Metro eşiklari qaysi tomondan oçiladi?

Metro — juda qulay va tezkor transport vositasi. Közlagan manzilingizga öz vaqtida, xavfsiz yetib borasiz. Uning xizmatidan poytaxtimizda köpçilik foydalanadi. Men ham har kuni erta tongdan yangi yerusti metrosining 2-bekatiga çiqaman. Bu yer ham boşqa bekatlar singari toza, ozoda va şinam. Bahri dilingiz oçiladi. Ammo…

Xabaringiz bölsa, Toşkent met­ropolitenida poyezd kirib kelgan bekat va keyingi bekat nomi oldindan eʼlon qilib boriladi. Xuddi şuningdek, yangi qurilgan yerusti met­ro yönalişida ham. Poyezdga çiqişingiz bilanoq: “Ikkinçi bekat. Iltimos, yoş bolali, nogiron va qariya­larga joy bering. Ke­yingi bekat “Döstlik-2”, degan çiroyli talaffuzda yang­ragan eʼlon quloğingizga xuş yoqadi. Yon atrof­ni tomoşa qilişga ulgurib-ulgurmay keyingi bekatga yetib kelasiz va yana eʼlon yang­raydi. Faqat bu gal sal köngilni xira qiladigan darajada: “Döstlik-2” bekati. Eşiklar un tomondan oçiladi…”. Nogahon “Qiziq, “un tomon” degani nima ekan-a, şunaqa taraf ham bormikan?” degan öy keladi xayolingizga. Ah-ha, topdim, deysiz, “öng tomondan” deyişmoqçi.

Darhaqiqat, şunday: “un tomon” “öng tomon”ning şevadagi talaffuzi, buzilgan şakli. Bu — xato. Xatoni esa töğrilaş kerak. Balkim, yuqoridagi holni “arzimagan holat”   sifatida baholaydiganlar ham topilar. Ammo menimça, ona tilimiz bilan boğliq har qanday jihatga, u kattami, kiçikmi, jiddiy eʼtibor qaratiş zarur. Negaki, bu özligimiz timsoli bölgan ona tilimiz istiqboliga, millatimiz kelajagiga daxldor masaladir.

Nasiba ABDULLAYEVA,

Alişer Navoiy nomidagi

Özbek tili va adabiyoti universiteti

akademik litseyi öquvçisi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan