraveribmiz. Bir mahal öşa yettinçi osmondan bundoq pastga qarab, qörqib ketdik…
“Apteka” haliyam apteka ekan. “Avtomoyka” ham öşa-öşa. “Atel mod” ham. Hatto maʼlumu maşhur “Korzinka” ham öz nomida…
Keyin ğazal mulkining sultoni, turkiy tilning asosçisi Navoiy hazratlarining nomlari bilan ataluvçi köçaga qaradik. Ming afsuski, bu yerdagi ajnabiy sözlardan dong qotdik. Hatto Bobomiz ham uyalgandek, (ehtimol oğringandir) boşlarini biroz egib olibdilar.
Navoiy bobo bizlarni keçiring!
Siz uluğlagan, olamga doston qilgan tilni bizlar ayovsiz payhon qilmoqdamiz. Bizlar şifoxonada turnaqator navbatga turamiz, şunda qayerdandir bir ajnabiy paydo böladi-da, özining tilida nimanidir söraydi. Biz öttiz yo qirq kişimiz tezda ajnabiy tilida javob beramiz. Javob bergaç, atrofga ğoz qaraş qilib, madaniyatli ekanligimizni bildirib qöygimiz keladi.
Bizlar otamizni “paxan” deydigan böldik. Muqaddas nonimizni “xleb”ga, “lepyoşka”ga aylantirdik. Bahor neʼmati, özi nomidan, nomi özidan çiroyli va şirin qulupnaylarimizni “klubnika” deb qöya qoldik. “gril” degan sözni luğatimizdan topolmayapmiz.
Kişi farzandli bölsa, yaxşi niyat bilan unga çiroyli ism beradi. Undan umidlanadi, qarisam korimga yaraydi deb bir parçaligidan parvariş qiladi. Yoki bir köçat qadasa erta meva beradi, deb işonadi. Departament tuzilganiga 9 oy böldi. Bu degani öşa vaqt uylangan yigit ota böldi. Mevasini berdi.
Taşkilotlarga maslahatçilar joriy qilindi. Bu quvonarli, şu bilan ovunsa böladi. Ammo köçalarimizdagi yozuvlar…
Şunday taşkilotlar bor, men u yerlarga heç qaçon bormasligimni bilaman. Şunday işxonalar bor, sinfdoşim Tölqin u yerga qadam ham bosmaydi. Lekin Tölqin Toşkentga kelganda köçalarni aylanadi. Ayniqsa, Navoiy köçasiga aniq boradi. Men qişloqqa borganda, Tölqin bilan daryo böyida gurunglaşayotganimda Toşkent köçalaridagi ajnabiy yozuvlardan savol berişini sira istamayman.
Biz apteka — dorixona, atelye mod — çevarxona böladi deb işongandik.
Soliq tölamasangiz, yoki kommunal tölovni keçiktirsangiz, öşa taşkilot xodimlari xijolat çekmay eşigingiz qönğiroğini bosadi.
Ammo tilimizni beşafqatlarça buzib, hurmat qilmaydiganlarga departament heç narsa demaydi, eşik qönğiroğini bosmaydi, jarima solmaydi, talab qilmaydi.
Hurmatli departament xodimlari! “Konditsioner” — havo sovutgiç ostida işlayvermasdan, “çillaçisi” yöq köçalarga bormaysizmi, körib, örganib, nimadir qilmaysizmi?!
Şaharning yuzi köça, ammo afsuski hozir tilimizning ham “yuzi” şu köçalar bölib qolmoqda.
Sanjar Tursunov,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi
aʼzosi.
